Edersonni qo'lga kirita olmagan "Al Nassr" boshqa braziliyalik darvozabon bilan shartnoma imzolashga yaqin
16 iyu 2024 23:01
Yangiliklar
Edersonni qo'lga kirita olmagan "Al Nassr" boshqa braziliyalik darvozabon bilan shartnoma imzolashga yaqin
Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi yangi mavsum oldidan darvoza poziciyasini kuchaytirishga astoydil bel bog'lagan.
Arab jamoasi "Manchester Siti"ning braziliyalik darvozaboni Edersonga jiddiy qiziqish bildirgandi, biroq ingliz klubi bilan transfer summasi borasida kelisha olmayapti.
Manbaning xabariga ko'ra, muzokaralardan umid uzgan "Al Nassr" klubi rahbariyati Braziliyaning "Atletiko Paranaense" jamoasi bilan darvozabon Bentoni tarkibga qo'shib olish borasida yakuniy kelishuvga erishgan. Transfer bir necha kun ichida elon qilinishi kutilmoqda.
Bento "Atletiko Paranaense" safida yakunlangan mavsum 26 o'yinda o'z darvozasidan 16 gol o'tkazib yubordi va 13 uchrashuvda darvozasi daxslisligini saqlab qoldi.
O’xshash yangiliklar
00:32
Akmal Mozgovoy: "Bir kishi kam bo'lsakda oxirigacha turdik, penaltilar seriyasida omadimiz keldi" 4
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar