So’nggi yangiliklar

15:20Жалолиддин Машарипов: "Узоғи билан 1 ойда умумий гуруҳга қайтаман"  1 13:40ФИФА Эронга умид билдирмоқда  2 13:13Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади  1 12:19"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи   74 12:01"Хоразм"-"Бунёдкор": устунлик "қалдирғочлар" томонидами?  2 11:12Эксперт фикри. Абдуқаҳҳор Ҳожиакбаров: "Пахтакор"ни ютган "Навбаҳор"да ўзига ишонч юқори"   1 10:28"Реал"дан учралган мағлубиятдан сўнг Гвардиола нималар деди?  42 09:49Артета навбатдаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  21 09:21"Манчестер Сити"ни мусобақадан чиқариб юборган Арбелоа нималар деди?  17 08:53Садио Мане Сенегалдан чемпионликни олиб қўйилганига кескин муносабат билдирди  9 08:25Гвардиола: "Ҳусанов учун бу EЧЛдаги илк тажриба йили бўлди"  18 07:57Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади  4 07:30Sofascore. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг юқори баҳога лойиқ кўрилди  14 07:30ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2  55 05:55Шиддатли кечган баҳсда ўсмирларимиз Марокашни мағлуб этишди  4

Ernan Krespo: "Biz bor etiborimizni "Nasaf" futbolchilariga emas, o'z o'yinimizga qaratganmiz" Yangiliklar

Ernan Krespo: "Biz bor etiborimizni "Nasaf" futbolchilariga emas, o'z o'yinimizga qaratganmiz"

Xabaringiz bor, ertaga "Nasaf" OCHL 1/8 final bosqichida BAAning "Al Ayn" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Bugun uchrashuvdan oldingi matbuot anjumani bo'lib o'tdi va uning ikkinchi qismida "Al Ayn" ustozi Ernan Krespo hamda yarim himoyachi Sofiyan Rahimi ishtirok etdi.


"Hammaga salom. Ushbu bosqichga etib kelganimizdan xursandmiz. Ertaga bizni yaxshi o'yin kutib turibdi. Oldinda hali javob uchrashuvi bor. Albatta, ertangi bellashuv ham ancha muhim. Ko'ramiz, maydonda nima bo'larkin"

Sofiyan Rahimi: "Bo'lajak bahsga jamoamiz bilan yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Menimcha, o'zim ham o'yinga to'liq tayyorman. O'ylashimcha, chiroyli o'yin ko'rsatib, ijobiy natijaga erisha olamiz".

"Nasaf" o'yindlarini qay darajada kuzatdingiz. Siz argentinaliksiz, ampluangiz hujumchi va qarshiliklar o'yinini qanday baholaysiz?
"Albatta, raqiblarimizni hurmat qilamiz. O'ziga xos o'yin uslubiga ega, qiyin jamoa. Biroq biz hech nimaga qaramay, o'zimiz uchun kerakli natijaga erishish uchun harakat qilamiz"

"Nasaf" rasmiy uchrashuvlar o'tkazgani yo'q. Mehmonlar kubok bahsida maydonga tushgan. Murabbiy jamoasini bo'lajak o'yinga qanchalik tayyorlay oldi?
Umumiy olganda har ikki jamoaning vaziyati bir xil. Biz ham malum vaqt davom etgan tanaffusdan keyin bitta bahs o'tkazdik. Biroq bu vaqt oralig'ida ham o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushdik. Umid qilamanki, biz o'yinga munosib tayyorgarlik ko'ra oldik.



"Al Ayn" avvalroq "Paxtakor" bilan o'ynadi. Toshkent jamoasi bilan "Nasaf"ning farqi borasida fikringiz...
Bu umuman boshqa vaziyat. "Paxtakor" bilan guruh bosqichida o'ynadik, hozir esa pley-off bosqichida turibmiz. SHunday ekan vaziyat ham, o'yin xarakteri ham umuman boshqacha. SHuning uchun bundan ortiq bir nima deya olmayman.

Sofiyan Rahimi: "Murabbiyimizning fikriga to'liq qo'shilaman. Bu boshqa-boshqa vaziyat. Nima bo'lganda ham biz o'z o'yinimizni ko'rsatishga harakat qilamiz".



Nima uchun Qarshiga 3 nafar etakchi futbolchingizni olib kelmadingiz?
Vaziyat shundayki, qisqa muddat ichida bir nechta musobaqa o'yinlarini o'tkazishimizga to'g'ri kelyapti. SHu sababli bazi futbolchilarimizni bu erga olib kela olmadik. Biroq bor tarkibimiz bilan ham kerakli natijaga erishish maqsadimiz bor.

"Nasaf" tarkibida kimlarni alohida qayd etgan bo'lardingiz?
Biz bor etiborimizni o'zimizga, o'z o'yinimizga qaratganmiz.

"Al Ayn" himoyaviy futbolni xush ko'radi. Ertaga bu borada vaziyat qanday bo'ladi?
Sofiyan Rahimi: Qanday taktikadan foydalanish haqida gapirmaslikni maqul ko'raman. Bu murabbiyning ishi. Biz yaxshi natija uchun kelganmiz. SHuning uchun men o'zimning eng yaxshi o'yinimni ko'rsatishga harakat qilaman.

Xalqaro maydonda jamoa oldiga qanday vazifa qo'yilgan?
Hozirda asosiy maqsadimiz — ertangi bellashuvda ijobiy natijaga erishish.  

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика