So’nggi yangiliklar

03:05АПЛ. "Арсенал" бурчак зарбаларидан урилган голлар эвазига "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  11 02:59ЛаЛига. Мбаппе пенальтидан гол ура олмаган ўйинда "Реал" мағлуб бўлди  27 02:30АПЛ. "Манчестер Сити"да ниҳоят ғалаба, "Ньюкасл" — "Ливерпуль" ўйинида 6та гол ва "Челси"дан йирик ғалаба  17 01:57Турк футболчисига МЮ, "Ливерпуль", "Арсенал" ва ПСЖ қизиқмоқда  0 01:32Жаҳонгир Ортиқхўжаев, "Пахтакор" янги бош мураббийи ва Максим Шацких иштирокидаги матбуот анжуманидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 00:37Куртуа "Реал" билан шартномани узайтирмоқчи. Дарвозабоннинг вакиллари Саудия Арабистонидан қизиқиш ҳақида билишмайди  1 00:04АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Юнайтед" баҳси асосий таркиблари маълум!  15 23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  20 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  122 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  3 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8 19:54Илёс Қурбонов: "Қаршида ўйнаб қайтганимиз сабабли тайёргарлик кўриш учун бизда 1 кун вақт бўлди"  5

Eldor SHomurodovning "Mashal"dagi birinchi murabbiyi Otajon Avezovning dilidagi gaplari Yangiliklar

Eldor SHomurodovning "Mashal"dagi birinchi murabbiyi Otajon Avezovning dilidagi gaplari

Kecha Italiya A Seriyasining 9-turi doirasidagi "Jenoa" - "Parma" uchrashuvida Eldor SHomurodov gol urishga erishdi.

SHunday qilib, Eldor SHomurodov Evropa Top-5 chempionatida va Italiya A Seriyasida gol urgan birinchi o'zbekistonlik futbolchiga aylandi. SHu munosabat bilan biz SHomurodovning "Mashal" akademiyasidagi birinchi murabbiyi Otajon Avezov bilan suhbatlashdik.

- "Mashal" akademiyasidagi faoliyatingizni qanday yodga olasiz? U erga qanday qilib borib qolgansiz?

- "Mashal" akademiyasida o'tkazgan 18 yillik faoliyatimni sog'inch va faxr bilan esga olaman, sabab, murabbiy sifatida shakllanishimda "Mashal" akademiyasining o'rni beqiyos. Muborakka qanday borib qolganman? Men Buxoro viloyatida tug'ilganman, lekin yoshligim Muborak shaxrida o'tganligi sababli, birinchi futbol saboqlarini ham aynan "Mashal" futbol klub qoshidagi futbol maktabida marhum murabbiy, sobiq SSSR sport ustasi unvoni egasi Boris Stepanovich Serostanov qo'l ostida olganman. Keyinchalik Muborak futboli uchun juda ko'p ishlarni amalga oshirgan, "Mashal" akademiyasi asoschilaridan biri, Bahrom Boyjonovich Davlatov taklifi bilan "Mashal" akademiyasida murabbiylik qila boshladim.

"Mashal" PFK dan minnatdorligim shundaki, klubdagi faoliyatim davomida, oliy malumot va OFK ning barcha yuqori murabbiylik licenziyalari uchun o'qishimda ham klub yordamini ayamagan. Buning uchun klub rahbari sifatida faoliyat yuritgan Bahrom Boyjonovich Davlatovga va hozirgi bosh direktori Ilhom Abdug'anievich Qurbonovga cheksiz minnatdorchiligimni bildiraman. 



- Qachon akademiyadan ketdingiz, bunga nima sabab bo'ldi?
- "Mashal" akademiyasidan 2017 yilda, PFK "Buxoro"ga qarashli futbol maktabiga, o'z vaqtida "Mashal" akademiyasida birga faoliyat olib borgan mutaxassis, ushbu futbol maktab direktori Jamshid Mehmonovich Botirov taklifiga ko'ra, futbol maktabiga rahbar o'rinbosari vazifasiga o'tganman. Ushbu mutaxassis, yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempioni, xozirda "Mashal" jamoasi darvozaboni Rahimjon Davronovning birinchi ustozi sanaladi.

- U erdan ketgach nima ish bilan shug'ullanyapsiz?
- Avvalo insonning rizq-nasibasi qaerga sochilgan faqatgina yaratganga ayon. Aytib o'tganimdek, "Mashal"dan ketishimi oson bo'lmadi. Deyarli 20 yilga yaqin bir joyda ishlab, boshqa muhitga ko'chish oson emas. Lekin menga, yuqorida aytganimdek, "Mashal"da birga ishlagan Jamshid Botirovning, kelajakda PFK "Buxoro"ga qarashli futbol maktabini ham akademiya darajasiga ko'tarish maqsadida bergan taklifi makul bo'ldi, qolaversa o'zim ham buxorolik bo'lganligim sababli, ushbu taklifga yo'q deya olmasdim. Hozirgacha "Mashal" futbol klubi rahbariyati bilan samimiy aloqamiz uzilmagan. Klub bosh direktori Ilhom Qurbonov teran fikrli, futbolni tushunadigan inson va u bilan ish yuzasidan tez-tez fikr almashib turamiz.

- Eldor SHomurodovni "Mashal"dagi ilk murabbiyi sifatida uni qanday yodga olasiz?

- Eldor SHomurodov 2007 yil fevral oyida, akasi Sanjar SHomurodov bilan, (hozirda SVFA boshlig'i lavozimida ishlaydi) "Mashal" akademiya ko'rigiga kelishgan. O'sha vaqtda 1994-1995 yilda tug'ilgan futbolchilarga murabbiy edim. Eldorni bir haftalik sinov-muddati bilan olib olib qoldim. Keyinchalik sinov muddati davomida o'zini yaxshi tomondan ko'rsatgan Eldorni "Mashal" akademiyasida olib qoldik.

Eldorning begona muhitga moslashishida, nafaqat mening, balki Muborak shahrida talim bergan o'qituvchisi, sinf rahbari Avezova Maralning (mening turmush o'rtog'im) ham hissasi bor deb o'ylayman.

O'sha vaqtdagi kichik, 12 yoshli Eldorning, o'qituvchisiing tabiri bilan aytganda, "kulgichlari kulib turuvchi" bolaning, uyining sog'inch hissini kamaytirish maqsadida tez-tez uyimizga olib kelardik. Hozirda ko'rinib turibdiki, bunday qarordan adashmaganimizni, nafaqat klub, balki O'zbekiston va Jahon futbolida ham o'z o'rniga ega bo'lishga intilayotgan inson shakllanganligini ko'rishimiz mumkin.



"Mashal" akademiya Surxondaryo viloyat xokimi kubogi musobaqasida - 2007 yil: Eldor SHomurodov (pastki qator, chapdan uchinchi), Maradona Safarov (tepa qator o'ngdan ikkinchi), Sardor Abduraimov (pastki qator, o'ngdan birinchi), Firdavs Norsafarov (Superliga hakami, pastki qator, o'ngdan uchinchi), Yunus Ochildiev (2010 yil Toshkent shahrida o'tkazilgan Osiyo CHempionati kumush medal sovrindori, tepa qator o'ngdan to'rtinchi).



- SHomurodov bilan gaplashib turasizmi? So'nggi marta qachon ko'rishdingiz?

- Albatta, Eldor bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali gaplashib turaman. Asosan telegramm orqali. Deyarli har bir o'yindan oldin gaplashib turaman. Jarohatdan keyingi birinchi o'yini bo'lgani uchun “Unideze” bilan bahsdan oldin omad tiladim. Eldor hozir har qachongidan ham, bizning qo'llashimizga va duomizga muhtoj. So'nggi marotaba 2019 yil iyun oyida (Eldorning kam va tig'iz vaqtini hisobga olgan holda) Termiz shahrida o'tkazilgan futbol musobaqasida va 2019 yil dekabr oyida baxt to'yida oilam bilan ishtirok etganman.

2019 yil Termiz shahrida (chapdan o'ngga) Otajon Avezov, Eldor SHomurodov va Azamat SHomurodov (Eldorning otasi).


- SHomurodovdan tashqari Husniddin Aliqulov va boshqa futbolchilarni tarbiyalagan ekansiz. Yana qaysi shogirdlaringiz ayni paytda ham faoliyatini davom ettirmoqda?

- "Mashal" akademiyasidagi faoliyatim davomida Eldor SHomurodovdan tashqari etishtirgan bir necha yosh futbolchilar mamlakatimizning Super va Pro ligalarida harakat qilishmoqda. Jumladan Husniddin Aliqulov ("Nasaf"), Zafar Akramov, Hakimbek Boboqulov, Muhriddin SHamsiddinov (barchasi "Mashal"), Maradona Safarov ("Zomin" ), Doniyor Umarov ("Oq-tepa").

- SHomurodovning Italiyaga ketishiga qanday baho berasiz? "Rostov"dagidek o'ynab keta olarmikin?

- To'g'risi, Eldor G'arbiy Evropaga, jumladan: Germaniya, Belgiya yoki Gollandiya chempioantiga o'tishini taxmin qilgandim. Lekin u Evropa janubiga ravona bo'ldi. Qarorni qabul qilib bo'ldi. O'ylaymanki Evropaning o'rtamiyona jamoasi, Eldor uchun "trampilin" vazifasini bajarib beradi va yanayam kuchliroq jamoa safida ko'rinish beradi degan umiddaman. Endi qaysidir manoda "Rostov"dagidek o'ynab ketishi uchun, avvalambor vaqt kerak va muhitga tezroq moslashishi kerak.

- O'zbekistonda yoshlar murabbiylariga etibor qay darajada deb hisoblaysiz?

- Juda og'riqli savol. Menimcha, yoshlar murabbiylari ikkinchi planda qolib ketishmoqda. Sabab: bolalar futbolidan, ustalar jamoasigacha bir emas, bir necha murabbiylarning hizmati bo'ladi. Lekin birinchi murabbiy kamdan-kam eslanadi. Barchani ko'z oldiga professioanal jamoadagi murabbiyi keladi. O'tgan yil O'FA taqdirlash marosimidan keyin jurnalist do'stimiz SHahboz Beg'amov ikkita ajoyib maqola bilan chiqish qilgandi. "Yoshlar murabbiyi" nominaciyasiga amaldagi Superliga jamoalari murabbiylaridan emas, chempionatda yoki legioner maqomidagi yosh futbolchilarning murabbiylarini etirof etish kerakligini aytib o'tgandi.

2019 yilning eng yaxshilari - SHahboz Beg'amov versiyasi         

G'aroyib tasodif va tug'ilgan kunga to'g'ri kelgan yoqimli etirof — SHomurodovning birinchi murabbiyi Beg'amov tuzgan reyting haqida    


Uning fikrlariga yuz foiz qo'shilaman. Noto'g'ri tushunmang, o'zimni o'ylamayapman. Biror-bir bolalar murabbiyi, yuqoridagi kabi elit tadbirda ishtirokini o'zi unga qancha "motivaciya" beradi, mukofotlansa esa ishga bo'lgan qarashlari yaxshi tomonga o'zgaradi. Bolalar murabbiylariga oson emas, to'laqonli guruh tuzish va asosiy jamoaga etkazish uchun, selekciya ishlari, saralash va yillar davomida guruhni shakllantirish, kabi bosqichli ishlarni amalga oshirishi kerak.

Yana bir misol, yaqinda Oston O'runovning birinchi murabbiylari ham etarlicha etirof etilmayotganligi xaqidagi maqolani o'qidim. Taklifim bolalar murabbiylarini ham yilning taqdirlash marosimlariga taklif qilinishini so'rayman. Ovoz berish orqali "Yilning eng yaxshi murabbiyi", "Yilning faol murabbiyi" kabi bir necha nominaciyalarda ishtiroki taminlansa bolalar murabbiylari uchun qo'shimcha "motivaciya" bo'ladi.

VIDEO. Oston O'runovning birinchi murabbiyi nimadan xafa?        

 

- Mazmunli suhbatingiz uchun rahmat, kelajakdagi faoliyatingizda omad! 


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика