So’nggi yangiliklar

08:30"Каттақўрғон" катта футбол учун дастлабки қадамларни ташлади  0 08:01Ўзбекистонлик футболчи Косово жамоаси билан шартнома имзолади  3 07:29Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Андижон"га ўтишга яқин  6 00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  3 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  0 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  3 20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  4 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  13 19:20Ҳатто Польша Биринчи лигаси вакили ҳам Балотелли билан шартнома имзолашни хоҳламади  5 18:49Ямаль: "Мен тун ярмида уйғониб, печенье ейиш учун эртароқ ухлайман"  9 18:20ПСЖ "Реал" асосий футболчисига фойдали шартнома таклиф қилишга тайёр  1

Coca Cola Tour: Germaniya futbol Ittifoqi muzeyida Franc Bekkenbauerga sovg'a qilingan o'zbek choponi Yangiliklar

Coca Cola Tour: Germaniya futbol Ittifoqi muzeyida Franc Bekkenbauerga sovg'a qilingan o'zbek choponi

Germaniya milliy terma jamoasi yutgan 4 ta JCH kubogi, 3 ta Evropa chempionati Kubogi qatorida muzeyda o'zbek choponi turibdi.

Germaniya futbol ittifoqining muzeyiga kirish 3 kishi uchun 57 evro bo'ldi. Yaxshi narx. Muzeyga kirishimiz bilan ko'zga tushadigan birinchi eksponat 1954 yil JCHda g'alaba qozongan MTJning to'pi. Bu to'p finalda o'ynalganmi yoki boshqa o'yinlarda bilmadim, ammo bu o'sha yilgi JCHdan. Nemislar o'zlarining birinchi kuboklarini SHveycariyada bo'lib o'tgan JCHda qo'lga kiritganlar. Bu mundial ularning yangi tarixlarini boshlab bergan. Urishdan keyingi dastlabki g'alaba uchun maxsus joy ajratilgan. Qolgan 3 ta kubok bir erda. 




Germaniya futbol Ittifoqi muzeyiga 15 daqiqa ichida sayohat qilamiz.



Vengriya terma jamoasini 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratgan Germaniya MTJning musobaqadagi tarkibi mana shunday suratli ko'rinishda ko'rsatilgan. Siz bu erda futbolchilar haqida to'liq malumot olasiz. Videoda finalda Urugvay deb xato qilganligim uchun uzr so'rayman.


Safar bosh homiysi: Alfraganus University
Homiylar: Coca Cola, Trastbank, AKFA, Ucell



SHlyapa kiyib, mana shunday kamuflyajlarda futbol ko'rishga nechi?



Ayollar Bundesligasi hakamlari bugungidek shortikda emas, yubkalarda hakamlik qilgan ekanlar. Qanot hakamlarining 50 yil avvalgi bayroqlari. 



Italiyaning Rim shahrida bo'lib o'tgan JCH finalida Maradona "o'z maydonida" Germaniyaga imkoniyatni boy beradi. Qizig'i shundaki, Argentinaning ikki afsonasi Maradona va Messi JCH finallarida Germaniyani mag'lubiyatga uchrata olmaganlar. Bu o'yinda birgina penalti o'yin taqdirini hal qilgan. Videoda ko'rishingiz mumkin, penalti tepilgan nuqtaning maysasi va tuprog'i muzeyga qo'yilgan. 



Mana o'sha chopon. O'zbekning zar to'ni Franc Bekkenbauerga sovg'a qilingan ekan va u muzeyning markazida turadi. Unga kirgan har bir tomoshabin O'FF timsoli tushirilgan bu libosni oldidan beetibor o'tmaydi.



Germaniyaning 1974 yilda qo'lga kiritgan kubogi. Ikkinchi mundialni ular o'z maydonlarida Niderlandiya ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozonib qo'lga kiritganlar. Yodingizda bo'lsa golni birinchi uchar gollandlar urgan, keyingi ikkitasini mezbonlar.




Muzeyni yaxshisi jonli ko'ring. Ayniqsa 100 yillik tarixni o'z ichiga olgan 3D shousi juda zo'r chiqqan. O'tmish bilan bugungi kun birlashtirilgan.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика