So’nggi yangiliklar

12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  0 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  8 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  12 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  8 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1 09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  2 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  4 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1 08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  2 08:13Салоҳ барча даврларнинг энг яхши африкалик футболчи ким деган саволга жавоб берди  19

EPL Manager: 12-tur sharhi Yangiliklar

EPL Manager: 12-tur sharhi

Teglar :  Eplmanager
Angliya Premer-ligasining 12-tur uchrashuvlari yakunlandi va etiboringizga ushbu tur sharhi hamda EPL Manager natijalarini elon qilamiz.

APLning 12-tur o'yinlarini "Manchester Yunayted" - "Arsenal" bahsi ochib berdi. So'nggi oylarda yaxshi o'yin ko'rsata olmayotgan Joze Mourino jamoasi raqibga nisbatan yaxshiroq harakat qildi. Ikkinchi bo'limda MYU Xuan Mataning goli evaziga oldinga chiqib oldi, ammo uchrashuv oxirida Olive Jiru hisobni tenglashtirib, o'z jamoasiga 1 ochko sovg'a qildi.

"Stok Siti" o'z maydonida "Bornmut"ga yutqazib qo'ydi, bahsdagi yagona golga Natan Ake mualliflik qildi.

"Sautgempton" o'z maydonida "Liverpul"ni qabul qildi. Ikkala jamoalar ham darvozaga yo'l topa olishmadi. Mezbonlar himoyada juda yaxshi harakat qilishdi. Yurgen Klopp jamoasi turnir jadvali etakchisi bo'lish imkoniyatini qo'ldan chiqardi.

"Uotford" "Lester"ga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv triller bilan boshlandi. Bahsdagi barcha 3 ta gol ilk 15 daqiqalikda kiritildi. Hisobni Kapu ochdi, keyin esa Pereyra ustunlikni yana bitta golga oshirdi. "Tulkilar"ning yagona goli Marez tomonida kiritildi.

"Sanderlend" "Xall"ni 3:0 hisobida taslim etdi va quyi pog'onalarni tark etmoqda. Bu bahsda Anichebe (dubl) va Defo raqibni ranjitdi.

"Everton" chempionatda ochko yo'qotishda davom etmoqda. Bu safar "Suonsi" bilan durang (1:1) qayd etildi. Sigurdsson 41-daqiqada hisobni ochgan bo'lsa, Koulmen muvozanatni tikladi.

"Kristal Pelas" - "Manchester Siti" uchrashuvida Xosep Gvardiola "shaharliklar" ustozi bo'lganidan so'ng ilk bor APLda maydonga tushgan Yaya Ture 2 ta gol urib, o'z jamoasiga 3 ochko taqdim etdi. Mezbonlar safida Uikxem faqat bitta gol bilan javob qaytardi.

"Tottenxem" va "Vest Xem" uchrashuvida "shporlar" irodali g'alabaga erishishdi. Slaven Bilich jamoasi ikki marotaba hisobda oldinga chiqdi, ammo Pochettino shogirdlari bor kuchini ishga solib, qiyin vaziyatdan chiqib ketishdi. Xarri Keynning uchrashuv oxiridagi ikkita goli "Tottenxem"ga 3 ochko taqdim etdi.

"Midlsbro" o'z uyida "CHelsi"ni qabul qildi. Ko'klar bahsda ustunlik qilishdi va Diego Kostaning yagona goli uchrashuv taqdirini hal qildi.

Turning so'nggi o'yinida "Vest Bromvich" "Byornli"ni qabul qilib, raqib darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi. Gollarga Fillips, Fletcher, Morrison va Rondon mualliflik qildi.

EPL Manager saytida Jet Black liga ishga tushdi va ushbu sovrinli liganing ilk turida Kombodjadan bo'lgan "Metfline FC" jamoasi eng ko'p ochko to'pladi (81 ochko). Ikkinchi va uchinchi o'rinlarni "Andijon2103" va "DHEWWA10 FC" (Indoneziya) jamoalari egallab turibdi.


Turning eng yaxshi futbolchilari:

1. Natan Ake (BOU) 13 points

2. Yaya Toure (MCI) 12 points

3. Matt Phillips (WBA) 11 points

4. Patrick van Aanholt (SUN) 11 points

5. Victor Anichebe (SUN) 10 points

6. Harry Kane (TOT) 10 points


Eng ko'p super-sardor sifatida tanlangan futbolchilar:

1. Eden Hazard

2. Sergio Agüero

3. Romelu Lukaku

4. Philippe Coutinho

5. David de Gea

6. Roberto Firmino

7. Artur Boruc

8. Mesut Özil

9. Kevin De Bruyne

10. Laurent Koscielny

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика