Edgar Gess: "Akopyanc o'z imkoniyati darajasidan past o'yin namoyish etdi"
06 apr 2014 22:42
Yangiliklar

Edgar Gess: "Akopyanc o'z imkoniyati darajasidan past o'yin namoyish etdi"
Kechagi “Buxoro” - “Metallurg” (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Edgar Gess jurnalistlar savollariga jovob qaytardi.
- Uchrashuv ancha og'ir kechdi. Ayniqsa birinchi bo'lim juda og'ir tarzda kechdi. Biz ketma-ket ikki marotaba mag'lubiyatga uchradik va shu sababli futbolchilarda mag'lub bo'lish qo'rquvi bor edi. Ular asosan yakka kurashlarda raqib o'yinini buzish bilan dastlabki bo'limni o'tkazishdi. Birinchi navbatda himoyani o'ylashdi. Biz shu sababli darhol ikkita o'zgarishni amalga oshirdik.
Akopyanc bugun o'z imkoniyati darajasidan past o'yin namoyish etdi. Biz deyarli o'n kishi bo'lib o'ynayotgan edik va shu sababli uning o'rniga yosh, buxorolik Ravshan Aslanovni maydonga tushurdim. Ikkinchi bo'lim boshidan Vahobovni maydonga tushurdim va bu tezda o'yin uslubimiz tubdan o'zgarishiga olib keldi. Menimcha, Jumaboev-Akopyanc tandemiga nisbatan Vahobov - Aslanov tandemi ancha muvaffaqiyatli chiqdi. Ikkala golimiz ham ajoyib kombinaciyalardan so'ng kiritildi. Birinchisida aynan zaxiradan tushganlar evaziga bo'ldi. Aslanov birinchi pasidan so'ng Vahobov hisobni ochishi mumkin edi, lekin ikkinchi urinishda yana Aslanov chiroyli tarzda Vaxobovni to'p bilan taminladi va biz hisobni ochdik. Firdavs Asadovning fantastik goliga tarif berib o'tirish shart emas, u hammasini ajoyib tarzda bajardi.
Ikki goldan so'ng futbolchilarimizda yana o'sha qo'rquv, gol o'tkazib yuborish qo'rquvi aniqroq qilib aytganda ular ochiq futbol namoish eta boshlashdi va qarshi hujumni o'tkazib yuborishdan qo'rqishdi va ortga chekinishdi. Natijada biz darvozamizdan to'p olib chiqdik. Penaltida esa bizga ochiqchasiga omad kulib boqdi. Umumiy qilib aytganda ikkinchi bo'limda biz ajoyib o'yadik va haqli g'alabaga erishdik.
- Muxlislarda “Neftchi”ga qarshi uchrashuvdan so'ng ancha iliq taassurot qoldirgan himoyachimiz SHerzod SHaripovning sog'ligi borasida ko'plar savollar bo'lmoqda?
- “Bunyodkor” jamoasiga qarshi o'yinga qadar safga qaytishiga umid qilyapmiz. Hozirgi holatini uch bahoga baholagan bo'lar edim.
- “Buxoro” yaqin kunlarda kubok bahslariga kirishadi. Raqibimiz haqida nima deya olasiz?
- Dastlabki raqibimiz birinchi liga vakili sanaladi. Lekin men bu jamoani hozirdan kuzatuv ostiga olganman. Jamoa yomon emas ekan. Tarkibini ko'plab oliy ligada qatnashgan futbolchilar evaziga kuchaytiganligini yaxshi bilaman.

Fikrlar