Eron futboli vakillari mamlakat termasini JCH-2022'dan chetlatishni so'rab FIFAga murojaat yo'lladi
21 okt 2022 09:30
Yangiliklar
Eron futboli vakillari mamlakat termasini JCH-2022'dan chetlatishni so'rab FIFAga murojaat yo'lladi
Bu haqda “Iran International English” xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, eronlik bir guruh futbolchilar va futbol vakillari FIFAdan mamlakat terma jamoasini 2022 yilgi jahon chempionatidan chetlatishni so'ragan. Murojaatda Eron o'z xalqiga nisbatan shafqatsizlik qilayotgani sabab qilib ko'rsatilgan. SHuningdek, mamlakatda ayollarning stadionlarga kirishi taqiqlangan, bu FIFA kodeksiga zid ekanligi ko'rsatilgan. Bundan tashqari, bir necha futbolchi davlat tomonidan taqibga uchragani qayd etilgan. Maktubda FIFA Eronning tashkilotga azoligini zudlik bilan to'xtatishi kerakligi so'ralgan.
Eslatib o'tamiz, Eron TJ JCH-2022 guruh bosqichida Angliya, AQSH hamda Uels bilan bahs olib borishi kerak.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar