So’nggi yangiliklar

04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  6 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  12 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  23 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  3 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  24 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  3 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2

Eldorbek Suyunov: "Raqib ko'proq legionerlarga tayanib harakat qiladi" Yangiliklar

Eldorbek Suyunov: "Raqib ko'proq legionerlarga tayanib harakat qiladi"

"Nasaf" klubi 8 fevral kuni OCHL pley-off bosqichi doirasida Dohada "Al Jayish"ga qarshi maydonga tushadi.
Biz "ajdarlar" asosiy posboni Eldorbek Suyunov bilan suhbatlashdik.

- Muhim bahs oldidan jamoaning kayfiyati qanday?
- Barcha etibor "Al-Jaish" bilan kechadigan o'yinga qaratilgan. Jamoamizdagi hamma futbolchilarni kayfiyatlari alo darajada. "Nasaf"da ichki muhit joyida. Biz bir oiladekmiz. Xudo xohlasa, Qatarga faqat va faqat g'alaba ilinjida boramiz. Bosh maqsadimiz muxlislarga ajoyib g'alabani taqdim etish.

- Eldor, jarohat bezovta qilmayaptimi?
- Xudoga shukur, belimdagi og'riq deyarli bezovta qilmayapti.

- Raqib safidagi qaysi futbolchilar xavfliroq ko'rinmoqda?

- "Al-Jaish"ni o'yinlari tushirilgan disklarni murabbiylarimiz bizga ko'rsatib tahlil qilishmoqda. "Al-Jaish" ko'proq legionerlarga tayanib harakat qiladi. Raqib safidagi 10 raqamdagi franciyalik Ekoko va 4 raqamda o'ynaydigan Anderson qatarliklarni asosiy quroli ekan.

- "Nasaf" OCHL guruh bosqichiga yo'llanma olishga qodirmi? "Al-Jaish"ni mag'lub etilgan taqdirda ham, yana bir uchrashuvni mehmonda o'ynashga to'g'ri keladi.
 - Biz OCHL guruh bosqichiga yo'l olishni judayam xohlayapmiz va buning uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Ayni paytdagi asosiy vazifa va maqsadimiz OCHL guruh bosqichidagi chiptani o'zimizniki qilib olish.

- Asosiy vaqtlarda hisob teng bo'lib qolsa, tabiiyki g'olib "lotoreya" bahsi orqali aniqlanadi. Siz bu sinovga tayyormisiz?
- Agarda uchrashuv taqdirini penaltilar seriyasi orqali hal etish kerak bo'lsa, bu ko'p jihatdan omadga bog'liq bo'ladi. Omad kimga kulib boqsa, o'sha jamoa o'z maqsadiga erishadi deb o'ylayman. Agar vaziyat shuni taqozo etsa, bor imkoniyatimni ishga solaman.


SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика