So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  15 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  19 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

ECHL. Tolibjon Qosimov: "Bugun "Real" va PSJ ustunlikka ega bo'ladi" Yangiliklar

ECHL. Tolibjon Qosimov: "Bugun "Real" va PSJ ustunlikka ega bo'ladi"

Tunda Evropa chempionlar ligasi chorak finali doirasidagi ikki o'yin bo'lib o'tadi.
Saytimiz xodimi Tolibjon Qosimov "Real" - "Borussiya" va PSJ - "CHelsi" uchrashuvidan oldin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Tolibjon Qosimov:

"Real" - "Borussiya"
Bu jamoalarning chorak finalda o'zaro to'qnash kelishi malum bo'lgandayoq hammaning ko'z oldiga o'tgan mavsumdagi yarim final kelgandi. O'shanda madridliklar ustunroqdek tuyulgandi, ammo hammasi umuman boshqacha tus olgandi. Hozir ham "Qirollik klubi"ga favorit sifatida qaralmoqda, bunga asoslar etarli. Eng avvalo, o'tgan yili butun boshli "Real"ni bir o'zi tiz cho'ktirgan Robert Levandovski bugungi o'yinni o'tkazib yuboradi. Bundan tashqari, mehmonlar safida o'tgan yil "Real"ga qarshi o'ynaganlarning yarmidan ham ko'prog'i bugun o'ynamaydi.

"Real" bu mavsum ECHLdagi raqiblarini gollar shodasi bilan siylab kelmoqda. "Borussiya" esa avvalgi yildagi kabi kuchli ko'rinmayapti.

Bu uchrashuvga qadar mehmonlar tarkibida Marko Roys ajoyib formaga kirib olgan bo'lsa, mezbonlardan Ronaldu va Beyl istalgan himoya qo'rg'onini buzib o'ta oladigan darajada.

Bugungi uchrashuvda "Borussiya" tarkibidagi yo'qotishlarni va "Real"ning yaxshi formada ekanligini inobatga olib, mezbonlarni o'yinda ham, natijada ham ustunlik qilishadi deb ayta olamiz.

PSJ - "CHelsi"
Bu juftlikdagi baxs qolganlaridan qiziqarlilik bobida aslo qolishmaydi. "CHelsi"ning himoyasi eng kuchlilardan biri, yarim himoya ham istalgan raqibni cho'chita oladigan darajada kuchli. Hatto, murabbiy borasida ham Mourino Loran Blandan ancha tajribali va kuchli. Lekin, parijliklarda daxshatli qurol bor. Bu Ibragimovich-Kavani hujum tandemi. Bu ikki hujumchi istalgan qo'rg'onni yorib o'ta oladi. Zlatanning zargarona va jozibador zarbalariga mana man degan himoyachi va darvozabonlar ham to'sqinlik qila olishmaydi.

Londonliklar bugun himoyadan o'ynashga harakat qilishadi. Tezkor qarshi hujumlarda esa Azar va Oskar asosiy ishni bajarishadi. Parijliklar esa maydonning istalgan qismidan xavf solishlari mumkin. Moura, Matyuidi, Kabay kabi yarim himoyachilar butun maydon bo'ylab kombinaciyalar uyushtirishadi. Ularni yakunlashni esa yuqoridagi ikki tandem maromida bajaradi.

Bugungi o'yinda PSJ mezbon ekanligi va Ibragimovich o'zining eng yaxshi formasidaligini inobatga olib, parijliklarni kichik ustunlikka ega bo'lishlarini taxmin qilish mumkin. Londonliklar esa nimchorak finalda bo'lgani kabi barcha masalani o'z uylarida hal qilishga urinishadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика