So’nggi yangiliklar

00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  0 00:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 3:2 (матнли трансляция)   240 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  5 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  4 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  4 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  18

ECHL. "Manchester Yunayted" chorak finalda! Yangiliklar

ECHL. "Manchester Yunayted" chorak finalda!

Tunda ECHL 1/8 finali doirasidagi "Manchester Yunayted" - "Olimpiakos" o'yini o'z nihoyasiga etdi.
Dastlabki o'yinda 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchrab, keyingi bosqich yo'llanmasi uchun imkoniyatini pasaytirib yuborgan Moyes shogirdlari o'z irodasi va xarakterini namoysh etib, vaziyatni o'nglay oldi va MYUga xos "kambek"ni amalga oshirib, 3:0 hisobida g'alaba qozondi va chorak finalga yo'l oldi.

O'yindagi barcha gollarni Robin van Persi kiritdi. Jamoa g'alabasiga shuningdek David de Xea va Ueyn Runilar katta hissa qo'yshdi. Evropa CHempionlar Ligasida ushbu mavsumda to'p surayotgan futbolchilar orasida eng yoshi ulug'i Rayan Giggz ham o'zining aniq to'p uzatishlari bilan jamoa g'alabasiga katta hissa qo'shganini alohida takidlash joiz.

Manchester Yunayted (Angliya) – Olimpiakos (Greciya) 3:0
Gollar:
1:0 – 25, penalti van Persi, 2:0 – 45 van Persi, 3:0 – 52 van Persi.
Manchester Yunayted: De Xea, Rafael, Rio Ferdinand, Djons, Evra, Kerrik, Giggz, Valensiya (Eshli Yang, 77), Runi, Uelbek (Fletcher, 82), van Persi (Fellayni, 90).
Olimpiakos: R. Ximenes, Salino (Paulu Mashadu, 74), Manolas, Markano, Xolebas, Ndinga, Manyatis, Ernan Peres (Valdes, 57), Dominges, Fuster (Vergos, 82), Kempbell.
Ogohlantirishdar: Manolas (6), Dominges (10), Kerrik (10), Evra (61), Salino (62), Rio Ferdinand (90), Markano (90).
Birinchi o'yin: 0:2

Matnli translaciya

Ushbu o'yinni siz uchun Abror Qodirov sharhlab bordi. Etibor uchun tashakkur.

O'yin nihoyasiga etdi. "Manchester Yunayted" safarda 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchrab qaytganiga qaramay, vaziyatni o'z foydasiga hal qila oldi. Buni "Kambek" deyishadi. MYU esa o'z vaqtida "Kambek"lar qiroli nomini hech kimga bermay kelardi. O'sha onlarni yodga oldi. Bugungi MYU Ser Aleks Fergyuson MYUsini eslatib yubordi. Xarakter jihatdan! 3:0. Ikki o'yin natijasiga ko'ra 3:2. "Yunayted" CHempionlar Ligasi chorak finalida!

PIIIP, PIIIP, PIIIIIIP! Tamom!

93. Jarima zarbasini amalga oshirdi MYU. Vaqt esa oz qoldi. 

92.
MYU burchak to'pini amalga oshirdi. Giggz va Fellayni to'pni o'zida saqlab turibdi. Vaqt esa o'tib bormoqda.

90.
Bitta gol hammasini o'zgartirib yuborishi mumkin. Judayam mumkin.

87.
Kartochkalar, qo'polliklarga boy o'yin... O'yin qahramoni Robin van Persi jiddiy jarohat olgan ko'rinadi...  

85.
Maydonning har bir bo'lagida, to'p qaysi jamoada bo'lishidan qatiy nazar Runini ko'rish mumkin. MYUning istalgan o'yinida shunday. Bugun ham. Zamonaviy futbolning eng mehnatkash futbolchilaridan biri. 

82.
Deni Ulebek o'rniga Darren Fletcher tushmoqda

78.
Kempbell! De Xea! Har ikkisi ham ajoyib o'yin ko'rsatgan vaziyat.

76.
Bir ko'zi butunlay yopilib qolganiga qaramay, o'yinni juda faol o'tkazgan Valensiya o'rniga Engli Yang tushirildi.

69. 
"Olimpiakos" tarkibidagilardan Solino, Kempbell, Maniates faol.

65.
Yana mehmonlar hujumi. Bu safar Valdes erlatib darvozaning markaziy qismiga zarba berdi. De Xea bu safar ham poziciya tanlashda adashmadi.

63.
Olipiakosning hujumi. Domingesning zarbasi! Yuqoriroqdan o'tib ketdi. Kuchli chiqdi zarba.

59.
Evraga sariq kartochka. Agar Yunayted keyingi bosqichga yo'l olsa jamoa sardori uni o'tkazib yuboradi va bu katta yo'qotish. Kim bor uning o'rnida?

56.
Ernan Peresda yana bir imkoniyat. uning omadi chopmadi bugun va u almashtirildi. Valdes harakat qiladi Peres o'rnida.

51. GOOOOOOOOL!!! Van Persi! Yana u! Yana Persi! Yana goool! Jarima to'pini go'zal tarzda amalga oshirdi. Xet-trik!


47.
Peres boshi bilan zarba berdi. Noaniq.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!


SHunday qilib, birinchi bo'limning o'zida MYU ikki gol farqini yo'qqa chiqara oldi. Bu o'yinda hali yana gollar bo'lishi aniq. Ikkinchi bo'lim bundan-da qiziqroq bo'lishi taminlandi. Tanaffus!

Birinchi bo'lim nihoyasiga etdi!

45+1.
Ikki o'yin natijasiga ko'ra hisob tenglashdi.  2:2!

45. GOOOOOOOOL!!!!! Van PERSIIII! ROBIN!

43.
Evra hamda Uelbekdan ajoyib kombinaciya! CHiroyli harkatlar. So'nggi pas o'xshamadi.

36.
De Xeaaaaa! Qanday qilib qaytardi bu zarbalarni!!? Bir vaziyatning o'zida ikki daxshatli zarbani bartaraf etdi!

32.
Xavfli vaziyat! Van Persi burchakdan to'pni jarima maydoni ichiga etkazib berdi. Uelbek bosh bilan ajoyib zarba yo'lladi! Ximenes amalladi. Qutqardi jamoasini!

29. 
"Bir ko'zli" Valensiya qanotdan oldinga borib, darvoza tomon kuchli zarba berdi. Ximenes to'pni egallab oldi.

27.
Alexandro Domingesning zarbasini De Xea qaytardi.  Burchak to'pidan keyin "Olimpiakos" hisobni tenglashtirishga yaqin keldi. Himoyachilar to'pni qaytarib qolishdi.

25. GOOOOL! Van PERSIIII! 1:0

24.
Penaltini ishlagan Robin van Persi to'p oldida.

23. PENALTIIII! MYU tepadi!

22.
Giggz. Qariyapti. Sezilyapti.

19.
Rafael jamoasi uchun burchak to'pi ishladi. Giggz to'pni jarima maydoniga yo'lladi. Biroq darvozabon to'pni egallab oldi. Ortiqcha qiyinchiliksiz.

17.
Yunayted ko'pchilik bo'lib oldinga bordi! Runiii! zarbasi biroz o'xshamadi. To'p ustnga tegib qaytdi! Ajoyib vaziyat!

15.
Ernan Peresda juda qulay vaziyat bo'ldi. De Xea darvozasi oldidagi xavf bartaraf etildi.



Valensiya bokschilarga o'xshab qoldi.

10.
Bu orada "Olimpiakos"dan Dominges, MYUdan Kerrik sariq kartochka bilan jazolanib ulgrudi.

08.
Valensiya raqib bilan to'qnashib ketib. Dominges bilan to'qnashuvdan keyin Antonioning bir ko'zi deyarli yopilib qoldi. Qosh atrofi shishib ketdi.

06.
MYU forvardi Uelbekni qo'pol ravishda to'xtatishdi. Manolasga sariq kartochka. Agar greklar keyingi bosqichga yo'l olsa, bu futbolchi birinchi o'yinni o'tkazib yuboradi.

04.
"Olimpiakos" oldinga borishdan hayiqayotgani yo'q. o'yindagi dastlabki xavfli hujum aynan ular tomonidan amalga oshirildi.

02.
"Olipiakos" oldinga borayotganida Fil Jons qo'pollik ishlatib, raqibini to'xtatib qoldi. Jarima to'pini Dominges amalga oshirdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi.

01. O'yin boshlandi!

Futbolchilar "orzular teatri" "sahnasi"ga chiqib kelishdi.

Jamoalar tarkibi bilan tanishing:

"Manchester Yunayted": De Xea, Rafael, Rio Ferdinand, Jons, Evra, Kerrik, Giggz, Valensiya, Runi, Uelbek, van Persi.

"Olimpiakos":
R.Ximenes, Salino, Manolas, Markano, Xolebas, Ndinga, Manyatis, Ernan Peres, Dominges, Fuster, Kempbell.

Uchrashuv boshlanishiga o'n daqiqacha vaqt qoldi.

Manchester shahridagi "Old Trafford" stadionida maydon egalari Greciya chempioni "Olimpiakos" klubini qabul qiladi.

Dastlabki bahsda MYU safardan 0:2 hisobidagi mag'lubiyat bilan qaytgandi. Javob uchrashuvida Devid Moyes shogirdlariga juda qiyin bo'lishi turgan gap. Bugun "qizil iblislar"ni faqat yirik hisobdagi g'alaba keyingi bosqichga olib chiqadi. "Olimpiakos" esa chorak finalga chiqishga juda yaqin turibdi, greklar bu imkoniyatdan foydalanishga harakat qilishadi.

SHiddatli kechishi kutilayotgan bu bahsni saytimiz orqali kuzatib borish mumkin bo'ladi. Toshkent vaqti bilan soat 00:45da boshlanadigan MYU - "Olimpiakos" uchrashuvidan matnli translyaciyani o'tkazib yubormang.

Uchrashuv boshlanguniga qadar o'yin prevyusini o'qib o'z taxminlaringizni yozib yuborishingiz mumkin.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика