So’nggi yangiliklar

14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  0 13:13"Астон Вилла" "Челси" ва ПСЖ ҳужумчиларини таркибига қўшиб олмоқчи  0 12:51Диего Симеоне: "Атлетико" ўз принципларини ўзгартирмайди"  0 12:30Мурод Бобожонов: "Сўнгги тўрт ўйинда уч гол? Бундан ҳам яхшироғига ҳаракат қиламан"  1 12:12Месси ва Альба бугун нега ўйнамади? Маскерано жавоб берди  2 11:49Фақатгина 3 мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб қила олган  3 11:32Авазбек Ўлмасалиев: "Миллий терма жамоага илк маротаба чақирилганимдан хурсандман"  1 11:16"Тоттенхэм" Мэддисон ўрнига бошқа футболчи топди  1 10:51Бруно Фернандеш "Ал-Иттиҳод" билан яширин учрашув ўтказди. Футболчи йиллик истагини маълум қилган  8 10:20"Барселона" ёзда сотиб олган футболчини Туркия клубига ижарага бермоқчи  1 09:48Флик "Барселона"нинг "Леванте"га қарши ўйинига муносабат билдирди  11 09:18"Ал Иттиҳод" 18 ёшли футболчига 50 миллион евро тўлашга тайёр  0 08:51Модрич А Серия рекордини ўрнатди  2 08:20Артета кечаги учрашувда жароҳат олган етакчилари ҳақида фикр билдирди  1

Edgar Gess: “Buxoro”da mahoratli futbolchilar ko'p emas” Yangiliklar

Edgar Gess: “Buxoro”da mahoratli futbolchilar ko'p emas”

Oliy liganing 13-turidan o'rin olgan “Lokomotiv” - “Buxoro” bahsida maydon egalari 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
O'yindan so'ng “Buxoro” futbol klubi bosh murabbiyi Edgar Gess intervyu berar ekan, raqib kuchli o'yin ko'rsatganini va o'z jamoasi tarkibida mahoratli futbolchilar kamligini aytib o'tdi.

-   O'yin borasida yutqazganimizni tan olaman, - deya so'z boshladi Edgar Yakovlevich. - Biz bir qator xatolarga yo'l qo'ydik va buning oqibatida o'z darvozamizdan to'p o'tkazib yubordik. “Lokomotiv” - kuchli klub, bu jamoa chempionlik uchun kurashyapti. Raqib safida mahoratli ftubolchilar etarlicha topiladi. Bizda esa bunday o'yinchilar ko'p emas. Futbolda tajriba va mahorat katta rol o'ynaydi. Bizga aynan shu narsalar etishmayapti. Buning ustiga raqib ikki bor penalti tepish imkoniga ega bo'ldi. SHogirdlarimga shu ham salbiy tasir ko'rsatdi.

-   “Buxoro”ning ketma-ket g'alabasiz seriyasi sakkiztaga etdi. Bu nima bilan bog'liq?
-   Mana shu o'yinlardan to'rttasini kuchli klublarga qarshi o'tkazdik. “Olmaliq”, “Paxtakor”, “Bunyodkor” va “Lokomotiv”. Bu jamoalarga qarshi to'p tepish oson emas va ularni mag'lubiyatga uchratish qiyin. Biz g'alaba qozona olmayapmiz, lekin durang o'ynayapmiz. Ammo jamoamizda mahoratli o'yinchilar yo'qligi bois sakkiz o'yindan beri zafar qucha olmayapmiz. Qo'l ostimda Ravshan Aslanov, Jamoliddin Ubaydullaev kabi o'tgan yil birinchi ligada o'ynagan futbolchilar bor. Ularga o'zlarini ko'rsatish uchun hali vaqt kerak. Andrey Akopyancga o'xshagan tajribali futbolchilar ham bor, ammo ular hali o'z sport formalariga kirib ulgurishmadi.

-   Siz olib boradigan mashg'ulotlar qanchalik og'ir ekanini bilamiz. “Buxoro”da to'p tepayotgan bazi futbolchilarning aytishicha, o'yinchilarga haddan ziyod yuklamalar berayotgan ekansiz?
-   Bu bo'lmagan gap. Biz ertalab soat sakkizda mashg'ulot o'tkazamiz yoki bo'lmasa kechki mahal ettida shug'ullanyapmiz. Buxoro iqlimida bu yaxshi payt hisoblanadi va bemalol ishlasa bo'ladi.

-   SHunday issiqda kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazishni normal holat deb hisoblaysizmi?
-   Biz ertalab odatda engil mashqlarni bajaramiz. Futbolchilar yuguradi, ko'pincha “kvadrat” o'ynashadi. Asosiy urg'u esa kechki mashg'ulotlarga beriladi. Men shogirdlarimni yugurmayapti deya olmayman. Biz “Lokomotiv”ga qarshi 90 daqiqa tengma-teng o'ynay oldik. Yo'qsa shogirdlarim dastlabki 20 daqiqadan keyin toliqib qolgan bo'lishardi.

-   Edgar Yakovlevich, bu tomonlama siz haqsiz. Lekin oliy liga klublarida futbolchi mashg'ulotdan keyin tiklanishi uchun kerakli vitaminlarni qabul qilmaydi. Futbolchilar mashg'ulotdan nolishayotgani yo'q, balki vitaminizaciya bo'yicha etiroz bildirishmoqda.
-   Vitaminizaciya bizning klubda joyida. Bizda futbolchilarni doim nazorat qilib boradigan shifokor ham, kardiograf ham bor. Biz har oy futbolchilarni tibbiy tekshiruvdan o'tkazib turamiz.

-   Birinchi davra yakuniga etdi. Tarkibda o'zgarishlar bo'ladimi?
-   O'zgarishlar bo'ladi, faqat bu haqda keyinroq malumot beramiz. Rahbariyat jamoamiz oldiga sakkiztalikka kirishni vazifa qilib qo'ygan va buning uchun oxirigacha kurashamiz.

X.Xoliqov yozib oldi.  
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика