So’nggi yangiliklar

07:36Модричнинг "Реал Мадрид"даги келажаги маълум  0 01:40Миллатлар лигаси. Австриядан 5:1, Грециядан ғалаба ва Фарер ороллари — Латвия ўйинида дуранг  1 01:12Коке "Атлетико"нинг 2014 йилги чемпионлиги ҳақида: "Ўзимни FIFA ўйинидаман деб ўйладим. Ўшанда "Барселона"да Месси, "Реал"да эса Роналду бор эди, даражани ўзингиз бир тасаввур қилиб кўринг"  3 00:50Биласизми? БАА терма жамоаси футболчиси Ўзбекистонга келса қамоққа олиниши мумкин   12 00:18БАА Тошкентга тўртта йўқотиш билан келди  6 23:21Терзич "Манчестер Юнайтед" бош мураббийига айланиши мумкин  2 22:58Миллатлар лигаси. Англия, Мальта ва Шимолий Македониядан ғалаба, Лихтенштейн — Гибралтар ўйинида нурсиз дуранг  0 22:40Балотелли А Серия клубига ўтишга яқин  0 22:12Эшитдик-да! Ўзбекистон Лаосга чартер рейсда бориб келади  7 21:59ЖЧ-2026 саралаши. БАА Тошкентга тўлиқ бизнес класслик самолётда учиб келди  8 21:26Салоҳ муддатидан олдин Миср терма жамоасидан "Ливерпуль"га қайтади. Нега?  2 20:34Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 20:14Ўзбекистон U-20 терма жамоаси 89-дақиқада урилган гол эвазига Аргентина билан иккинчи ўйинда дуранг қайд этди  10 20:05Миллатлар лигаси. Қозоғистон ўз майдонида Словенияга мағлуб бўлди  13 20:02Назорат учрашуви. "Локомотив" ва "Олимпик" ўзаро дуранг ўйнади  0

ECHL. "Real Madrid" Vinisius va Rodrigoning gollari evaziga "SHaxter"ni mag'lub qildi Yangiliklar

ECHL. "Real Madrid" Vinisius va Rodrigoning gollari evaziga "SHaxter"ni mag'lub qildi

ECHL uchinchi turidan o'rin olgan "Real Madrid" – "SHaxter" uchrashuvi yakunlandi va unda "Real" g'alaba qozondi.


YANGILASH

90-daqiqa. O'yin tugadi!

75-daqiqa. O'zgarish! Orelen Tchuameni o'rnini Edu Kamavingaga bo'shatib berdi.  

74-daqiqa. Kroosga nisbatan fol. Biroq mehmonlar azosi bu fikrga butkul qo'shilmayapti. Jarima zarbasi.  

67-daqiqa. O'zgarishlar! Maryan SHved va Aleksandr Zubkov o'rniga Ivan Petryak hamda Daniil Sikan maydonga tushdi. 

64-daqiqa. Himoyachi Benzemaning oyoqlari ostidan tepib yuborgan to'p Vinisiusga kelib tushdi, ammo braziliyalik qulay imkoniyatdan darvozani aniq nishonga ola bilmadi.  

61-daqiqa. Maydon markaziga yaqin hududda to'p uchun jiddiy kurash kechmoqda.  

57-daqiqa. Toni Kroos burchakdan sheriklariga uzatgan to'pni himoyachilar qaytarishga erishdi. Ammo to'p bilan hamon "Real".  

David Alabadan uzatma va Rodrigo bosh bilan zarba berdi, lekin urinishi ko'nglidagidek chiqmadi. 

55-daqiqa. Ogohlantirish! Vinisiusdan yana fint va Valeriy Bondar uni qo'pollik bilan to'xtatib qo'ya qoldi.  

53-daqiqa. Mixail Mudrik qanotidan katta tezlikda oldinga o'tib ketdi va Dani Karvaxal unga qarshilik qila olmay qoldi. Lekin ukrainalik futbolchi zarba berishni cho'zib yubordi va qolgan himoyachilar hamda Kurtua xavfni bartaraf etishdi.  

52-daqiqa. Anatoliy Trubin Valverdening kuchli va muhimi aniq zarbasini qaytarishga muvaffaq bo'ldi.  

48-daqiqa. Ferlan Mendining havodan uzatgan to'pini Vinisius boshi bilan darvoza tomon yo'lladi.

47-daqiqa. Uzatmadan keyin to'p qarama-qarshi qanotdagi Karvaxal orqali Kroosga etib keldi, Tonining uzatgan to'pini Militao boshi bilan darvozaga yo'llashga urinib ko'rdi, noaniq.  

Mezbonlar darhol oldinga otilishdi va burchak zarbasi ishlab olishdi.

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim start oldi! 

Bo'ldi, o'sha qo'shib berilgan daqiqa hech bir jamoa chinakamiga xavfli vaziyat yaratib ulgurmadi va hakam bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi.  

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berildi.  

44-daqiqa. "Real"ning yana bir hujumi, Benzema zarba berdi va Trubin bu safar ham franciyalikning urinishini ishonch bilan qarshi oldi.  

42-daqiqa. Mehmonlar bo'lim oxiriga kelib ancha faollashib qolishdi. Jamoaning navbatdagi urinishi burchak zarbasi bilan yakunlandi. 


39-daqiqa. GOOOOOOL! Ajoyib gol. Zubkov "qaychi" uslubida to'pni Andrey Lunin qo'riqlayotgan darvozaga yo'llab, oradagi farqni qisqartirmoqda.    

38-daqiqa. Vinisiusda yana bir imkoniyat. Biroq bu safar Vinni to'pni darvozaga aniq yo'llay olmadi.  

36-daqiqa. Mixail Mudrik jamoasining uchrashuvdagi birinchi aniq zarbasini amalga oshirdi, lekin u Luninga muammo tug'dirmadi.  

28-daqiqa. GOOOOOOL! Vinisius! Bu safar kombinaciyani Vinsius Junior aniq zarba bilan yakunladi va Trubin bu safar ham jamoasini qutqara olmadi. 

25-daqiqa. Valverdening faolligi va uzatmasidan keyin Benzemada imkoniyat bo'ldi, lekin Karimning zarbasini Trubin tashlanib, qaytarishga muvaffaq bo'ldi.  

24-daqiqa. "Real" futolchilarining o'zi zerikib qolgan Luninga to'pni qaytarishdi.   

19-daqiqa. Vau, Vinisiusning bu harakatlarini shunchaki ko'rish va zavq olish zarur!

16-daqiqa. "SHaxter" raqib darvozasigacha etib borishga qiynalmoqda.  

Hisobda oldinga chiqib olgan bo'lsada, "Real" bosimni davom ettirmoqda.   

13-daqiqa. GOOOOOL! Rodrigoga farqi yo'q. U raqibd futbolchilari bilan ham "devor" uslubida o'ynab yuboraveradi. 

11-daqiqa. Mudrik qanotdan qochib ketishga urindi va bir qarashda Karvaxalni ortda qoldirgandi, ammo Lunin barchasini nazorat qilib turgandi. 

10-daqiqa. Bir hujumning o'zida mezbonlar bir necha bor zarba berishga imkon topishdi. Oxirgisini Valverde berdi, ammo to'p to'g'ri darvozabon turgan nuqtaga yo'naldi.   

5-daqiqa. "SHaxter" mezbonlarning ilk daqiqalardagi bosimidan chiqib ketishga urinmoqda. Hozirgi vaziyatda mehmonlar buni ajoyib tarzda uddalashdi va to'pni ham saqlab qola bilishdi.   

2-daqiqa. Burchak zarbasidan keyin Tchuamenining bosh bilan bergan zarbasi qovushmadi.  

Birinchi xavfli vaziyat kutilganidek mehmonlar darvozasi oldida yuzaga keldi. Benzemaga tashlangan to'pni himoyachi qiyinchilik bilan bo'lsada, maydon tashqarisiga tepib yubordi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi!

Barchasi o'yin boshlanishiga tayyor!

O'yin oldi rasmiyatchiliklar bo'lib o'tmoqda. Jamoalar maydon markazining ikki tomoni saf tortishdi va hayotdan ko'z yumgan insonlar xotirasiga hurmat bildirib, 1 daqiqa sukut saqlandi. 


Real Madrid

Rodrygo - 13', Vinicius Junior - 28'

Champions League Grp. F . 3-tur

06/10/2022, 00:00

1
:
2
Tugadi

Shakhtar Donetsk

Oleksandr Zubkov - 39'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 56011 tomoshabin

Bosh hakam: Ivan Kruzliak

45'
90'
13'  Rodrygo
28'  Vinicius Junior
28'  Rodrygo
75'  Aurelien Tchouameni (Eduardo Camavinga)
80'  Rodrygo (Marco Asensio)
39'  Oleksandr Zubkov
39'  Bogdan Mykhaylychenko
55'  Valeriy Bondar
67'  Maryan Shved (Ivan Petryak)
67'  Oleksandr Zubkov (Danylo Sikan)
88'  Georgiy Sudakov (Neven Djurasek)
88'  Taras Stepanenko (Lassina Traore)
90'  Mykhaylo Mudryk

"Real Madrid" – "SHaxter"
5 oktyabr, 23:59, «Santyago Bernabeu»

"Real Madrid" – Lunin, Karvaxal, Alaba, Militao, Mendi, Kroos, Valverde, Tchuameni, Benzema, Vinisius Junior, Rodrigo.

"SHaxter" – Trubin, Mixaylichenko, Matvienko, Bondar, Konoplya, Mudrik, Stepanenko, Sudakov, Bondarenko, SHved, Zubkov.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика