Eldor Suyunov: "Futbolda har narsa bo'lishi mumkin"
12 mar 2014 22:52
Yangiliklar


Eldor Suyunov: "Futbolda har narsa bo'lishi mumkin"
"Barselona" dastlabki bahsda o'zi uchun kerakli natijani qayd etib kelgani ularga bugungi o'yinda as qotishi mumkin. Futbolda taxmin qilish qiyin. Kechagi o'yin haqidagi fikrlarim uchun meni muxlislar noto'g'ri tushunishdi. Buning uchun "Arsenal" muxlislaridan uzr so'ragan bo'lardim. Bu meni shaxsiy fikrlarim edi xolos. Hammaning o'z shaxsiy fikri bo'lishi tabiiy. Menimcha, bugun "shaharliklar"ga qiyin bo'ladi. Ammo futbolda har narsa bo'lishi mumkin. Agarda Pellegrini shogirdlari o'yinni o'z qo'llariga olib, yuzaga keladigan vaziyatlardan to'g'ri foydalana bilishsa, ularda keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyat paydo bo'lishi mumkin. "Barselona" o'z maydonida kechadigan bahslarda o'yin tizginin raqibga berib qo'yadigan jamoalardan emas. So'nggi o'yinlarda esa, Xerardo Martino jamoasi o'zlaridan kutilgan o'yinni namoyish qila bilishmayapti. Ikkinchi juftlikda masala deyarli hal. Bu o'yinni faqat rasmiyatchilik uchun desa bo'ladi.
SHahboz Beg'amov

Fikrlar