So’nggi yangiliklar

02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  0 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  4 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  10 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  7 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  31 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3

Eng yaxshi futbol muzeylari (top-10) Yangiliklar

Eng yaxshi futbol muzeylari (top-10)

Teglar :  Muzey
Agar futbolni sevsangiz, uning o'tmishdagi qiyofasidan ham zavqlana olasiz.

10. J-Museum

Italiyada eng ko'p sovrinlarga ega "Yuventus" klubining Turindagi zamonaviy muzeyiga tashrif buyurish orqali "keksa senoralar"ning qo'lga kiritgan sovrinlari, jamoa tarixiga oid fotosuratlar hamda "Yuve" liboslarini, klub xronoligiyasiga oid malumotlarni ko'zdan kechirishingiz mumkin.


9. Anfield Museum

"Liverpul" shon-shuhrat borasida grand jamoalar qatorida sanaladi. "Enfild"da joylashgan klub muzeyi "Liverpul" jamoasiga bag'ishlangan bo'lib, klub qo'lga kiritgan sovrinlar, ko'rgazmalar, shuningdek, Stiven Jerrardga oid kollekciyadan bahramand bo'lishingiz mumkin. Bundan tashqari, "qizillar" afsonasi Fil Tompson to'g'risida qimmatbaho ko'rgazmalarni tomosha qilish imkoniyatiga ega bo'lasiz.


8.  Camp Nou Experience 

1984 yili ochilgan bu muzeyga har yili 1.5 milliondan ortiq kishi tashrif buyuradi. Muzeyda yaqinda qo'lga kiritilgan kuboklardan tortib, o'tmishda Yoxan Kroyf kabi yulduzlar kiygan liboslargacha ko'plab ajoyib eksponatlar mavjud.


7. Museo del Calcio

Agarda Del Peroning mohirona harakatlari hamda Paolo Maldinining himoyani sanat turiga aylantirgan lahzalarini orzu qilishni istasangiz, ushbu muzeyga tashrif buyuring.  Museo del Calcio Italiya futboli tarixiga oid ko'plab noyob eksponatlarga ega.


6. Museu CR7

Ushbu muzey faqatgina bir futbolchining faoliyatiga bag'ishlangan va uni tanimaydigan yashil maydon ishqibozi topilmasa kerak. Krishtianu Ronaldu nafaqat futbolchi, balki brend sifatida ham shuhrat qozongan. Maydeyradagi muzeyda Ronalduning liboslari, fotosuratlaridan tortib uning haykaligacha uchratishingiz mumkin.


5. Maradona Museum

Futbol olamining yorqin vakillaridan biri Lionel Messi bilan doimiy ravshida taqqoslanib kelinadigan vatandoshi Diego Maradona muzeyi. Neapolda joylashgan ichxam muzey texnologiyalarga mukkasidan ketganlarga qiziq tuyulmas, lekin qalbida futbol jozibasini saqlab qolganlar uchun ayni maskan bo'lishi tabiiy. U erda futbolchiga tegishli noyob buyumlar, jumladan, 1986 yilgi jahon chempionati yarim finalida Belgiyaga qarshi o'yinda ikkita gol urishida ko'magini ayamagan chap butsasi, hatto 1984 yilda “Napoli”ga ko'chib o'tganida imzolagan shartnomasi mavjud.


4. Real Madrid Museum 

"Santyago Bernabeu"dagi muzeyning eng ajoyib eksponatlari, shubhasiz, 13 ta CHempionlar ligasi tituli hisoblanadi. SHuningdek, bolaligimizdan havas qilib kelgan mashhur yulduzlar tarixiga oid eksponatlar mujassam. Aytgancha, kuni kecha Madrid klubi 120 yoshni qarshi oldi.


3. National Football Museum

2500 dan ortiq eksponatlar va 140000 dan kam bo'lmagan fotosuratlar, plakatlarga ega Manchester milliy futbol muzeyi har qanday futbol ishqibozining og'zini ochirib qo'yadi. Ko'rgazmalar, asosan, ingliz futboliga bag'ishlangan bo'lsa-da, boshqa mamlakatlar futboliga oid eksponatlar ham uchraydi. Jumladan, Alfredo Di Stefano uchun alohida bo'lim mavjud, uning 1960 yilgi Evropa CHempionlar kubogi finalida zafar quchgan bahsdagi libosi ham bor.


2. German Football Museum

"Borussiya Dortmund"ning "Signal Iduna Park"i ro'parasida joylashgan Germaniya futbol muzeyi 1954 yilda G'arbiy Germaniyaning jahon chempionati g'alabasi bilan boshlangan nemis futbolining mikrokosmosi bo'lib, undagi eksponatlar nemislarning g'alabasi sayin boyishda davom etmoqda.


 1. FIFA World Football Museum

Birinchi raqamli muzeyimiz Cyurixda joylashgan. Klublar, mamlakatlar va futbolchilarga bag'ishlangan ko'rgazmalar olami sizda unutilmas taassurot uyg'otadi. 



Oqil Abdubarnoev tayyorladi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика