So’nggi yangiliklar

09:47Аморим "Спортинг"даги шогирдини МЮга олиб келмоқчи  1 09:23Превью. Абрамовнинг "Динамо"си Қосимовнинг ОКМКсини меҳмон қилади  8 08:56Слот кечаги ғалабдан сўнг нималар деди?  5 08:28Превью. "Навбаҳор" биринчи даврадаги мағлубият учун "Нефтчи"дан реванш оладими?  11 07:57Суперлига. Бугун бизни ажойиб ўйинлар кутиб турибди  5 07:30Расман. "Ал Насср" яна бир юлдузни ўз сафига қўшиб олди  7 07:05Суперлига. "Пахтакор" "Сўғдиёна" жамоасини ишончли ҳисобда мағлуб этди, Алижонов эса шедевр гол урди  0 02:50Иброҳим Ибрагимов: "Сўғдиёна"нинг нозик томонларини ўрганиб чиққандик"  5 02:15Францияда ҳам чемпионат старт олди  0 01:57АПЛ старт олди: "Ливерпуль" мавсумни қийин ғалаба билан бошлади  32 01:33Башар Ресан: "Бу ғалабали йўлни "Андижон"га қарши ўйинда ҳам давом эттирмоқчимиз"  5 01:20"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Ноттингем"га ўтиши мумкин  0 01:00"Ал Ҳилол" қачон Қаршига келади? "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги тақвими маълум  7 00:49Уго Экитике - АПЛнинг 2025/26 йилги мавсуми илк голи муаллифи!  1 00:32"Байер" Эрик тен Хаг қўл остидаги илк расмий ўйинида йирик ғалаба қайд этди  2

Ektor Kuper: "Natijadan xursand emasman, lekin o'yinimizda o'zgarish bor deya olaman" Yangiliklar

Ektor Kuper: "Natijadan xursand emasman, lekin o'yinimizda o'zgarish bor deya olaman"

Turkiya - O'zbekiston o'rtoqlik uchrashuvidan keyin matbuot anjumani tashkil etildi.

Milliy terma jamoamiz navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini Turkiyaga qarshi o'tkazib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. O'yindan keyingi matbuot anjumanida terma jamoamiz ustozi Ektor Kuper quyidagi fikrlarni bildirdi: 

- Bu o'yin biz uchun muhim edi, chunki Turkiya kuchli terma jamoalar qatoriga kiradi hamda FIFA reytingida kuchli 30talikdan joy olgan. Biz kuchli raqibga qarshi munosib o'yin ko'rsatishga harakat qildik, bazi vaziyatlarda yaxshi o'ynadik ham. Albatta, etibor qilishimiz kerak bo'lgan jihatlar ko'p. O'tkazib yuborilgan ikkita gol standart vaziyatdan so'ng ro'y berdi. Demak, bu borada ko'proq ishlashimizga to'g'ri keladi. Yakuniy natijadan xursand emasman, ammo o'yinimizda o'zgarish bor deya olaman. 

- Turkiya navbatdagi uchrashuvni Franciyaga qarshi o'tkazadi. Bugungi bahsdan kelib chiqib Turkiyaning o'yinini qanday baholaysiz? 

- Jahon chempioniga qarshi bahs oson kechmaydi. Ammo Turkiya harakat qilsa natijaga erishishi mumkin. Bugun o'rtoqlik uchrashuvi edi, ammo Franciya bilan o'yin rasmiy maqomda bo'ladi. Bugungi raqib menga yoqdi, jamoangiz pressingni va hujumlarni yaxshi amalga oshirdi. Yaxshi tayyorgarlik bilan Franciyani yutsa bo'ladi. 

- Bugun O'zbekiston terma jamoasi hujumida xilma-xillik ko'rinmadi. Hamma faqat Eldor SHomurodovni qidirish bilan ovora bo'ldi. Buning sababi nimada deb o'ylaysiz? 

- Men butunlay boshqacha fikrdaman. Jamoa u qadar yomon o'ynamadi. Faqat raqib pressing qilganda buzib o'ta olmadik. Futbolni ozgina sabr qilib o'ynash kerak, biz esa sal shoshildik. CHunki biz birinchi marta shunday pressing qiladigan jamoaga qarshi o'ynadik. 

- Quvondiq Ro'ziev haqida nima deya olasiz? 

- Uning o'yinidan qoniqdim. U o'z qanoti bo'ylab juda yaxshi o'tishni amalga oshirdi. Menga bu uchrashuvda yoqmagan jihati ikkala gol ham standart vaziyatdan so'ng urildi.

Reyting: -110   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика