So’nggi yangiliklar

17:46Суперлига. "Бунёдкор" - "Хоразм". Таркиблар маълум  0 17:22"Бёрнли" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  4 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  0 16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  2 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  9 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  6 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  14

Elmira Gulamova: Futbolchilarimiz jiddiy nazoratda Yangiliklar

Elmira Gulamova: Futbolchilarimiz jiddiy nazoratda

Amaldagi O'zbekiston Kubogi va Superkubogi sohibi Bunyodkor-W bu yil ham o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan.

Elmira Gulamova shogirdlari ham karantin vaqtida yangi mavsumga tayyorgarlikni o'z uylarida davom ettirmoqda.

- Barcha futbolchilarga uy sharoitida shug'ullanishlari uchun maxsus mashqlarni vazifa qilib berganmiz. Yana ham aniqrog'i, mashqlar individual tarzda yuklatilgan. O'yinchilar jiddiy nazoratda bo'lib turishibdi. Qizlar har kuni o'tkazgan mashg'ulotlarini videolavhasini menga jo'natmoqda. Mashg'ulotlarni ko'rib, munosabatimni bildiryapman. Hovlida istiqomat qiladigan shogirdlarim o'zlariga yuklatilgan vazifani hovlida, ko'p qavatli xonadonlarda yashaydiganlar imkon qadar tashqariga chiqib, umumiy hovlida bajarishmoqda. Imkoniyati yo'qlar esa, xonadonning o'zida shug'ullanishmoqda. Asosiysi, hech kim nazoratdan chetda qolayotgani yo'q. Barcha birdek shug'ullanib, formani ushlab turishini qatiy nazoratga olganmiz.

Karantin qachon tugashini bilmaymiz. Tabiiyki, karantin qancha uzoq davom etsa, yangi mavsumning taqvimi yanada zichlashadi. Garchi o'yinlar oralig'i tig'izlashsada, musobaqa formati avvalgidek qolishi tarafdorimiz. Hech narsani o'zgartirmasdan, ishtirokchilarni uy-safar tizimida o'ynash formatini qoldirish kerak. Mayli, turlar orasidagi kunlar qisqa bo'lsin, lekin format o'z joyida qolsin! Hozir barcha bir oydan buyon uyda o'tirgani uchun o'zida bosimni his qilmoqda. SHu bosimni aynan ketma-ket o'tkaziladigan o'yinlar orqali chiqarib tashlanadi. Turlar orasidagi kunlar 4-5 kun bo'lishining ziyoni yo'q. CHempionatni noyabr oyida ham tugatsak bo'ladi, - deydi Elmira Gulamova.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика