So’nggi yangiliklar

22:50Суперлига. "Навбаҳор" "Бухоро"га йирик ҳисобда ютқазди, "Қўқон-1912" эса "Хоразм" билан дуранг ўйнади  0 22:32Сергей Лушчан: "Ҳассага таянган кампир майдонга чиқса ҳам олтита гол урарди"  15 22:15Ҳаким Фузайлов: "Агар гол урмасак керакли очколарни қўлга кирита олмаймиз"  1 21:44Баҳром Ҳайдаров: "Дуранг бизни ҳам, рақибни ҳам қониқтирмади"  1 21:28Ла Лига. "Реал" тўхтамаяпти, Алонсо жамоаси бешинчи ўйинда ҳам ғалаба қозонди  23 21:15Суперлига. "Нефтчи" марказий тўқнашувда "Динамо"дан устун келди ва пешқадам "Насаф"га анча яқинлашди  78 21:05Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Хоффенхайм"ни қийинчиликсиз таслим этди  3 20:35"Манчестер Юнайтед" — "Челси". Таркиблар маълум  45 20:17"Верона" — "Ювентус". Таркиблар маълум  9 20:12"Бухоро" ўз тарихида биринчи маротаба "Навбаҳор"га 3тадан кўп гол урди   9 19:59Суперлига. "Бухоро" "Навбаҳор" дарвозасига жавобсиз 5 та тўп киритди  97 19:53"Сабаҳ" — "Туран". Раҳмоналиев асосий таркибда  3 19:26Зиданнинг 27 ёшли ўғли Люка спорт фуқаролигини Жазоирга ўзгартирди  0 18:55Суперлига. "Хоразм" ўз уйида "Қўқон-1912" билан дуранг ўйнади  11 18:35АПЛ. "Ливерпуль" Мерсисайд дербисида қийин ғалабага эришди  11

Eldor Suyunov: "Terma jamoaga chaqirilmaganimni to'g'ri qabul qilaman. Joy hech kimga kafolatlanmagan" Yangiliklar

Eldor Suyunov: "Terma jamoaga chaqirilmaganimni to'g'ri qabul qilaman. Joy hech kimga kafolatlanmagan"

"Paxtakor" jamoasi Coca Cola Superliga 22-turida safarda AGMKni yirik 6:0 hisobida taslim qildi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng jamoaning tajribali posboni, O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi Eldor Suyunovga bir nechta savollar bilan yuzlandik.

- Dastlab AGMKga qarshi kechgan uchrashuv haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz. Nima deb o'ylaysiz, raqib chindan ham kuchsiz o'yin namoyish etdimi?

- Mazkur uchrashuvdagi g'alaba raqibning kuchsiz o'ynagani emas, balki bizning kuchli harakat qilganimiz evaziga qo'lga kiritildi deb o'ylayman.

- Birinchi davrada "Paxtakor" stadionida o'tkazilgan o'yinda jamoa qiynalgan va yakunda durang natija qayd etgandi. Kecha esa buni aksini ko'rdik...

- Mavsumning birinchi qismida o'tgan o'yinda jamoamiz yaxshi o'yin ko'rsatgan edi. SHunchaki, o'shanda yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmagandik. Futbol kutilmagan natijalari bilan qiziq. O'z maydonimizda durang qayd etgan bo'lsak, mehmonda yirik hisobdagi g'alabani tantana qildik.

- O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiy  Vadim Abramov noyabr oyidagi yig'in uchun taklif qilingan futbolchilarni ro'yxatini elon qildi. Sizni ushbu yig'inga chaqirilmaganingiz ko'pchilik qatori bizni ham ajablantirdi. Ushbu holatga munosabatingiz qanday?

- Oldindagi yig'inga chaqirilgan futbolchilarni ro'yxatini ko'rdim. Darhaqiqat ajoyib tarkib. Men qatori barcha futbolchilarga terma jamoada joy kafolatlanmagan. SHuning uchun milliy jamoaga loyiq ekanligingni har kuni isbotlashing kerak. Buni to'g'ri qabul qilaman va kelasi yig'inga qadar murabbiylar ishonchini qozonish uchun harakat qilaman. 

- Ko'p hollarda etibor beramiz jamoangiz tomonidan urilgan gollarni nishonlashda boshqalardan ajralib turasiz. Bu borada kimga taqlid qilasiz?

- Jamoam gol ursa tabiiyki xursand bo'laman. Ayniqsa derbilarda, principial raqiblar bilan o'yinlarda gollarni nishonlash men uchun o'ziga hos zavq bag'ishlaydi. 

- "Paxtakor" uchun joriy mavsum nisbatan qiyin o'tmoqda. OCHLda ham katta kuch yo'qotildi, jamoaning aksariyat futbolchilar terma jamoa yig'inlarida ishtirok etib qaytdi. Mana shu omillarni inobatga oladigan bo'lsak yangi formatda dekabr oyida o'tadigan kubok bahslariga futbolchilar qanday holatda etib kelishi mumkin?

- Jamoamiz uchun bu mavsum ham ajoyib o'tmoqda. OCHL bahslarida ham yaxshi o'yin namoyish etdik, to'g'ri maqsadimiz bundan ham yuqori edi. Lekin, hamma narsa yaxshilikka deb o'ylayman. Taqdir emas ekan. Katta kuch yo'qotildi degan fikringizga qo'shilmayman. CHunki, milliy terma jamoaning yig'inidan so'ng beshta o'yinni barchasida g'alaba qozondik, to'plar nisbati esa 21:2.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика