So’nggi yangiliklar

08:58"Арсенал"нинг яна бир етакчиси терма жамоада жароҳат олди  0 08:20Sofascore. Кечаги учрашувда Ўзбекистон терма жамоаси аъзолари неча баҳо олди?  6 07:47Ёшларимиз бугун Аргентинага қарши баҳс олиб боради  1 07:16ЖЧ-2026 саралаш. Бразилия қийин ғалабага эришди, Аргентина эса...  0 01:59Миллатлар лигаси. Англия она диёрида мағлуб қилинди ва бошқа натижалар  6 01:28Алиризо Жаҳонбахш: "Жамоалар ва индивидуал маҳорат ўртасида катта фарқ бор"  29 01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  24 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  16 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  19 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  81 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  32 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  28

Madridda chiroyli gollar shousi. "Real" va "Manchester Siti" bir-biriga 3tadan gol urdi Yangiliklar

Madridda chiroyli gollar shousi. "Real" va "Manchester Siti" bir-biriga 3tadan gol urdi

Bugun Evropa CHempionlar ligasida 1/4 finalidan o'rin olgan ikkita o'yin bo'lib o'tdi.

Madridda "Real" jamoasi "Manchester Siti"ni qabul qildi. Dahshatli tarzda o'tgan uchrashuvda 3:3 hisobidagi jangovar durang natija qayd etildi. Barchasi "Etixat stedium"da hal bo'ladi.

Real Madrid

Ruben Dias - 12', Rodrygo - 14', Federico Valverde - 79'

Champions League Final Stage . Quarter Finals-tur

10/04/2024, 00:00

3
:
3
Tugadi

Manchester City

Bernardo Silva - 2', Phil Foden - 66', Josko Gvardiol - 71'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 76680 tomoshabin

Bosh hakam: Francois Letexier

45'
90'
1'  Aurelien Tchouameni
12'  Ruben Dias
14'  Rodrygo
14'  Vinicius Junior
71'  Rodrygo (Brahim Diaz)
71'  Toni Kroos (Luka Modric)
79'  Federico Valverde
79'  Vinicius Junior
81'  Daniel Carvajal
86'  Vinicius Junior (Joselu)
2'  Bernardo Silva
37'  Manuel Akanji
66'  Phil Foden
66'  John Stones
71'  Josko Gvardiol
71'  Jack Grealish
87'  Phil Foden (Julian Alvarez)
88'  Bernardo Silva

ECHL

1/4 final, 09.04.2024

"Santyago Bernabeu", Madrid

"Real Madrid" — "Manchester Siti" 3:3

Gollar: R.Diash (avtogol) 12, Rodrigo (V.Junior) 14, F.Valverde (V.Junior) 79 - B.Silva 2, F.Foden (J.Stounz) 66, Y.Gvardiol (J.Grilish) 71

Bosh hakam: Frankois Letekser

"Real Madrid": Lunin, Karvaxal, Ryudiger, Tchuameni, Mendi, Valverde, Kroos (Luka Modrich, 72), Kamavinga, Bellingem, Vinisius Junior (Xoselu, 86), Rodrigo (Braim Dias, 71).

"Manchester Siti": Ortega, Akandji, Stounz, Ruben Diash, Gvardiol, Kovachich, Grilish, Bernardu Silva, Rodri, Foden (Xulian Alvares, 87), Xoland.

Ogohlantirishlar: O.Tchuameni 1, D.Karvaxal 81 - M.Akandji 37, B.Silva 88

YANGILASH

MATNLI TRANSLYACIYA


O'yin yakunlandi. Super bellashuv uchun har ikkala jamoaga ham rahmat.

Uchrashuv asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

90 - Karvaxalning chap oyoqdagi zarbasi noaniq ketdi.

88 - Braim Diasni to'xtatib qolgani uchun Bernarduga sariq kartochka ko'rsatildi.

87 - Kichik jarohat olgan Foden o'rniga Xulian Alvares tushirildi.

86 - Vinisius o'rniga Xoselu tushdi.

81 - Hakamga keskin etiroz uchun dani karvaxal ogohlantirildi.

79 - GOOOOOLLL! Vinidan navbatdagi assist va Fede Valverdedan supergol! Bugun chiroyli gollar ko'radigan kunimiz ekan - 3:3. To'p Fedening oyog'iga tushsa darvozabonlarga havas qilib bo'lmaydi.

Bugun "Man Siti" uchchala golini ham jarima maydonchasi tashqarisidan kiritdi.

71 - GOOOOOLLL! "Man Siti" futbolchilaridan yana bir fantastik gol. Yoshko Gvardiol Gvardiolani hursand qiladigan golni urmoqda. Mehmonlar 5 daqiqa ichida mag'lubiyatni g'alabaga aylantirishmoqda. Endi hujumlar qilish va gol urish navbati "Real"gami?

66 - GOOOOOLLL! Dahshatli formada bo'lib turgan va APLni yondirayotgan Fil Fodendan supergol! Barakalla! Bizga intrigali o'yin kerak. Stounzdan assist. Foden bugungi kunni bezab beradigan gol urdi - 2:2.

64 - Erling Xoland ketma-ket ikki epizodda Vinidan to'pni olib qo'ydi) Bunaqasiniyam ko'rdik bugun mana.

62 - Fede Valverdening zarbasi qo'shni hovliga ketib qoldi.


Ikki ajoyib murabbiy.


60 - Zarbaaa, Bernarduning navbatdagi kutilmagan va aniq zarbasini Lunin qiyinchilik bilan qaytarib yubordi.

59 - Fodenning zarbasi to'g'ri Luninning qo'llariga bordi.

57 - Kamavinga to'pni Bernarduning kichkinagina oyoqlari orasidan olib o'tdi)

56 - Zarbaaa, Rodrigoning pasidan keyin Vini zarba poziciyasiga chiqib bordi va kuchli, ammo sal noaniq zarba berdi.

55 - Grilishning jarimadan uzatgan to'piga Rodri bosh bilan zarba berdi, biroz noaniq.

53 - Zarbaaa, Rodrining qo'pol xatosidan keyin Jud Bellingem qulay poziciyaga chiqib bordi va salgina noaniq zarba berdi.

50 - Vini Grilishni yiqitdi. Siti jarima zarbasini ijro etadi.

49 - Grilishning kuchli zarbasi ancha noaniq ketdi.

2-bo'limga start berildi. Yana kamida 45 daqiqa futboldan zavq olamiz.


"Real" muxlislari tomonidan o'yindan oldidan tayyorlangan performans.


Dastlabki 45 daqiqalik yakunlandi. Biroz tin olamiz, choy, kofe degandek ichib olamiz, mevalarni paqqos tushiramiz va ikkinchi bo'limda qaytamiz.

Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

42 - Zarbaa, mezbonlar bu safar ham qarshi hujumini zarba bilan tugatmoqda. Vinining urinishidan keyin Ortega to'pni ushlab oldi.

39 - Fodenning zarbasi noaniq ketdi.

37 - Sariq, Vinisiusni yiqitgani uchun Akandji ogohlantirildi.

33 - Zarbaaa, Vinisiusning pasidan keyin Rodrigo juda kuchli zarba berdi, biroz noaniq ketdi. "Real"rning deyarli har bir qarshi hujumi juda xavfli tus olmoqda.

31 - Zarba, Karvaxalning pasidan keyin Rodrigoning zarbasini Ortega ushlab oldi.


Rodrigo nozik va aqlli zarba ijro etgan vaziyat.


23 - Bernardu Vinisiusdan to'pni olib qo'ydi. Vini o'ziga o'xshamayapti, hozircha.

19 - Fede Valverdening chap oyoqda yo'llagan zarbasini Ortega ushlab oldi.

O'yindan oldin salgina uyqu bosayotgan edi, endi esa uyqularim o'chib ketdi. Sizda ham shunday bo'lgandir-a)

14 - GOOOOOLLL! "Real" nimalar qilmoqda??? 2 daqiqa ichida ikkita gol va mezbonlar endi hisobda oldinga chiqib olishdi. Rodrigodan gol, Vinisiusdan esa ajoyib assist.

12 - GOOOOOLLL! Kamavinga muvozanatni tiklamoqda. Gigantlar jangida gollar davom etadi. Kamavinganing zarbasi yo'l-yo'lakay Ruben Diashga tegib darvozadan joy oldi.

Darvoqe, oxirgi kunlarda "Barselona" yana "Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silvani sotib olmoqchi ekanligi haqida xabarlar urchidi. Mana Bernardu o'zini kataloniyaliklarga ko'z-ko'z qilmoqda.

7 - Avval Xoland, keyin Girilish zarba berdi. Zarbalar qaytarilgach "Real" qarshi hujumga qochishga urindi. O'yin tempi dahshatli darajada, mana buni futbol desa bo'ladi. Uhlab qolgan do'stingizni uyg'otib yuboring, Ertalab hayit namozigacha super o'yinni ko'rib olishadi.

6 - "Real" oldinga o'tmoqda, uyda yutqazish ularga yarashmaydida.

2 - GOOOOOLLL! Bernardu Silva jarima zarbasidan hisobni ochmoqda. Qoyil! Hamma to'p jarima maydonchasiga uzatilishini kutganda Bernardu to'pni yaqin burchakka aqlli zarba bilan joylab qo'ya qoldi. Aytdimku o'yin juda tez boshlandi deb.

1 - O'yin juda tez boshlandi. Vinisius oldinga o'tdi, javob hujumda esa Tchuameni Grilishni yiqitgani uchun 36-soniyadayoq sariq kartochka oldi.

1 - Uchrashuvni mehmonlar boshlab berishdi. Super o'yinga tayyormisiz? Kettik.

- Bugun ikki daho murabbiy bir-biriga qarshi. Gvardiola va Anchelotti to'qnashuvi. "Real" va "Siti" bugun ECHLda ketma-ket uchinchi yil o'zaro to'qnash kelmoqda. Oldingi ikki yil har ikki tomon bir martadan ustun kelishgan. Bugun o'zbekchasiga aytganda "uchinchisi halol". Oldingi ikki mavsum bular o'rtasida ustun kelgan jamoa yakunda CHempionlar ligasini yutgan.

- O'sha mashhur ECHL gimni yangradi, jamoalar o'yinoldi rasmiy tadbirlarni o'tkazishmoqda.

- Bugun CHempionlar ligasida finaldan oldingi finalning dastlabkisi bo'lib o'tadi. Gega o'yin!

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика