"El Chiringuito" jurnalisti: "Ramos ketadi, uning qaerga o'tishini barcha bilib turibdi"
15 fev 2021 23:14
Yangiliklar
"El Chiringuito" jurnalisti: "Ramos ketadi, uning qaerga o'tishini barcha bilib turibdi"
"Real" himoyachisi va sardori Serxio Ramos jamoani tark etadi, deb xabar bermoqda "El Chiringuito" jurnalisti Jozep Pedrerol.
"U ketadi. U ketadi, ketadi. Serxio ketishini tan olib bo'lgan. Uning qaerga o'tishini barcha bilib turibdi. Buni yaqin kunlarda aniqlashtirib olamiz", - dedi Jozep Pedrerol.
Ramosning "qirollik klubi" bilan shartnomasi yozda yakuniga etadi. Ispaniyalik futbolchi shartnomasini uzaytirish bobida muzokaralar olib bormayapti.
Qayd etish kerak, aynan "El Chiringuito" nashri Krishtianu Ronalduning "Real"dan "Yuventus"ga o'tishi borasidagi ilk xabarni ommaga malum qilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar