So’nggi yangiliklar

11:05Ўзбекистон БААга қарши кўк либосда ўйнайди  3 10:54"Арсенал" афсонаси Гвардиоладан сўнг "Манчестер Сити"ни бошқариши мумкин  0 10:23"Манчестер Юнайтед"ни бошқариш учун яна бир номзод пайдо бўлди  1 10:08Жаъфар Ирисметов: "Ҳозир терма жамоанинг ўйинини яхши ёки ёмон дейдиган пайт эмас"  3 09:50"Ливерпуль" ван Дейкка ўринбосар топиб қўйди  2 09:45Игорь Шквирин: "Гуруҳда рақобат кучли, хатолардан керакли хулоса чиқарилмаса қимматга тушади"  3 09:14"Реал Мадрид" МЮ футболчисини сотиб олиши мумкин  2 08:40ФИФА президенти ўзининг расмий саҳифасида Ўзбекистонда футбол жадал суръатда ривожланаётганини эътироф этди   4 08:04Гвардиола бир шарт билан Италия клубларидан бирини бошқаришга розилигини маълум қилди  1 07:36Модричнинг "Реал Мадрид"даги келажаги маълум  0 01:40Миллатлар лигаси. Австриядан 5:1, Грециядан ғалаба ва Фарер ороллари — Латвия ўйинида дуранг  2 01:12Коке "Атлетико"нинг 2014 йилги чемпионлиги ҳақида: "Ўзимни FIFA ўйинидаман деб ўйладим. Ўшанда "Барселона"да Месси, "Реал"да эса Роналду бор эди, даражани ўзингиз бир тасаввур қилиб кўринг"  4 00:50Биласизми? БАА терма жамоаси футболчиси Ўзбекистонга келса қамоққа олиниши мумкин   23 00:18БАА Тошкентга тўртта йўқотиш билан келди  11 23:21Терзич "Манчестер Юнайтед" бош мураббийига айланиши мумкин  2

"El klasiko"ga 8 kun qoldi - "Barselona"da jarohatlanganlar esa 7 ta Yangiliklar

"El klasiko"ga 8 kun qoldi - "Barselona"da jarohatlanganlar esa 7 ta

Oldindagi 8 kunda "Barsa" 3 ta o'yin o'tkazadi.

Xavi jamoasi 9 oktyabr kuni – "Selta" (La Liga, uyda), 12 oktyabr – "Inter" (ECHL, uyda), 16 oktyabr – "Real" (La Liga, safarda). Bo'lajak klasiko musobaqadagi vaziyat jihatidan ham muhim – "Real" va "Barsa" bir xil ochko bilan (19) La Ligada birinchi o'rinni bo'lishib turibdi. 

Biroq hozir Xavi jamoasida jarohatlanganlar etarlicha – bir yo'la 7 futbolchi.

Jarohatlarda terma jamoalar o'yinlarini aybdor sanashmoqda

•‎ "Barselona" hammasidan ham terma jamoalar o'yinlaridan ko'proq aziyat chekdi – milliy jamoalari safidan Depay, de Yong, Kunde va Arauxo jarohat olib qaytdi. Belerin klub mashg'ulotida jarohatlandi. Kristensen va Kessie safdan chiqqani haqida "Barsa" ECHL doirasida "Inter" bilan to'qnashuvdan keyin elon qildi;

•‎ Xavi terma jamoalar o'yinlarining barchasini bitta pauzada o'tkazishni taklif qilgan – shunday yo'l bilan futbolchilarning jarohatlari sonining oshib ketishidan qutilish mumkin: "FIFAda Jahon chempionatini har ikki yilda o'tkazish bo'yicha reja mavjud – bu muzokaralarga sabab bo'lmoqda. Biroq taqvimning yana bir variantida terma jamoalar yig'ilib, bir yarim oy mobaynida barcha o'yinlarini o'tkazishi mumkin. SHundan so'ng klublar futbolchilarini mavsum oxirigacha hech qaerga qo'yib yuborishga majbur bo'lmaydi. Yani terma jamoalar o'yinlarini jamlab, bitta blok qilardik";

•‎ "Barselona"ning besh nafar markaziy himoyachisidan uch nafari jarohatlangan. Hozir sog' variantlar – faqat Pike (La Liganing bu mavsumida 180 daqiqa) va Garsiya (384 daqiqa);

•‎ Frenki mashg'ulotlarga qaytgan, lekin "Selta"ga qarshi o'yinda uni ko'rmasak kerak.


"Real"da nima gap?

"Qaymoqranglilar"da faqat bitta muammo bor, lekin u ancha jiddiy – Tibo Kurtuaning jarohati. Oktyabr oyi boshida klub belgiyalik kiperning beli bilan bog'liq muammolar mavjudligi haqida xabar berdi – soddaroq qilib aytganda bu shamollashning jiddiyroq turi.



SHunday bo'lsada, Karlo Anchelotti kiper "Barselona"ga qarshi uchrashuvgacha safga qaytishiga ishonmoqda: "Uni Varshava ("SHaxter" bilan 11 oktyabrdagi o'yin)ga oborish qanchalik zarurligini o'ylab ko'rishimiz kerak. Ammo "El klasiko" u biz bilan bo'ladi, deb o'ylayman.


Sports.ru saytidan tarjima qilindi

Muallifning La Ligaga oid telegram-kanaliga obuna bo'ling

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика