"Real", MYUdan yirik g'alaba, "Siti"dan sensacion mag'lubiyat, Ronaldudan qizil: ECHLning 1-turi yakunlandi
20 sen 2018 01:57
Yangiliklar
"Real", MYUdan yirik g'alaba, "Siti"dan sensacion mag'lubiyat, Ronaldudan qizil: ECHLning 1-turi yakunlandi
Uchrashuvlarning hisobini ushbu sahifa orqali onlayn tarzda kuzatib boring:
"Bavariya" uchrashuvni katta ustunlik bilan o'tkazdi. Myunxenliklar bahsda tezkor gol kiritib olishdi. Robert Levandovskining golidan keyin "Bavariya" anchagina xotirjam o'ynab, raqibini mag'lub eta oldi.
Benfica |
Champions League Grp. E . 1-tur 20/09/2018, 00:00 2
:
0
Tugadi
|
Bayern Munich Robert Lewandowski - 10', Renato Sanches - 54' |
Stadion: Estadio da Luz, 60274 tomoshabin
Bosh hakam: Antonio Mateu
"Siti"ning mag'lubiyatini kutilmagan desa bo'ladi. Jamoa o'z maydonida yaxshi o'yin ko'rsatgan bo'lsa-da, g'alabani o'z tomoniga og'dira bilmadi. Korne va Fekirning gollariga "shaharliklar" tarkibidan Bernardu Silva javob qaytara oldi.
Manchester City Bernardo Silva - 67' |
Champions League Grp. F . 1-tur 20/09/2018, 00:00 2
:
1
Tugadi
|
Lyon Maxwel Cornet - 26', Nabil Fekir - 43' |
Stadion: Etihad Stadium, 40111 tomoshabin
Bosh hakam: Daniele Orsato
Xulen Lopetegi o'z jamoasini anchagina kuchaytirib olgani ko'rindi. "Real" anchagina bosiqlik bilan harakat qildi. "Roma" Isko, Beyl va Diasning gollariga javob bera olmadi. "Qirollik klubi" futbolchilari ko'plab vaziyatlardan foydalana olishmadi.
Real Madrid Isco - 45', Gareth Bale - 58', Mariano Diaz - 90' |
Champions League Grp. G . 1-tur 20/09/2018, 00:00 0
:
3
Tugadi
|
Roma |
Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 69251 tomoshabin
Bosh hakam: Bjorn Kuipers
Bu bahsning g'olibini oldindan aytib bo'lmasdi. "Viktoriya" va CSKAning kuchini teng deb baholangandi. Mezbonlar dastlabki bo'limda ikki gol urib olgandi. Ammo ikkinchi taymda shuncha gol qo'yib yuborishdi. CSKA safardan bir ochko bilan qaytadigan bo'ldi.
Viktoria Plzen Michael Krmencik - 29', Michael Krmencik - 41' |
Champions League Grp. G . 1-tur 20/09/2018, 00:00 2
:
2
Tugadi
|
CSKA Moscow Fedor Chalov - 49', Nikola Vlasic - 90' |
Stadion: Doosan Arena Plzen, 11312 tomoshabin
Bosh hakam: Benoit Bastien
Uchrashuvning 29-daqiqasida "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu qizil kartochka oldi. SHunday bo'lsa-da, "Yuventus" raqibidan har jabhada ustunlik qildi va 2 gol kiritib, g'oliblikni tantana qildi. Uchrashuvning so'nggi daqiqasida Voycex SHensni penaltini qaytardi va jamoasining "quruq" o'yin o'tkazishida o'z hissasini qo'shdi.
Valencia |
Champions League Grp. H . 1-tur 20/09/2018, 00:00 2
:
0
Tugadi
|
Juventus Miralem Pjanic - 45', Miralem Pjanic - 51' |
Stadion: Estadio Mestalla, 46067 tomoshabin
Bosh hakam: Felix Brych
Joze Mourino boshchiligidagi "Yunayted" bu o'yinning favoriti edi. Bu o'yinda MYU "avtobus" qo'ymadi va hujumkor o'yin namoyish qilib, g'oliblikka erishdi. Uchrashuvda dubl qayd etgan Pogba, bir golga assistentlik qildi.
Young Boys |
Champions League Grp. H . 1-tur 20/09/2018, 00:00 3
:
0
Tugadi
|
Manchester United Paul Pogba - 35', Paul Pogba - 44', Anthony Martial - 66' |
Stadion: Stade de Suisse Wankdorf, 31120 tomoshabin
Bosh hakam: Deniz Aytekin
Fikrlar