ECHL. "Tobol" musobaqani tark etdi, Sergeev gol urdi
14 iyu 2022 00:58
Yangiliklar
ECHL. "Tobol" musobaqani tark etdi, Sergeev gol urdi
Eslatib o'tamiz, mazkur qarama-qarshilikning ilk to'qnashuvida hisob ochilmagandi. Vengriyada o'tgan javob bahsida esa mezbonlar dastlabki 21 daqiqada uchta to'p kiritib, keyingi bosqich masalasini deyarli hal qilib qo'ydi. Tobol"ning o'zbekistonlik hujumchisi Igor Sergeev 23-daqiqada hisobni qisqartirganiga qaramay, mezbonlar ustunlikni qo'ldan boy berishmadi hamda ikkinchi bo'limda yana ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qilishdi. Yakuniy hisob — 5:1, "Ferencvarosh" foydasiga. Vengriya klubi ikkinchi bosqichga yo'l oldi, "Tobol" esa musobaqa bilan xayrlashdi. Hamyurtimiz Igor Sergeev boshlang'ich tarkibda maydonga tushirildi va 75-daqiqada zaxiraga olindi.
"Ferencvarosh" – "Tobol" 5:1 (3:1, 2:0)
Gollar: 1:0 – 4 Traore, 2:0 – 17 Traore, 3:0 – 21 Laiduni, 3:1 – 23 Sergeev, 4:1 – 74 Bassi, 5:1 – 90 Bassi.
Ferencvarosh – Dibus, Kovachevich (Knuster, 83), CHivich, Mmae, Uingo, Esiti (Lonchar, 75), Sakariassen (Merse, 83), Laiduni, Ngen (Auski, 68), Boli (Bassi, 69), Traore.
Tobol – Tomashevich, Malyy, Mokin, Amanovich, Kairov, Toshich (Jaksylykov, 78), Brijidu (Vukadinovich, 75), Tagybergen, Yovanchich, Jarynbetov (Mujikov, 68), Sergeev (Deble, 75).
Ogohlantirishlar: Kovachevich (56), Mujikov (78).
CHetlatish: Mujikov (81).
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Fikrlar