So’nggi yangiliklar

07:00"Бургутлар" ОЧЛ-2да юришини бошлади. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувидан галерея   0 02:44ОЧЛ 2. Роналдусиз "Ал Насср" Тожикистоннинг "Истиқлол" клубига жавобсиз бешта гол урди  3 02:38Туркия. Шомуродов ассист берган ўйинда "Истанбул Башакшеҳир" "Фотиҳ Карагюмрук"ни мағлубиятга учратди  1 02:05ЕЧЛ. "Бавария" Мюнхенда "Челси"ни мағлубиятга учратди  18 02:05ЕЧЛ. "Ливерпуль" охирги дақиқалардаги гол эвазига камбэк қилаёзган "Атлетико"ни таслим этди. ПСЖ ва "Интер" ўз ўйинларида ғалаба қозонишди  28 00:53"Реал"нинг Хёйсенни четлатилиши бўйича берган апелляцияси рад этилди  0 00:30ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" 0:0  3 23:54ОЧЛ 2. Эроннинг "Истиқлол" клуби "Ал Васл"га ўта йирик ҳисобда мағлуб бўлди. Ўзбек футболчилари қайдномада йўқ эди  3 22:53ОЧЛ 2. "Андижон"нинг гуруҳидаги иккинчи ўйинда ҳам дуранг қайд этилди  23 22:32Тақиқланган модда Мудрикнинг қонига терма жамоа йиғини пайт тушгани маълум бўлди  0 22:02Анри "Арсенал" ҳақида: "Уларда деярли иккита жамоа мавжуд. Бу йил албатта бирор нарса ютиш шарт"  3 21:10Хейсен «Сосьедад»га қарши ўйиндаги ўз четлатишини ВАР бекор қилиши керак эди деб ҳисоблайди  6 20:38ОЧЛ-2. "Андижон" меҳмонда "Аркадағ" билан дуранг ўйнади  128 19:36Гвардиола «Ман Сити»ни ЧЛда ғолибликка даъвогар деб ҳисобламайди: «Аниқ йўқ. Фақат лаҳзалардан роҳатланиб, бу ерда бўлганимиздан хурсандмиз»  6 18:31Собиқ ҳакам Буррул «Реал»нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: «Нотўғри белгиланган. Ўйинчи йиқилди, қўл ҳаракати табиий»  35

ECHL. "Man Siti" "Real"ni ishonchli tarzda mag'lub etdi va chorak finalga chiqdi Yangiliklar

ECHL. "Man Siti" "Real"ni ishonchli tarzda mag'lub etdi va chorak finalga chiqdi

CHempionlar Ligasi 1/8 finali doirasidagi "Manchester Siti" va "Real Madrid" o'rtasidagi javob bahsi matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.


"Manchester Siti" – "Real Madrid" 2:1 

Gollar: 1:0 – 9 Sterling, 1:1 – 28 Benzema, 2:1 – 68 Gabriel Jezus.

Manchester Siti – Ederson, Joau Kanselu, Uoker, Laport, Fernandino, de Bryuyne, Rodri Ernandes (Otamendi, 89), Foden (Bernardu Silva, 67), Gyundogan, Sterling (Silva, 81), Gabriel Jezus.

Real Madrid – Kurtua, Karvaxal (Vaskes, 83), Militao, Varan, Mendi, Kroos, Kazemiro, Rodrigo (Asensio, 61), Modrich (Valverde, 83), Azar (Yovich, 83), Benzema.

Ogohlantirish: Modrich (81).

Birinchi o'yin: 2:1


Uchrashuv yakunlandi. Hisob dastlabki o'yin kabi 2:1 hisobida "shaharliklar" foydasiga hal bo'ldi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+2. To'p nazorati "shaharliklar"da, madridliklar bosim qilishyapti. 

Ikkinchi bo'limga hakam tomonidan 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. "Manchester Siti"da almashtirish: Rodri Ernandes o'rniga Otamendi tushirildi. 

88. "Manchester Siti" ketma-ket va to'xtovsiz ravishda hujumlar tashkil etishda davom etmoqda. 

86. Uuuux! David Silvaning jarimadan tepgan to'piga ozgina aniqlik etishmadi.  

83. "Real Madrid"da 3 ta o'zgarish: Karvaxal o'rniga Vaskes, Modrich o'rniga Valverde, Azar o'rniga Yovich tushdi. 

81. "Manchester Siti"da o'zgarish: Sterling o'rniga David Silva tushirildi. 

80. Modrich qoidani buzdi va sariq kartochka oldi. 

78. Kroos burchak to'pini amalga oshirdi, Laport to'pni qaytarib yubordi. 

76. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 53% - 47%

74. Bugun "Real" himoyasida Ramos etishmayapti. 

72. Bernardu Silvadan zarba! To'p himoyachilar tomonidan "blok" qilindi. 

71. Karvaxal ichkariga to'pni oshirdi, Ederson chiqib kelib, to'pga ega chiqdi. 

68. GOOOOOOOOOOOOOOL! Jezus hisobni 2:1 ko'rinishiga keltirdi!  Varandan navbatdagi qo'pol xato, bu CHL mavsumidagi uchinchisi.

67. "Manchester Siti"da almashtirish: Foden o'rniga Bernardu Silva maydonga tushdi. 

66. Uuux! "Siti"dan kombinacion hujum, Jezusdan zarba va Kurtuadan ajoyib seyv! 

64. Benzemadan navbatdagi zarba!  To'p to'ppa-to'g'ri Edersonning qo'liga kelib tushdi. 

63. Uuuxx! Benzemadan yaxshi zarba, biroq zarba himoyachilar tomonidan o'z vaqtida "bloklandi".  

62. "Real Madrid" safida o'zgarish: Rodrigo o'rniga Asensio tushdi. 

61. Kevin de Bryuynedan o'ylangan uzatma, biroq Militao "podkat" oraqli to'p yo'nalishini o'zgartirdi. 

58. Kevin de Bryuyne Militao bilan kurash olib bordi va zarba yo'llashga urindi, uchinchi shaxs sifatida esa Karvaxal etib keldi va to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi. 

56. Benzema uzoq masofadan zarba yo'lladi, ammo noaniq ketdi. 

54. "Real" himoyachilari pas orqali qaltis o'yin ko'rsatishda davom etishmoqda. Ha, mana yana to'p oldirildi. To'p Sterlinggacha etib keldi, Kurtua o'z vaqtida darvozadan chiqib keldi va xavfni bartaraf etdi. 

52. Modrich o'ng qanotda turgan Rodrigoni oldinga boshladi, Rodrigo raqibni deyarli aldab o'tgandi, ammo yiqilib tushdi, hakam Kanselu unga nisbatan qo'pollik ishlatmadi deb topdi.

50. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 55% - 45%

48. "Siti" ketma-ket 2 ta burchak to'pini amalga oshirdi, ikkisi ham hozircha samarasiz. 

47. Uuuuxx! Kevin de Bryuynening ajoyib pasidan keyin Rahim Sterling birga-bir holatga chiqib bordi va zarba berdi, Kurtua qaytara oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hisob - 1:1. Tanaffus! 

45+1. Kevin de Bryuyne burchak to'pidan gol urmoqchi bo'ldi, ammo Kurtua o'z o'rnida! 

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi. 

44. "Real"ning hujumi Azar orqali rivojlandi, Rodrigoning uzatmasi va Benzemadan zarba!  Ammo hujumchi ofsaydda qolgan ekan.  

43. Sterlingning pasiga Karvaxal to'sqinlik qildi, "Real" qarshi hujumga o'tib ketdi. 

40. Kevin to'p bilan oldinga intilmoqda, Karvaxaldan muvaffaqiyatli "podkat", xavf ortda qoldi. 

37. Kanseluning zarbasini Kurtua to'sdi, qaytgan to'pni Militao tepib yubordi.  

"Murabbiylar dueli" ham davom etmoqda. 

35. Benzemaga ajoyib pas etib keldi, biroq Karim ofsaydda qolib ketgani malum bo'ldi. 

33. Uokerjan o'ziga xos yurish va zarba! Ammo noaniq. 

30. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 47% - 53%

28. GOOOOOOOOOOOOOOL! Benzema hisobni tenglashtirdi - 1:1!  Rodrigoning ohista uzatmasidan keyin Karim Benzema bosh bilan gol urdi. 

24. Hakam o'yin qoidasi buzilganini qayd etdi. Jezus Rodrigoni yiqitdi. 

Uchrashuvdagi barcha gollarni telegramdagi rasmiy kanalimizda kuzatib borish mumkin. KANALGA O'TISH 

22. Xavfli vaziyat!!!!! Azar Laportni aldadi va chap oyoqda zarba yo'lladi, Ederson qutqardi.

21. Zarba! Karim Benzemaning ajoyib zarbasidan keyin Ederson seyv ko'rsatdi. 

20. Modrich orqaroqqa o'tishga, himoyaga yordam berishga majbur bo'lyapti, bu "shaharliklar" pressingidan xalos bo'lish uchun ayni muddao. 

19. Sterling ichkariga kirib bordi va yiqildi, yo'q, hech qanday o'yin qoidasi buzilmadi. 

17. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 48% - 52%

15. Uuuuxx! Sterlingdan zarba! To'p rikoshet orqali darvoza ustuniga tegib maydonni tark etdi. 

14. Sterling raqibni itarib yubordi, u Eder Militaoni yiqitdi. 

12. Uuuuxx! Foden va Gyundogandan zarba! "Real" qiyinchilik bilan to'pni qaytirishga erishdi.

9. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Sterling hisobni ochdi - 1:0! Varanning qpol xatosidan keyin Jezus to'pni olib qo'ydi va Sterlingga pas berdi, u esa yaqin masofadan raqib darvozasini ishg'ol etishda qiyinchilikka duch kelmadi. 

7. Zarba! Kevin de Bryuyyunening kuchli zarbasi rikoshetdan so'ng, maydonni tark etdi. 

5. Karim Benzema jamoadoshining uzatmasidan keyin to'pni o'ziga bo'ysundira olmadi.

3. "Siti" pressing qilishda davom etmoqda. 

2. "Real" futbolchilari bugun yangi mavsum uchun mo'ljallangan pushti rangdagi libosda harakatlanishmoqda. 

1. O'yin boshlandi! 

- Koronavirus qurbonlar xotirasiga sukut saqlandi. 

- CHempionlar Ligasi madhiyasi tinglandi. 

Diqqat qiling. Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda! 

O'yin oldi suratlar

Tarkiblar elon qilindi

O'yin Toshkent vaqti bilan 00:00da start oladi.

- Eslatib o'tamiz, birinchi o'yinda "Manchester Siti" "Real"ni 2:1 hisobida mag'lub etgandi. "Real" chorak finalga chiqishi uchun raqibni 2 ta to'p farqi bilan yutishiga to'g'ri keladi yoki 3:2 hisobi ham Mmadridliklarni qoniqtiradi, bu holatlarga esa "shaharliklar" keskin qarshilik ko'rsatishlari aniq. Xullas, bugun bizni katta jang kutmoqda! 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Evropa CHempionlar Ligasi 1/8 finali javob uchrashuvida "Manchester Siti" va "Real Madrid" 1/4 final yo'lida o'zaro kurash olib borishadi. Katta futbol oqshomida sizga yoqimli tomosha tilagan holda bugungi to'qnashuvni siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика