"Sky Sports" APLda mavsumning eng yaxshilarini aniqladi
24 may 00:43
Yangiliklar
"Sky Sports" APLda mavsumning eng yaxshilarini aniqladi
"Sky Sports" nashri APLning yakunlanayotgan mavsumi eng yaxshi futbolchilarini aniqlab oldi.
Unga ko'ra, mavsum futbolchisi sifatida "Liverpul"da porlagan Muhammad Saloh etirof qilindi. Mavsum murabbiyi deb chempionlikka ega chiqqan Arne Slot tan olindi.
Nikola Milenkovichning "Fiorentina"dan "Nottingem Forest"ga o'tishi mavsumning eng yaxshi transferi deb yozilgan bo'lsa, eng yaxshi yosh futbolchi sifatida "Arsenal"da yaxshi mavsumni o'tkazgan Maylz Lyuis-Skelli etirof etildi.
"Nyukasl" - "Liverpul" (3:3) uchrashuvi mavsumning eng yaxshi o'yini bo'lgan bo'lsa, "Brayton" futbolchisi Kauro Mitomaning "Chelsi"ga urgan goli mavsum goli bo'ldi. Mavsumdagi eng zo'r seyvni David Rayya "Aston Villa"ga qarshi o'yinda amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar