ECHL. Messi penaltilar bo'yicha Ronalduning rekordini takrorladi
08 dek 2021 08:00
Yangiliklar
ECHL. Messi penaltilar bo'yicha Ronalduning rekordini takrorladi
CHempionlar Ligasi 6-turida PSJ o'z maydonida “Bryugge”ni yirik hisobda (4:1) taslim etdi.
Lionel Messi uchrashuvdagi ikkinchi golini raqib darvozasi tomon belgilangan penaltidan so'ng urdi. Bu argentinalikning musobaqadagi 22-penaltisi bo'ldi va u mazkur ko'rsatkich bo'yicha Krishtianu Ronaldu bilan tenglashib oldi.
Messi 11 metrlik nuqtadan amalga oshirgan zarbalarining 18 tasida adashmagan bo'lsa, 4 tasi noaniq ketgan. Ronalduda esa bu ko'rsatkich: 19 gol hamda uchta muvaffaqiyatsiz urinish.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar