Emilio Butrageno: "To'qnashuv taqdiri hali hal etilmadi"
03 apr 2014 02:44
Yangiliklar


Emilio Butrageno: "To'qnashuv taqdiri hali hal etilmadi"
"Real" direktori "Borussiya D" ustidan qozonilgan yirik g'alaba haqida to'xtalib o'tdi.
Bu ajoyib natija. Buni inkor etib bo'lmaydi. Lekin biz ortiqcha xursandchilikka berilib ketmasligimiz lozim. Bu Germaniya jamoasi va biz Dortmundda o'ynaymiz. Evropada 20 daqiqa ichida barchasi tezlik bilan o'zgarib ketishi mumkin. Hali hech narsa hal etilmadi. Bizni oldinda yana bitta qiyin o'yin kutib turibdi. "Atletiko"? "Barselona"? Ular bilan ishim yo'q. Bizni javob o'yini va keyingi bosqichga yo'l olishimiz qiziqtiradi faqat.

Fikrlar