Emiliano Martines "Chelsi" yoki "Atletiko"ga o'tishi mumkin
29 iyu 14:53
Yangiliklar
Emiliano Martines "Chelsi" yoki "Atletiko"ga o'tishi mumkin
"Aston Villa" posboni Emiliano Martines "Chelsi" va "Atletiko" qiziqishlari doirasida.
"Chelsi"dagilar uning asosiy darvozabon bo'lishini istashmoqda. Villi Kabalero "Chelsi" murabbiylar shtabiga kiradi va shu sababdan Emiliano asosiy tarkib uchun hozirda eng zo'r variant sifatida ko'rilmoqda.
Lekin baribir "Manchester Yunayted" 32 yoshli darvozabon uchun asosiy favorit bo'lib turibdi. "Atletiko" esa Yan Oblak jamoani tark etadigan bo'lsa, argentinalikka etibor qaratadi.
Emilianoning "Aston Villa"dan ketishi ehtimoli juda katta. Futbolchining o'zi esa Angliyada qolishni istayapti.
O'tgan mavsumda Emiliano APLning 37 o'yinida qatnashdi va shularning 9tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar