So’nggi yangiliklar

00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  0 00:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 3:2 (матнли трансляция)   270 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  5 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  4 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  4 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  18

ECHL. Prevyu: “Borussiya” – “Zenit” Yangiliklar

ECHL. Prevyu: “Borussiya” – “Zenit”

Sankt-peterburgdagi o'yinda ko'p masalaga oydinlik kiritilgan qarama-qarshilikning ikkinchi qismi oldidan...
Umuman olganda, “Borussiya” “Zenit” maydonida bo'lib o'tgan birinchi o'yindayoq keyingi bosqichga chiqish masalasini hal etib bo'lgan. O'sha o'yin 4:2 hisobida nemislarning g'alabasi bilan tugagani hali yodingizda bo'lsa kerak.



Hozirgi vaqtda dortmundliklar bazan oddiy, yutishi kerak bo'lgan o'yinlarda ham qiyinchilitklarga duch kelayotgan, u qadar barqaror o'yin namoyish eta olmayotgan bo'lishsa-da, uncha kuchli bo'lmagan, yaqindagina murabbiyi almashgan rus klubiga uchta to'p farqi bilan mag'lubiyatga uchrashiga ishonish qiyin. Klopp va uning shogirdlari bunga yo'l qo'ymaydi.

SHanba kuni Germaniya chempionati doirasida Dortmundning “Borussiya”si boshqa bir “Borussiya”ga mag'lub bo'ldi. Biroq bu hali rossiyaliklarning quvonchiga sabab bo'lmay turishi kerak. CHunki “Zenit”ga qarshi birichi o'yin oldidan ham Klopp jamoasi “Gannover”ga 0:3 hisobida mag'lub bo'lgandi. SHundoq ekan so'nggi mag'lubiyat ham hali hech narsadan darak bermaydi.



Butun mavsum davomida bo'lgani kabi, ushbu o'yin oldidan ham “Borussiya” kadrlar borasida etarlicha muammolarga duch kelib turibdi. Masalan, jarohati tufayli ushbu o'yinni Bender hamda Roys o'tkazib yuborishi haqiqatga yaqin. Ular uchun yoqimli xabar ham yo'q emas. Himoya chizig'ining asosiy futbolchilaridan biri Xummels safga qaytdi. U chempionat doirasidagi bir necha o'yinni o'tkazib yuborgan edi.

Zenit hozir o'tish davrini boshdan kechiryapti va bu davr oson kechayotgani yo'q. Klub yaqindagina Luchano Spalettini vazifasidan ozod etildi. Uning o'rniga bosh murabbiy etib taynilangan Andre Villash-Boash esa hali ish boshlashga ulgurmadi. CHempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatsizlikdan tashqari “Zenit” Rossiya chempionatida ham etarlicha muammolarga duch kelyapti. SHundoq ekan, bu o'yin peterburgliklarga o'z xarakterini namoyish etish uchun yaxshi imkoniyat.

Abror Qodirov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика