Erik ten Xag: "Tanaffusgacha hisobni 3:0 ko'rinishiga keltirishimiz mumkin edi"
10 mar 2023 08:52
Yangiliklar
Erik ten Xag: "Tanaffusgacha hisobni 3:0 ko'rinishiga keltirishimiz mumkin edi"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag "Betis" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (4:1) o'z fikrlarini bildirdi.
"Har ikki taymda ham juda yaxshi o'ynadik. Tanaffusgacha hisobni 3:0 ko'rinishiga keltirib qo'yishimiz lozim edi, ammo bitta xatoga yo'l qo'ydik va 1:1 hisobida tugatdik.
Bir necha yaxshi gollar urdik. Ishga bo'lgan munosabat ham ajoyib edi, biz to'p bilan yaxshi o'ynadik, ko'plab vaziyatlar yaratdik.
Jamoa omadsizliklarga qanday munosabat bildirishini ko'rish ajoyib. Biz bu mavsumda birinchi marta barchasini boshidan boshlayotganimiz yo'q. Jamoada xarakter bor va buning uchun rahmat aytaman", - dedi ten Xag.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar