So’nggi yangiliklar

01:12Коке "Атлетико"нинг 2014 йилги чемпионлиги ҳақида: "Ўзимни FIFA ўйинидаман деб ўйладим. Ўшанда "Барселона"да Месси, "Реал"да эса Роналду бор эди, даражани ўзингиз бир тасаввур қилиб кўринг"  0 00:50Биласизми? БАА терма жамоаси футболчиси Ўзбекистонга келса қамоққа олиниши мумкин   4 00:18БАА Тошкентга тўртта йўқотиш билан келди  3 23:45Миллатлар лигаси. Греция, Австрия ва Норвегия жамоалари иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  0 23:21Терзич "Манчестер Юнайтед" бош мураббийига айланиши мумкин  2 22:58Миллатлар лигаси. Англия, Мальта ва Шимолий Македониядан ғалаба, Лихтенштейн — Гибралтар ўйинида нурсиз дуранг  0 22:40Балотелли А Серия клубига ўтишга яқин  0 22:12Эшитдик-да! Ўзбекистон Лаосга чартер рейсда бориб келади  5 21:59ЖЧ-2026 саралаши. БАА Тошкентга тўлиқ бизнес класслик самолётда учиб келди  7 21:26Салоҳ муддатидан олдин Миср терма жамоасидан "Ливерпуль"га қайтади. Нега?  2 20:34Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 20:14Ўзбекистон U-20 терма жамоаси 89-дақиқада урилган гол эвазига Аргентина билан иккинчи ўйинда дуранг қайд этди  10 20:05Миллатлар лигаси. Қозоғистон ўз майдонида Словенияга мағлуб бўлди  12 20:02Назорат учрашуви. "Локомотив" ва "Олимпик" ўзаро дуранг ўйнади  0 19:09Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулоти Остон Ўруновсиз ўтди  12

Ektor Kuper: "Men faqat MTJ uchun javobgarman" (to'liq) Yangiliklar

Ektor Kuper: "Men faqat MTJ uchun javobgarman" (to'liq)

Teglar :  Ektor Kuper
O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper bilan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada matbuot anjumanini kuzatib borish mumkin. 

Matbuot anjumani soat 15:00da boshlanadi. 

YANGILASH


14:45. Hozircha matbuot anjumanlar xonasi jurnalistlar bilan to'lib bormoqda. 

14:55. Anjuman boshlanishiga oz qoldi.

15:00. Bir necha daqiqalardan so'ng Ektor Kuper etib keladi, matbuot anjumanini ikkita telekanal jonli ravishdga efirga uzatadi. 


"O'zbekistonga kelganimdan juda ham xursandman. O'zbekiston terma jamoasi o'z oldiga yuqori maqsadlar qo'ymoqda. Jurnalistlar albatta menga ko'plab savollar tayyorlab qo'yishgani aniq. Biz uzoq yo'lning boshida turibmiz. Barchamiz bir maqsad  yo'lida birlashib O'zbekiston terma jamoasi uchun eng yaxshi natijaga erishishga harakat qilamiz.

Meni erta tongda ajoyib tarzda kutib olishdi. O'zbekistonga kelishimda O'FA rahbariyati va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ham o'rni katta bo'ldi. Buyog'iga barchamiz birlashib, bir maqsad yo'lida eng shimarib ishlaymiz. Barchasi uchun katta rahmat", - deydi Ektor Kuper. 

- O'zbekiston terma jamoasidagi birinchi qadamlaringiz qanday bo'ladi?
- Avvalo tanishuv. O'zbekiston terma jamoasi katta bir oilaga aylanishi lozim. Men doimo optimistik ruhda bo'lishim uchun o'zaro hamkorlik yaxshi darajada bo'lishi zarur. Yaxshi sharoit evazigagina ko'zlangan maqsadga erishish mumkin. Birinchi navbatda futbolchilar, xodimlar va siz jurnalistlar bilan tanishib olishim kerak. Buning uchun milliy chempionat o'yinlarini kuzatib boramiz. Qaysi futbolchi qanday salohiyatga ega ekanligini albatta chempionat o'yinlari orqali bilib olamiz. Barcha joyda bo'lganidek birinchi qadam tanishuvdan boshlanadi. Asta-sekin, qisqa va ishonchli qadamlar bilan maqsad sari odimlaymiz. Qisqa vaqt ichida mo'jizalar kutish kerak emas. Qaerda ishlagan bo'lsam doim bir narsani takidlaganman,  men oddiygina murabbiyman.

- MOQ rasmiy saytida Umid Ahmadjonov bilan uchrashganingiz haqida xabarda O'FA Birinchi vice-prezidenti sizni oldingizga Tokio-2020 va JCH-2022ga chiqish vazifalari qo'yilgani haqida aytgan. Olimpiya terma jamoasini olimpiadaga chiqishiga siz javobgar bo'lasizmi? 

- O'FA bilan 3+1 tizimida shartnoma tuzdik. Yani 3 yillik shartnomani yana bir yilga cho'zish bandi mavjud. Men faqat milliy terma jamoaga javob beraman. Olimpiya terma jamoasini faqat kuzatishim va ularga o'z tavsiyalarimni berishim mumkin. Meni oldimga faqat ikkita maqsad qo'yilgan: Osiyo Kubogi va Jahon chempionati. Olimpiya terma jamoasi natijalariga men javobgar emasman. Hamma murabbiylarning o'z dasturi bo'ladi va shunga qarab ishlashadi. Men ham o'z dasturim bo'yicha faoliyat yuritaman.

Yanvar oyida Osiyo Kubogi bo'ladi. Terma jamoamizdan yaxshi natija kutishimiz mumkinmi? 

Hozir futbolchilar bilan tanishish jarayoni boshlandi. Albatta katta maqsad va ishonch bor. O'zbekiston terma jamoasi bilan ko'zlangan maqsadga erisha olishimga ishonganim uchun ham bu chorlovni qabul qildim. Aks holda bu erga kelmasdim.

- Janob Kuper, doimiy O'zbekistonda yashaysizmi yoki shtabingizdagi yordamchilaringiz orqali futbolchilarni muntazam kuzatib borasizmi? Yoki shtabga mahalliy murabbiylarni jalb qilish orqali buni nazorat qilasizmi?

- Oldingi xorijiy murabbiylar bu erda qanday ishlaganidan xabarim yo'q. Ish bilan Ispaniyaga yoki Argentinaga borib kelishim mumkin. Albatta imkon qadar bu erda ko'proq bo'lishga va o'zbek futbolini o'zim kuzatishga harakat qilaman. SHuningdek, xohlagan murabbiy bilan gaplashishim, maslahatlashishim mumkin. Hozir bu erga o'zimni yordamchilarim, shtabim bilan keldim. Asta-sekinlik bilan o'zimga yoqqan mahalliy mutaxassisni ham shtabga jalb etishim mumkin. Buni hali alohida muhokama qilamiz.

- O'zbekiston terma jamoasi bilan 3+1 tizimida shartnoma tuzdingiz. Maosh va bonus haqida ham malumot bera olasizmi?

Diyor Isametdinov (O'FA xalqaro aloqalar bo'limi) - Buni bosh  murabbiy sir qolishini iltimos qilgan. Berishimiz mumkin bo'lgan malumot shuki, biz Kuper bilan 3 yillik shartnoma imzoladik. Agarda hammasi yaxshi bo'lsa, unda shartnoma yana bir yilga uzaytirilishi ham mumkin.

 - Janob Kuper, siz futbolchilardan kelib chiqib taktika tanlaysizmi yoki malum taktikaga mos futbolchilarni jalb qilasizmi? 

 - Buni hozirdan aniq ayta olmayman. Barchasi futbolchilar bilan tanishib olganimdan so'ng malum bo'ladi. Bazan murabbiy xohlagan taktikaga futbolchilar mos tushmasligi mumkin. Yoki aksincha. SHu boisdan ham hammasi tanishuvdan so'ng oydinlashadi.

- Qanday shartlar bilan Kuper bilan shartnoma uzaytiriladi yoki uzaytirilmaydi. 

Diyor Isametdinov (O'FA xalqaro aloqalar bo'limi) - JCH-2022 saralashi 2021 yil noyabr oyiga qadar bo'lib o'tadi. Tushunarliki, Jahon chempionati yo'llanmasi qo'lga kiritilmagan taqdirda murabbiy bilan xayrlashamiz. Agarda Qatardagi mundialga chiqsak, unda shartnoma uzaytiriladi va Kuperning o'zi jamoani mundialga olib boradi.

Ektor Kuper: - Men natija yaxshi bo'lavermasa ham ishlaydigan murabbiy emasman. Agar natija o'xshamasa, unda o'zim rahbariyatga qo'l beraman va uyga ketaman. Muammo yo'q (kuladi). 

- O'zbekistondan taklif tushganida birinchi xayolingizga kelgan narsa? Umuman qaror qabul qilishdan avval qancha muddat o'yladingiz?

- Taklifni qabul qilishimda ikkita faktor asosiy o'rin tutdi. Biri yaqindagina O'zbekiston yoshlar terma jamoasining qita chempioniga aylangani bo'lsa, ikkinchisi bu jamoa mundial ishtiyoqida yonayotgani. Jahon chempionatiga chiqish chanqog'i kuchliligi uchun ham O'zbekistonni tanladim.

- Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishga vada bera olasizmi?

- Futbolda barcha narsa bo'lishi mumkin. Lekin men O'zbekiston terma jamoasini mundialga olib chiqishga aniq vada bera olmayman. SHuni vada beramanki, bu yo'lda bor bilim va salohiyatimni ishga solaman. Nasib qilsa O'zbekiston mundial chiptasini qo'lga kiritadi.


Narzulla Saydullaev yozib oldi

Reyting: +133   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика