So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  2 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  18 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  6 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Edgar Gess: "Bugun "Buxoro" jangga chiqqanday bo'ldi" Yangiliklar

Edgar Gess: "Bugun "Buxoro" jangga chiqqanday bo'ldi"

Teglar :  BuxoroAndijonGess
“Buxoro”-“Andijon” (2:1) uchrashuvi yakunlanganidan so'ng jurnalistlar va murabbiylar ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Anjumanning dastlabki qismida mehmonlar bosh murabbiyi Edgar Gess ishtirok etdi.

“Bugungi o'yin juda qiziqarli bo'ldi. Har ikkala jamoada ham etarlicha imkoniyatlar bo'ldi. Birinchi bo'limda biz ancha ehtiyotkorona o'yin namoish qildik. Ikkinchi bo'limda biz 3 ta hujumchi bilan o'ynashga majbur bo'ldik. SHu sababli juda xavfli qarshi hujumlarni o'tkazib yuboraverdik. Baxtimizga raqiblarimiz ulardan foydalana olishmadi.

Biz birinchi davrada o'ynagan 7-8 nafar futbolchilar xizmatidan foydalana olmayapmiz. Vuyovich tibbiy ko'rikdan o'ta olmadi, bazilari diskvalifikaciyani o'tashyapti, qolganlari jarohatlangan. Ularni qo'shib aytadigan bo'lsam, jamoamiz yomon emas.

Bizda hozir omad emas, yaxshi o'yinchilarimiz etishmayapti. Asosiy darvozabonimiz, Moshnyaga har o'yinda gol o'tkazib yuborishi va mag'lubiyatlardan so'ng ruhan tushkunlikka tushgan, shu sababli unga bugun dam olishga imkon berdim va Isoboevga ishonch bildirdim.

Raqib to'g'risida nima deyish mumkin? “Buxoro” ancha shakllangan jamoaga aylanmoqda. Ular astoydil harakat qilishmoqda. Har bir uchrashuvga so'nggi jangga chiqayotganday tayyorlanishmoqda. Ularning boshqa imkoniyatlari ham yo'q. Agar bugun xatto durang qayt etishganlaridami, ularni birinchi ligaga ravona bo'lishadi degan bo'lardim. Endi esa vaziyat umuman o'zgarib ketdi. Bugun “Buxoro” jangga chiqqanday bo'ldi va borini berib o'ynadi. Ikkinchi gollari ayniqsa juda chiroyli bo'ldi va qo'shimcha ruhiy ustunlik ham berdi. O'ylashimcha, birinchi davrada agar ochkolari ko'kka sovurilmaganda, hozir “Buxoro” ancha yuqori o'rinlarga davogarlik kilishi ham mumkin edi”-deya anjumanni yakunladi Gess.

"Buxoro" PFK matbuot kotibi Aziz Salixov yozib oldi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика