So’nggi yangiliklar

21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  17 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  1 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  1 19:53"Парма" ҳужумчиси Англиянинг учта клуби эътиборига тушди  1 19:30Терма жамоа дарвозабони, Қосимовни ютган мураббий, 21 ёшли футболчи — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари   3 19:13Тўрақулов, Искандеров, Ҳожимирзаев, Сергеев ва бошқалар... Суперлига 23-тур рамзий терма жамоаси  2 18:50Ўзбекистон Озарбайжон билан биргаликда Жаҳон чемпионатига мезбонлик қилади!  17 18:36"Арсенал" Сакага ҳафтасига 322 000 евро тўлашга тайёр  3 18:08Жиру: "Европа Лигаси биз учун жуда муҳим"  1 17:40Ла Лига "Атлетико" – "Реал" учрашувида янграган ҳақоратомуз сўзларни қоралади  0 17:12Артета: "Дарвозани дахлсиз сақлаганимиздан жуда хурсандмиз"  0 16:44Расман: Шукуров БАА клубига ўтди  9 16:14Конте: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтирди"  3 16:08Каннаваро тайинлови: пиарми ёки стратегик қарор?  44 15:45Гвардиола: "90 дақиқа Родри учун оғир синов бўларди"  1

Eldor SHomurodov: "Kamchilikda qolgan raqibning himoyasini yorib o'tish qiyin bo'ldi" Yangiliklar

Eldor SHomurodov: "Kamchilikda qolgan raqibning himoyasini yorib o'tish qiyin bo'ldi"

O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi Eldor SHomurodov Filippinga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan so'ng (1:0) o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Og'ir o'yin bo'ldi. SHunga qaramay, kichik hisobda bo'lsada g'alabaga erishdik. Muhimi, o'zimizga kerakli uch ochkoga ega bo'ldik. Bundan xursandmiz", - deya o'z fikrlarini boshladi SHomurodov.

- Filippin terma jamoasidan mana shunday qarshilikni kutganmidinglar?

- Ha, raqibdan mana shunday qarshilik kutgandik. Ular o'z maydonidagi o'yinda ham juda yaxshi harakat qilishgandi. Filippin rivojlanayotgan terma jamoalardan hisoblanadi. SHu sababli, o'yin oson bo'lmasligini bilardik.

- O'yinning boshida raqib bir kishi kam bo'lib qolishi jamoamizning bo'shashishiga sabab bo'lgandek ko'rindi...

- Yo'q. Ular 10 kishi qolganidan so'ng o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolishga urinishdi. Agar to'liq tarkibga qarshi o'ynaganimizda raqib hujumga ham o'tardi. Kamchilik qolgan filippinliklarning himoyasini yorib o'tish qiyin bo'ldi.

- Navbatdagi o'yin Bahrayn terma jamoasiga qarshi bo'ladi. Ushbu o'yin haqida, tayyorgarlik jarayonlari haqida nimalar deya olasiz?

- Bugungi o'yin natijasini unutgan holda keyingi hafta bo'ladigan o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz. Nasib qilsa, o'sha o'yinda ham g'alaba qozonib muxlislarni xursand qilmoqchimiz.


Aziz To'xtamurodov



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика