So’nggi yangiliklar

07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  0 04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  6 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  13 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  24 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  3 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  24 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  3 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0

Eksklyuziv. Magometov kubokni nega Zominga olib borganini izohlab berdi Yangiliklar

Eksklyuziv. Magometov kubokni nega Zominga olib borganini izohlab berdi

Malumki, “Bunyodkor” o'zining navbatdagi chempionligini bu safar oxirgi turda nishonladi.
Yani, jamoa 26-turda safarda “So'g'diyona”ni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, o'z tarixida beshinchi bor O'zbekiston chempioni bo'ldi. O'yin yakuniga etgach, “qaldirg'ochlar” shu zahoti bayramni boshlab yuborishdi. Va eng qizig'i, chempionga beriladigan bosh sovrin – kubok o'sha erning o'zida PFL bosh direktori Farhod Magometov tomonidan “bunyodkorchilar”ga taqdim etildi. Natijada Magometovning bu ishi ko'plab etirozlarga sabab bo'ldi. Negaki, hatto oxirgi turda ham uchta jamoada – “Bunyodkor”, “Lokomotiv” va “Nasaf”da chempion bo'lish imkoniyati mavjud bo'lib, sport tamoyillariga ko'ra kimning chempion bo'lishi nomalum edi. Lekin Farhod Magometov chempion kim bo'lishini go'yoki avvaldan bilgandek kubokni Zominga olib bordi va “Bunyodkor” g'alabasi bilan yakun topgan bahsdan so'ng uni jamoa sardori Anvar G'ofurovga topshirdi. Ish yuzasidan O'FF binosiga borganimizda, Farhod Abdualievichdan kubokni Olmaliq yoki Buxoroga emas, balki nega aynan Zominga olib borganini so'radik.

-   Farhod Abdualievich, oliy liganing oxirgi turidan oldin ham chempion nomi nomalum bo'lib, uchta jamoada bosh sovrinni qo'lga kiritish imkoniyati bor edi. Lekin siz xuddi “Bunyodkor” chempion bo'lishini bilgandek, kubokni Zominga olib bordingiz?
-   O'zingiz bilasiz, juda ko'p joylarda o'yin tugashi bilan chempion bo'lgan jamoaga kubok topshiriladi. Men kubokni Zominga olib borganim bilan bundan “Bunyodkor”ning ham, “So'g'diyona”ning ham xabari yo'q edi. Aslida men shu o'yinga komissar etib tayinlangandim va “Bunyodkor” mabodo g'alaba qozonib chempion bo'lsa, kubokni o'yin tugagani zahoti topshiraman deb o'zim bilan olib ketgandim. Bu borada taximinim to'g'ri chiqdi, “Bunyodkor” raqibidan ustun kelib chempionlikni nishonladi, men esa PFL rahbari sifatida ularga kubokni topshirdim. Buning shov-shuv ko'taradigan joyi bo'lmasa kerak.

-   To'g'riku-ya, lekin sizning Olmaliq yo Buxoro bir chetda qolib, aynan Zominga borganingiz ko'pchilikda g'alati fikrni yuzaga keltirdi.
-   Men kubokni Qarshiga ham olib borgandim. Ammo 25-turda “Bunyodkor” “Nasaf”dan mag'lubiyatga uchragani bois muddatidan oldin chempion bo'la olmadi. Keyin esa Jizzaxdagi oxirgi tur o'yiniga komissar etib tayinlanganim uchun aytganimdek, “Bunyodkor” yutib qolsa sovrinni topshiraman deb kubokni ola ketdim. Bor gap shu.

-   Faraz qiling, chempion “Bunyodkor” emas, balki “Lokomotiv” yo “Nasaf” bo'lishi mumkin edi. Bunday paytda qanday yo'l tutardingiz?
-   Bizda kubok bitta. SHunday ekan, bir paytning o'zida uni uchta shaharga olib bora olmaymiz. Agar shu kuni Buxoroda to'p surgan “Lokomotiv” yoki Olmaliqda o'ynagan “Nasaf” chempionlikni qo'lga kiritganida, unda chempionga sovrinni sal keyinroq topshirardik. CHunki men bu paytda “So'g'diyona” – “Bunyodkor” bahsida komissarlik qilayotgandim.

Xayrulla Xoliqov.   
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика