So’nggi yangiliklar

14:54"Ливерпуль" футболчисининг голи Жек Грилишга 500 фунтга тушди  0 14:20Погба Франция чемпионатига қайтишга яқин  1 13:58Гвардиола: "Йўқ, бу хабар ёлғон"  0 13:20Расмий хабар: БААга қарши ўйиндан олдин Ўзбекистонда яна бир йўқотиш   14 13:08Владо Радманович: "Катанец ноябрь ойида терма жамоани ўзи бошқаради" (ўйинолди матбуот анжумани тўлиқ)  19 13:00ЖЧ-2026 саралаши. БАА сафардаги ўйинларнинг ҳаммасида ғалаба қозонмоқда  10 12:33Ўзбекистон МТЖ қачон охирги марта ўз майдонида кўк рангли формада ўйнаган?  7 12:09БАА бош мураббийи Паулу Бенту: "Ўзбекистон терма жамоаси мундиалга тўғридан-тўғри чиқишга даъвогар"  15 11:52БАА терма жамоаси Ўзбекистонга қандай таркиб билан келди? Рўйхатда Англияда ўйнайдиган икки футболчи бор  18 11:33Корея Республикаси - Ироқ учрашувида 6 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  6 11:25Месси билан ҳазиллашган Ўринбоев  6 11:05Ўзбекистон БААга қарши кўк либосда ўйнайди  13 10:54"Арсенал" афсонаси Гвардиоладан сўнг "Манчестер Сити"ни бошқариши мумкин  0 10:23"Манчестер Юнайтед"ни бошқариш учун яна бир номзод пайдо бўлди  3 10:08Жаъфар Ирисметов: "Ҳозир терма жамоанинг ўйинини яхши ёки ёмон дейдиган пайт эмас"  7

"Enfild" yoqimtoyi Yangiliklar

"Enfild" yoqimtoyi

Teglar :  Yon Arne Riise
Norvegiyalik yigitchani qanday qilib "Enfild"da yoqtirib qolishdi.

Qanot himoyachisi poziciyasi katta shuhrat keltirmaydi va ko'pchilik bunda muxlislar emas, o'zi uchun o'yin ko'rsatadi. Bunday futbolchilarning mehnatlarini omma har doim ham eslamaydi. SHu sababli ularning vazifasi har doim o'zgarmas bo'lib qoladi: bu futbolchilar har vaqtda kerakli joyda doim tayyor turishlari kerak. Qachonki ishlar yomon bo'lsagina himoyachilar ayblanadi. Ishlar yaxshi bo'lganda esa ular haqida o'ylashmaydi.

SHu sabablar orqali butun dunyoda hamma etirof etadigan ajoyib qanot himoyachilari kam. O'z-o'zidan hamma ham bunday beminnat ishlarni qilmaydi. Texnarlar hujumchi bo'lishni istaydi, kimdurlar esa o'zida himoyalanish qobiliyati borligini bilsa, himoyachilarga yordam beradi. Qanot himoyachilari esa - balki ular vingerlik qila olmas. SHundaymi? Har extimolga qarshi Jeymi Karrager buni tasdiqlagan: "Hech kim Gari Nevill kabi bo'lishni istamaydi".

Nima bo'lishidan qati nazar, ajoyib qanot himoyachilari - dahshatli bo'lishi kerak. Bunday futbolchilar futbolni zavqlantiradi, ularda g'oliblik ruhi bor. Kafu, Filipp Lam, Dani Alves kabi futbolchilarni sizlarga misol qilib keltiramiz. Ularning faoliyati shunchaki ajoyib.

Hozirgi qanot himoyachilari esa ko'proq vaqtini hujumda o'tkazmoqda, bazi vaqtlarda esa o'z jarima maydonchasini deyarli esdan chiqaradi. Bunday holatlarni 70-90 yillarda braziliyaliklarda kuzatgandik.

Yon Arne Riise "Liverpul"ga kelganida hech kim uni tanimasdi.U jamoaning 2001 yilgi transferlar oynasidagi ilk xaridi bo'lgandi. Riise 4 mln funt evaziga "Monako"dan "Liverpul"ga o'tdi. "Enfild"da u Ule jamoasining qahramonlaridan, qarshi hujumga effekt beradigan, o'zgartirib bo'lmaydiganlardan biriga aylandi.

Sariqsochli yigitning debyuti anchagina shuhrat keltirdi: UEFA superkubogi doirasida "Bavariya"ga qarshi o'yinda u Maykl Ouenning to'p oshirishidan keyin darvozani ishg'ol qildi.

Yon ilk mavsumidayoq muxlislarning muhabbatiga erishdi, yaxshi o'yin ko'rsatdi va 10ga yaqin gol urdi. U muammolarsiz APLning uslubiga moslashdi va jamoadoshlariga Angliya hamda Evropa superkubogini qo'lga kiritishida katta hissa qo'shdi. Agarda Yon gol urganida, Evropadagilar uning darvozabonlar qaytara olmaydigan chap oyog'idagi pushka kabi zarbasini eslashardi. Isbot sifatida, uning "Gudison Park"dagi videosini tomosha qiling. Yana bir misol sifatida uning "Manchester Yunayted"ga jarimadan urgan golini eslasak bo'ladi. Oradan yarim yil o'tmasdan Riise muxlislarning yoqimtoyiga aylanib oldi. U faqatgina kiyim-kechaklar menejerini yoqtirmasligi mumkin: ammo norvegiyalikning eng yaxshi ko'rgan ishi "qizil" libosda yana bir gol urishga aylangandi.

Barcha ham to'pni bunday tepa olmaydi va bu tasodif emas: Riise natijaga erishish uchun bu bilan ancha vaqt shug'ullangan. "Yoshligimda bunday zarbalar berish uchun kuniga 5-6 soat shug'ullanardim". U o'zining ilk mavsumi yakunlanish arafasida "Ipsvich"ga qarshi o'yinda dubl qayd etdi. "Liverpul" 2-o'rinni olishida Yonning xatti-harakatlari salmog'i yuksak.

22 yoshli norvegiyalik ikki mavsumda 14 gol urdi. Raqamlar qanchalik katta bo'lsa ham, Yon Arne Riiseni top-himoyachi sifatida eslashmaydi. U himoyadagi o'yinlari evaziga ko'pchilikning etiboridan chetda qolgan, ayrim pallalarda muxlislarning asabiga ham teggandi. 2002-2003 yilgi mavsumda uning o'yinlarida pasayish kuzatildi. Ammo Rafa Benites jamoa boshqaruvini o'z qo'liga olganidan keyin yana oldingi holatiga qaytdi va o'zini topa oldi.

2004/05 yilgi mavsumda u jamoasi Istambuldagi finalda etib borishida o'z hissasini qo'sha olmadi, biroq u jamoaning boshqa o'yinlarida barcha kuchini sarfladi. "Enfild"da "CHarlton" darvozasiga, "Vest Brom"ga qarshi bahsda bir juft, Liga kubogida "CHelsi"ga urilgan ajoyib gollarini yoddan chiqarib bo'lmaydi. Yakunda Riise jamoaning safar o'yinlaridagi eng yaxshi hujumchisiga aylanib oldi. CHala-hujumchi ko'plab uchrashuvlarda o'yinning taqdirini hal qilgan. Usiz "Liverpul" medallarga davogarlik qila olmasdi. Bunga "Bayer" misol.

U navbatdagi mavsumda ham gollar urdi. Bu safar u Angliya kubogining yarim finalida (yana "CHelsi"ga) jarimadan, finalda "Vest Xem" darvozasini ishg'ol qildi. "CHelsi" bir necha bora norvegiyalikdan gollar qabul qilib olgan, misol uchun Superkubokda ham. O'shanda Riisening navbatdagi qurboni Kudichini bo'lgandi.

Yarim finalda Yon o'z darvozasiga gol urib qo'ydi. SHundan keyin londonliklar o'yinning borishini o'z nazoratiga olishdi va liverpulliklarni ortdi qoldirishdi. SHundan keyin muxlislar o'z kumirlariga ishonishdan biroz sustlashdi. Ammo "Enfild" har o'yinda jamoa uchun jonini berayotgan norvegiyalikni qo'llab-quvvatlashda davom etdi.

Ha, Riise ideal bo'lmagan. Texnik va taktik jihatdan Fabio Aureliodan bo'shroq bo'lgandir. Ammo u APL tarixidagi eng yaxshi himoyachilardan biri. Jamoa tarkibida 7 yil davomida Evropa va Angliya turnirlarida 348 uchrashuvda qatnashdi, UEFA, Angliya superkubogini qo'lga kiritdi. Mamlakat kubogi va liga kubogiga ega chiqdi. CHempionlar ligasida g'olib bo'ldi.

Riise o'z davrining eng yaxshi qanot himoyachilaridan biri bo'lganiga hech qanday shubha yo'q. U 31 gol urishga erishgan. Uni yoddan chiqarib bo'lmaydi.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика