Emiliano Martines: "Oltin to'p"ni kim yutishini hammamiz bilamiz"
17 sen 2023 16:51
Yangiliklar
Emiliano Martines: "Oltin to'p"ni kim yutishini hammamiz bilamiz"
"Aston Villa" va Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martines "Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi yana "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishiga ishonch bildirdi.
"Oltin to'p"ni kim qo'lga kiritishini hammamiz bilamiz – bu do'stim Messi", – dedi Martines APL 5-turida "Aston Villa"ning "Kristal Pelas" ustidan qozongan g'alabasidan (3:1) so'ng bergan intervyusida.
Ushbu yozda Messi MLS'da qatnashadigan "Inter Mayami" bilan shartnoma imzoladi. 36 yoshli argentinalik futbolchi jamoasi safida 11 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi.
"Oltin to'p"ni topshirish marosimi 2023 yilning 30 oktyabrida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar