So’nggi yangiliklar

12:22Ямал: "Мен зарба бермоқчи эдим, лекин Рафинья буни голга айлантирди"  2 11:55"Бавария" "Манчестер Юнайтед" ҳимоячиси учун "Реал" билан курашиши мумкин  1 11:25Погба Франция терма жамоасига қайтишни мақсад қилган  0 10:46«Ливерпуль» «Боруссия» футболчисига 50 миллион евро тўлашга тайёр  0 10:10Рафинья Неймар, Кака, Ривалдо рекордини янгилади  8 09:54Суперлиганинг илк турида ҳакамлар нечта хатога йўл қўйишди?  4 09:41Суперлиганинг 2-турида ишлайдиган расмийлар билан танишинг  4 09:33«Реал» етакчиси «Атлетико»га қарши учрашувни ўтказиб юбориши мумкин  6 09:04«Ливерпуль» ёзда 5 нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  5 08:35Харри Кейн тарихий натижани қайд этди  2 08:10Элит ОЧЛ. "Пахтакор" сафарда "Ал-Ҳилол"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди.  25 08:02Sofascore. Кечаги учрашувда «Пахтакор» футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:33"Пахтакор" бош мураббийи ўйиндан кейин нималар деди?  22 03:45ЕЧЛ. ПСЖ пенальтилар сериясида "Ливерпул"ни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди. "Бавария" ва "Интер" ҳам чорак финалда  131 03:05Элит ОЧЛ. "Ал Ҳилол" ўз майдонида "Пахтакор"га тўртта гол урди  159

Elit OCHL. "Al Hilol" o'z maydonida "Paxtakor"ga to'rtta gol urdi Yangiliklar

Elit OCHL. "Al Hilol" o'z maydonida "Paxtakor"ga to'rtta gol urdi

OCHL Elit musobaqasi pley-off bosqichi javob o'yini "Al Hilol" - "Paxtakor" bahsi yakunlandi.

"Al Hilol" – "Paxtakor" 4:0

Dastlabki o'yin: 0:1

Gollar: Hamad al-Yami (31), Malkom (42), al-Davsari (51-p), Nosir al-Davsari (90).

"Al Hilol": 37. Yassin Bunu, 87. Al-Tambakti, 3.Kulibali (4. Halifa al-Davsari,81), 88. Hamad, 24. Moteb (6. Renan Lodi, 73), 8. Nevesh, 28. Ibrohim Kanno, 29. Salim Al Dovsari, 77. Malkom, 27. Kayo Cezar, 11. M.Leonardo (16. Nosir al-Davsari, 74)

"Paxtakor": 19. Jonatan, 3.Shahzod Azmiddinov, 4.Abdulla Abdullaev, 7.Xojiakbar Alijonov, 8.Diyor Xolmatov (9. Ibrohim Ibragimov, 67), 17.Dostonbek Hamdamov, 22.Umar Adhamzoda, 23.Abdurauf Bo'riev, 47.Jonatan Lukka (45. Bashar Resan, 46), 50.Flamarion, 94. Brayan Riaskos (37. Igor Sergeev, 46).

Ogohlantirish: Dostonbek Hamdamov (36), Moteb (59).

YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi. "Paxtakor" OCHLni tark etdi.

90. 4:0. Uchrashuv va barchasi yakunlandi. Nosir al-Davsari.

85. "Al Hilol" o'yinni asta-sekin "o'ldirish" niyatida.

82. Ana endi barchasini tamom deyish mumkin. Vaziyatdan chiqib ketish juda qiyin.

78. To'p to'satdan Kulibalining tayanch qo'liga tegdi. Menimcha bunday holatda VAR ishga tushmaydi va penalti berilmaydi.

76. Jonatandan seyv. Reakciyasi juda kuchli ekan, yaxshiyam shu darvozabon turibdi. Kamida 6ta gol ko'rgan bo'lardik.

72. Omad kelmasayam qiyin ekan. Burchakdan uzatilgan to'pni Flamarion darvozaga yo'lladi. Kulibali to'pni qaytardi.

70. GOL! 4:0. Leonardo deb yozayotgan edim. Gol inobatga olinmadi.

68. Ibragimov o'yinga faol qo'shildi va tezda fol ishlatib, raqibi hujumini to'xtatdi.

66. UXXXXX!! Diyor Xolmatov kutilmaganda jarimadan darvozaga zarba berdi. Bunu o'z o'rnida.

65. Diyor Xolmatov raqib jarima maydonchasi yaqinida yiqitildi. Jarima zarbasi.

65. "Al Hilol" to'rtinchi golga yaqin keldi. Salim al-Davsarining o'tkir burchakdan yo'llagan zarbasi anchagina noaniq ketdi.

62. "Al Hilol" hujumga o'tdi. Malkom hujumda Adhamzodaga qarshi fol ishlatdi va to'p mehmonlarga berildi.

60. Bashar Resanning jarimadan yo'llagan zarbasini Kulibali qaytarib yubordi.

59. Zo'r nuqtadan jarima zarbasi. Bittada gol urib yuborsa bo'ladi.

Menimcha, "Paxtakor" o'rtada "Mashal" bilan o'yinini o'tkazishi kerak edi. Rasmiy o'yin baribir futbolchiga tonus va o'yin amaliyoti beradi. 

"Paxtakor"ning o'yini daqiqalar o'tib, nursizlanib ketayotgandek. Bahs oldidan ko'pchilik o'yinning shunday borishini kutgandir, lekin gollar ko'payib ketdi.

Sizda ikkitami? Bizda uchta...

51. GOL! Al-Davsarining o'zi penaltidan unumli foydalandi. Hammasi tugadi-yov...

49. PENALTI! Alijonov bu safar Salim al-Davsarini yiqitdi.

46. UXXXXXXXX!! "Paxtakor" gol urishi mumkin bo'lgandi. Markazdan yo'llangan zarbani Bunu oyog'i bilan qaytardi!

Ikkinchi bo'lim oldidan "Paxtakor"da o'zgarishlar: Riaskos o'rniga Sergeev, Lukka o'rniga Resan maydonga tushdi.

Birinchi bo'limga qo'shib berilgan 3 daqiqadan keyin yana 2 daqiqa yakunlandi. Tanaffus! Hozircha ishlar juda yomon.

45+5. Malkomning zarbasini Alijonov qaytardi, keyin esa Kanno tepgan to'pni Azmiddinov.

Qoyil, arabcha futbol birinchi bo'limning o'zidayoq boshlandi.

"Paxtakor" golga qadar uzoq vaqt davomida to'pni ushlab turdi va hujumga o'tdi. Alijonovning to'p yo'qotishidan keyin "Hilol" vaziyatdan tezkorlik bilan chiqib ketdi va Kannoning chiroyli pasidan keyin Malkom posbon bilan birga-bir holatga chiqib bordi. Keyin esa gol...

42. Gol! Malkom tezkor qarshi hujumdan keyin ikkinchi golni urib ketdi.

38. Alijonov hujumdagi Riaskos tomon chiroyli pas uzatdi. Brayanning to'piga Bunu peshvoz chiqib, to'pni tepib yubordi.

36. Dostonbek Hamdamov ogohlantirildi.

35. JONATAAAAANNNN!! Kanno boshi bilan zarba berganidan keyin hisob 2:0 ko'rinish olishi deyarli aniq edi. Jonatan "Paxtakor"ni ikkinchi goldan qutqardi, hozircha...

34. "Paxtakor" hujumga o'tdi. Dostonbek Hamdamovning qanotdan markazga, darvoza yoniga uzatgan to'pini Bunu ushlab oldi.

33. Goldan keyin "Paxtakor" hujumga o'tishga harakat qilmoqda.

31. Gol! Uchrashuvda hisob ochildi. Qanotdan uzatilgan to'pni Hamad al-Yami darvozaga kiritdi. Umumiy hisob 1:1.

29. Hozircha al-Davsari - Alijonov bahsida hisob 0:3. Alijonov shunchaki raqibiga imkon bermayapti.

28. ZARBAAAAAA!! Adashmasam, Leonardoning kuchli zarbasidan keyin Jonatan kuchli o'ng qo'li bilan to'pni qaytarib yubordi. 

26. Umar Adhamzoda raqibini tepib yubordi. Atayin bo'lmaganini aynan unga ham tibbiy yordam ko'rsatilayotgani bilan izohlash mumkin.

O'yinni tomosha qilgani Eshli Koul ham stadionga boribdi. Qoyil...

24. Muhammad Kannodan navbatdagi noaniq zarba.

20. Azmiddinov o'z jarima maydonchasi ichida raqibiga elkasi bilan zarba berib yiqitdi. Bosh hakam buni tabiiy kurash deb baholadi.

18. "Al Hilol" mayda paslar orqali "Paxtakor" jarima maydonchasiga kirmoqchi edi. Abdullaev xavfni bartaraf qildi.

Birinchi bo'limning uchdan birinchi qismi dinamik o'tdi. Hamma faol holatda va bir-biridan past ketish bo'lmayapti ;)

15. UXXXXX!! Davsari hamda Alijonov poygasida biznikilarning "qo'li baland keldi". Haqiqatda, tezlikda Alijonov raqibidan ustun bo'ldi va to'pning maydonga chiqib ketishigacha nazorat qilib turdi.

14. "Paxtakor" hujumda ko'rinish berdi. Televizorda Bununi birinchi marta ko'rdik. Biroq Riaskos offsaydda qolib ketdi.

11. Abdullaev markazdan o'ngroqda fol ishlatdi. Bu orqali u keskin hujumning oldini oldi. T-tajriba)

10. "Paxtakor" o'yinni markazroqqa ko'chira oldi.

7. UXXXXX!! Malkomning zarbasi darvozaning yuqorisidan o'tib ketdi.

6. "Paxtakor" jarima maydonchasiga unchalik yaqin bo'lmagan nuqtadan jarima zarbasi. Bo'riev fol ishlatdi.

4. Kutilganidek, "Al Hilol" o'yinni hujumkorlik bilan boshladi. O'ng qanotdan uzatilgan to'pga "Al Hilol" futbolchisi to'pni erga sapchitib zarba yo'lladi. Jonatan uchun bunday zarbalar cho't emas) Zarba muallifi yana o'sha Muhammad Kanno.

2. UXXXXXX!! Abdullaev himoya markazida xatoga yo'l qo'ydi. Uning uzatmasi raqibi Kannoga tegib, balandga ko'tarilib ketdi. Yaxshiki, darvoza tomon ketmadi to'p.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI! Olg'a "Paxtakor"!

- Uchrashuv startiga hamma narsa shay. Shunchaki 2 daqiqa o'tsa bo'lgani)

- Ular maydonda saf tortishdi: ko'k va sariq armiya! Perfomens uchun alohida respekt.

- Jamoalar maydonga chiqishga tayyor bo'lib turishibdi.

- Stadion muxlislar bilan to'lib toshgan. Umid qilamizki, saudiyaliklar bugun uylariga qaytganida toshoynalarni sindirishadi... 

- Hurmatli futbol ishqibozlari! "Kingdom Arena"dagi bahs startiga oz vaqt qolmoqda. Biz esa muhim o'yinni saytimiz orqali matnli translyaciya qilishda davom etamiz.

Reyting: +12   

Fikrlar

+15   
12 mar 02:04:32
Fanat_Euro_football
Abdullayev Azmiddinov Buriyev Hamdamov zararga ishlayapti
+12   
12 mar 02:24:01
Xan
тан олайлик Хилол Пахтакори еб ташлаябди
+11   
12 mar 03:05:42
Ўзбек футболининг муҳлиси
Ал Ҳилол биринчи ўйинда дон сепган эканда
+11   
12 mar 03:04:41
Ravshan Nabiyev
Paxtakorni Al xilolga ahmoqlar tenglashtirildi.Ularga 1 sezon sarflanayotgan mablagʻni Pahtakor 15 yilga sarflaydi bunday hissiyotga berilmaylar.
+11   
12 mar 02:01:58
barselona7
Омад тилаймиз ютишини кутамиз аммо тан олиш керак Ал Ҳилол кучли эди барибир. Чичиб қўйди шунча пул дейишдан олдин Ал Ҳилол бюджети ва Пахтакор бюджетини таққослаб кўринглар. Иккала жамоа таркибидаги легионерларини даражасини таққослаб кўринглар. Ўзим Насаф мухлисиман аммо Пахтакор бу мавсумда олдига қўйилган вазифани муносиб уддалади. Элит Лигада гуруҳдан чиқди. Энди буёғига рақиб Ал Ҳилол Осиёнинг энг кучли жамоаларидан бири. Шунчаки рақиб кучли эканини тан олиб Пахтакорни кейинги ўйинларида омад тилаш қийин эмас масхара қилиб ерга урмасдан.
+11   
12 mar 01:56:44
Arsenal_21_
Maşal bn öyindi qoldirişdi huddiki bular Hilolni yutib qöyadigonday paxtakorga haliyam yon berişida bular esa hardoimgiday yeb qöyişadi.
+10   
12 mar 02:35:04
Азимжон 2524
Paxtakor muxlislari bazi-bir kuti buq ona suti ogʻzidan ketmagan chichqoqlardan xafa bulmanglar ular bulsa 15 18 yo 20 yosh nari bulsa kecha tuhundan chiqib Otasiga sikishni urgatadi Xilol ku hli edi tan olish kerak men Neftchi ishqibozi sifatida aytaman paxtakor endi tuzilyapti sabr qilinglar yaxshi boʻladi
+10   
12 mar 02:27:39
Xan
биринчи уйини куриб жавоб уйинида пахтакор камида дуранг уйнаса керак деб хато уйлаган эканман,пахтакор хечам кучаймаган экан,шунчаки хилол тошкентда яхши уйнамагани учун пахтакор кучайиб кетгандек куринган экан
+8   
12 mar 03:15:25
Oybek Haydarov
Хар бахор шу булар такрор
+8   
12 mar 01:54:34
AC Milan vs Chelse
Хамдамов билан Буриев чичвораяпти
+7   
12 mar 04:09:00
Mardon Eshmonov
Пахтакор доимгидай шармандалик ананасини давом этирмокда. Легионерлари хам 1 капекага арзимайди.
Пахтакор Леганерлари факат Узбекистон Футбол жамоасиларини хакамларимиз билан биргаликда ютгани келади. Осиё Футболида Пахтакорни кулидан бук хам келмайди. Уял Пахтаой Шарманда
+7   
12 mar 03:50:40
CHAQMOQ
Начора Пахтакор барибир пахтакорлигини билдирди, ўзи аслида СССР пайтида ҳам руслар аралашуви билан чала туғилган эди ва кейинчалик ЎФА ва ПФЛ минг асраб авайламасин барибир абадул-абад пахтакорлигича қоларканда, сабр ўзбек футбол мухлисларига.
+6   
12 mar 02:15:53
Ardus
Nima xam derdik togrisi paxtakorni ochiqchasiga kuchi yetmayabdi xilolga.Bollar tormiz
+6   
12 mar 01:52:14
Hojimurod Muzropov
Arsenal_21_ foydalanuvchining fikriga javob berish
Muşuklar yetib kelişdi
Birinci oynda yutganda qattedin?
+5   
12 mar 05:21:58
Муроджон Болтабойов
Бизга шундай жамо керакки Оседа зур уйнаш кере Кари бир тайимга яарамедиган лигианерларни олиб келиб давлат бужетини еб юрмасдан
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика