Erik ten Xag: "Menimcha, intervyudan keyin Ronalduning ketishi aniq bo'lib ulgurgandi"
10 dek 2022 20:28
Yangiliklar
Erik ten Xag: "Menimcha, intervyudan keyin Ronalduning ketishi aniq bo'lib ulgurgandi"
"Menimcha, intervyudan keyin uning ketishi aniq bo'lib ulgurgandi. SHundan keyin biz buni muhokama ham qilmadik. Barchasi ko'rinib turgandi. Ijrochi direktor Richard Arnold, sport direktori Jon Merto, men - hammamiz uni tushundik.
Intervyuni ko'rdim, biroq to'liq emas. Katta qismini ko'rdim. Buni ko'rishim kerak edi, bu faoliyatimning bir qismi. Bu intervyu chiqqan paytda UEFAda murabbiylar majlisida edim.
Ronalduning qolishini istagandim, o'sha kundan buyon uning bunday gaplarni aytganiga ishonmayapman. U ketishni istayotgani shundoq ko'rinib turgandi. Futbolchi klubda qolishni istamayaptimi, demak, ketishi kerak. Bu tabiiy holat. Bunday intervyularni klub shunchaki o'tkazib yubora olmaydi. Barcha narsa o'zgaradi. U ushbu qadamni tashlayotganida nimalar o'zgarishini yaxshi bilgan.
Ronaldu bunga qadar ketishni istayotganini menga aytmagandi. Mavsum davomida u bilan bu borada gaplashmadik", - dedi mutaxassis.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar