So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  0 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Eldor Moyliev: G'alabani muxlislarga bag'ishlaymiz Yangiliklar

Eldor Moyliev: G'alabani muxlislarga bag'ishlaymiz

Sho'rtan – Andijon (1:0) o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlarning vaqtinchalik bosh murabbiyi Eldor Moyliev ishtirok etdi.

- Bugungi o'yinni mana shunday qiyin bo'lishini bilardik. «Andijon» jamoasiga yangi murabbiy sifatida Maksim Shackix tayinlangandi. Yangi murabbiy jamoani ruhiyatini ko'tarishini bilardik. Dastlabki 10-15 daqiqada bizga bosim o'tkazishdi. Lekin yigitlarga rahmat, ular chidab berishdi. Tayyorgarlik ko'rgan o'yinimizni ko'rsatib berishdi. Futbolchilarga katta rahmat. Bu ularning yutug'i. G'alabani muxlislarga bag'ishlaymiz.

«Sho'rtan»ni g'alabaga tayyorlashda ko'proq nimalarga etibor qaratildi?

- Albata, taktik jihatdan u qadar o'zgarishlarga qo'l urmadik. Yil boshidan beri 4-3-3 sxemasi bo'yicha tayyorgarlik ko'rib keldik va shu taktikada o'ynadik. Yigitlarni ruhiyatini ko'tarishga etibor qildik. Fikrlashini o'zgartirishga harakat qildik. O'ziga bo'lgan ishonchni ham oshirishga urg'u qaratdik. Asosiy etibor bergan narsamiz shu bo'ldi. Bilasizlar, yaqindagina Kubok o'yinida o'ynadik. Etiborni futbolchilarni ijobiy fikrlashiga qaratdik.

Jamoa Superligada gol urishga qiynalmoqda. 10 ta turda 4 ta gol urdi. Bugun ham bir qator imkoniyatlar bo'ldi, ammo foydalanishga kelganda jamoa oqsayapti...

- Bilasizlar, bu safar ham yosh hujumchilarni tushiryapmiz, ulardan biri 2006 yilda tug'ilgan. Futbolchilarimizni ko'pchiligi yosh. Turdan-turga o'zlariga ishonchi ortadi va ushbu kamchilikni ham to'g'rilaymiz. Mashg'ulotlarda yana o'z ustilarida ishlashadi. Hozirda iqtidorli yoshlarimiz bor. Ularni ham asosiy jamoaga jalb qilishni boshladik. Shu yoshlardan umidim katta.

Yaqinlashayotgan transfer oynasida tarkibni kuchaytirish uchun qanday rejalar qilinadi? Yoki yoshlarga etibor qaratishda davom etasizlarmi?

- Albatta, etakchi futbolchilar bizga ham kerak bo'ladi. Superligada har xil bosimda o'yinlar bo'ladi. Hujum chizig'iga, himoyaga imkon qadar yaxshi o'yinchilarni olishga harakat qilamiz. Shu bilan birga asosiy etibor yoshlarga qaratilgan. Rahbariyat ham shuni talab qilgan holda g'alabalar qozonib muxlislarni xursand qilishni xohlashadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика