Super o'yinda "Inter" "Barselona"ni to'xtatdi va ECHL finaliga yo'llanma oldi!
07 may 02:38
Yangiliklar


Super o'yinda "Inter" "Barselona"ni to'xtatdi va ECHL finaliga yo'llanma oldi!
"Inter" – "Barselona" 4:3
23:59, 6 may
Dastlabki uchrashuv: 3:3
Gollar: Martines (21), Chalxanoglu (45+1-pen), Acherbi (90+5), Frattezi (99) - Erik Garsiya (54), Olmo (60), Rafinya (87).
"Inter": Zommer — Bastoni, Acherbi, Bisek (Darmian, 71) — Dimarko (Karlos Augusto, 55), Mxitaryan (Zelinskiy, 79), Chalxanog'lu (Frattezi, 79), Barella, Dumfris (de Vrey, 109) — Tyuram, Martines (Taremi, 71).
Zaxira: Di Jennaro (d), Martines (d), Asllani, Zalevskiy, Re Chekkoni.
"Barselona": Shensni — Martin, Martines (Arauxo, 76), Kubarsi, Garsiya (Fort, 98) — Pedri, de Yong (k) — Rafinya, Olmo (Lopes, 83), Yamal — Torres (Levandovskiy, 90).
Zaxira: Astralaga (d), Penya (d), Farre, Viktor, Gavi, Darvix, Kristensen, Fati.
Ogohlantirish: Chalxanoglu (36), I.Martines (51), Mxitaryan (68), Acherbi (90+5).
Bo'ldi, tugadi! Bu super o'yinning tugashini hech kim xohlamasdi, lekin bugun kimdir yutqazishi kerak edi. "Inter" finalda! Milanda bugun bayram. Super o'yindan keyin kimning uyqusi kelarkin, hayronman...
120+1. UXXXXXX!! "Barselona" gol urishga yaqin kelgandi. Zarba noaniq!
120. O'yinga 2 daqiqa qo'shildi.
119. Yamal burchak zarbasidan darvozani ishg'ol qilmoqchi bo'ldi. Zommerdan yana bir seyv!
119. Yamalning zarbasini Bastoni qaytardi.
116. ZARBAAAAAAA!! Yamalning kuchli zarbasini yana Zommer qaytardi! SUPERMEN!
114. ZARBAAAAAAAA!!! Yamal birinchi o'yindagi kabi gol urishi mumkin edi! Super zarbadan keyin Yan Zommer yana super seyv amalga oshirdi.
112. Ektor Fortning uzatmasi anchagina noaniq ko'rinish oldi.
109. ZARBAAAAAAA! Frattezi hisobdagi farqni oshirishi mumkin bo'lgandi! Shensni bunga yo'l qo'ymadi!
108. LYOVAAAAAAAAAAA!!! Levandovski bo'sh qolgan darvozaga to'pni kirita olmadi. Yan Zommerning qo'pol xatosidan keyin darvoza ochiq qolib ketgandi.
105. "Barselona" so'nggi qo'shimcha bo'limni boshladi!
Mini tanaffus! Marchinyak qo'pol xatoga yo'l qo'ydiyov! "Inter" futbolchisi raqib posboni bilan birga-bir holatga chiqib borayotgandi.
105+2. Arauxo fol ishlatdi. Jarima zarbasi.
Qo'shimcha bo'limlarning birinchisiga 3 daqiqa qo'shimcha vaqt qo'shib berildi.
104. Fortning kuchli zarbasi anchagina noaniq ketdi.
103. Milanda sharros yomg'ir quymoqda. Translyaciyada bu bilinmayapti ham.
99. GOOOOOOOOOOOLLLLL!!! FRATTEZI!!!!! Zaxiradan tushgan futbolchi gol urib ketmoqda!
Qiziq: Acherbi faoliyatida ilk marta evrokuboklardagi golini uribdi.
97. "Barselona" chiroyli kombinaciya uyushtirdi. Yakuniy pas Pedriga mo'ljallangandi. Zommer to'pga peshvoz chiqib, ushlab oldi.
94. "Inter" ikkita yaxshi vaziyat tashkil qilishi mumkin bo'lgandi. Dastlabkisida Tyuram oddiy joyda noto'g'ri pas berdi. Ikkinchisida Frattezining qanotdan uzatmasini Kubarsi qaytardi.
92. Rafinyaning jarimadan uzatmasini Taremi qaytardi.
90. Ekstra bo'limlarning birinchisi boshlandi!
Asosiy vaqt yakunlandi. Bizni endi 30 daqiqalik dahshatli o'yin kutmoqda!
90+7. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAA!! YAMAL!! Barchasini hal qilishi mumkin bo'lgandi. Biroq u qulay nuqtadan juda no'noq zarba yo'lladi. Yan to'pni ushlab oldi.
Flik ogohlantirildi. U nimagadir etiroz bildirdi.
90+5. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLL!! ACHERBIIIIIII!!! DYUMFRISdan super uzatma va Acherbi gol urib ketmoqda!
90+3. ZARBAAAAAAAA!! YAMAL! Uning kuchli zarbasini darvoza ustuni qaytardi!
90. Levandovski maydonga tushdi.
87. GOOOOOOOOOOOOLLLLLLL!! RAFINYAYAYAYAYAYAYAYAYAYA!!!! Mana remontada! Mana kambek! Mana futbol! Mana haqiqiy futbol! Bu "Barselona"! Bu Flikning "Barselona"si! Dahshat!
85. Tyuram o'ng qanotdan to'pni darvoza yonidagi sherigi tomon uzatdi. Himoyachilar to'pni tepib yuborgandi, qanot hakamining bayrog'i ko'tarildi.
84. "Inter" jon-jahdi bilan qo'shimcha bo'limlar uchun o'ynayotgandek ko'rinmoqda.
83. Olmo o'rniga Fermin maydonga tushdi.
82. "Inter" hujumda. Zelinskiyning qanotdan uzatmasini himoyachilar qaytardi.
79. Mxitaryan va Chalxanoglu o'yindan olindi. Fratessi va Zelinski maydonga tashlandi. Mezbonlar barcha imkoniyatini ishlatib bo'lishdi. "Barselona" faqatgina bitta o'zgarishga qo'l urdi.
77. ZARBAAAAA!! Yamalning super zarbasini Zommer fantastik tarzda qaytardi!
76. Tushunarsiz qaror: Flik Martinesni olib, Arauxoni o'yinga tashladi.
73. "Inter" chuqur himoyada o'ynamoqda. Bu juda xavfli.
70. UXXXXXX!! "Barsa" jarimadan tezkor kombinaciya uyushtirdi. Yamalning zarbasi jamoadoshiga tegib maydondan chiqib ketdi.
69. Yo'q, penalti emas ekan. Jarima zarbasi. VAR xatoni to'g'riladi. Juda xavfli nuqtadan jarima zarbasi.
68. PE-NAL-TIIIIIIII!!!! YAMAL YIQITILDI! Bu dahshat!
64. Lautaro hujumda qulay nuqtadagi Dyumfrisga to'pni oshirdi. To'p agarda himoyachidan o'tganida "Inter" gol urishi mumkin bo'lardi.
"Barselona"ga ruhiy ustunlik o'tib ketdi. 6 daqiqada hisob tenglashdi. Endi buyog'i nima bo'larkin?
60. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! OLMOOOOOOOOOOO!!!! Daxshatli uzatma va chiroyli gol! Ofsayd pofsayd haqida gapirish mumkin emas!
59. Yamal bugun juda zo'r o'ynayapti. Unga qarshi raqiblari faqatgina fol ishlatish evazigagina to'pni olib qo'ymoqda.
57. SEYVNI KO'RDILARMI? Zommer nima qildi?! "Barselona" tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Garsiya bo'sh qolgan darvozaga to'pni tepgandi. Yan Zommer super seyv amalga oshirdi. Agarda "Inter" finalga chiqsa bu seyvni ko'ziga surishi kerak bo'ladi.
56. ZARBAAAAA! Barellaning zarbasini Shensni qaytardi!
54. GOOOOOOOOOOLLLL!! SUPERGOOOLLLLL!! Erik Garsiya umidlarni qaytarib, hisobni qisqartirdi! "Barselona" eng kamida bitta golga loyiq ishlarni qilib tashlagandi.
52. UXXXXX!! "Inter" uchinchi golni ham urgandi. Acherbi ofsaydda qolib ketgani uchun gol inobatga olinmadi.
51. Katta tezlikda ketayotgan Tyuramni yiqitgani uchun Inigo Martines ogohlantirildi.
49. Yamal jarima maydonchasi ichida Bastoni tomonidan yiqitildi. Lamin penalti so'radi. Biroq bunga hakam reakciya ko'rsatmadi.
48. Tyuram to'p bilan katta masofani bosib o'tib, to'pni Martinesga oshirgandi. Lautaro esa to'pni osonlikcha raqibiga oldirdi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
TANAFFUS! (shekilli)
45+3. "Barsa" hujumga o'tishga harakat qildi. Biroq fol sababli to'p "Inter"ga olib berildi. Pedriga esa bu yoqmadi.
45+1. GOOOOOOOOOOOOOLLLL!!! Chalxanoglu penaltidan unumli foydalandi! Hisob ikkiyu nol!
44. PE-NAL-TIIIIIIII!!! "Inter" penalti tepadi!
Bosh hakam vaziyatni o'zi monitorda ko'ryapti.
Bu vaziyatda penalti qo'yilmasa kerak. Biroq VAR penaltini tekshirmoqda.
42. KUBARSSSIIIIIIII!!! Pau jamoasini yaqqol goldan qutqardi. U o'z jarima maydonchasida Lautaroga "podkat" tashlab, to'pni olib qo'ydi. VAR bor.
40. ZARBAAAAAAAAA!!! Chalxanogluning qulay nuqtadan yo'llagan zarbasi to'rning tashqi tomoniga tegdi!
39. UXXXXX! Yamal ikki raqibini aldab, darvozaga zarba berish nuqtasiga kelganida Bastoni tomonidan to'xtatildi.
38. GENRIIIIXXXXX!! Geynrix kabi kutilmaganda Mxitaryan zarba berishni istadi. Zarba darvozaning yonginasidan o'tib ketdi.
36. YAMAAAAALLLLLLL!! Ferranning chiroyli harakatlaridan keyin Lamin qulay nuqtaga chiqib bordi va o'ng oyog'ida noaniq zarba yo'lladi.
34. Xavfli vaziyat! Yamalning to'p uzatishidan keyin Ferran noqulay holatda darvoza tomon zarba berdi. Zarba anchagina xavfli va noaniq.
33. Bastoni "Barsa"ning tayanch hududidan osonlikcha o'tdi, biroq uni Inigo Martines kutib oldi va vaziyatni xavfsizlantirdi.
30. Barellaning qo'pol xatosidan keyin "Barsa" chap qanotidan hujumga o'tdi. Ferranga uzatilgan to'pni himoyachilar burchakka chiqarib yubordi.
28. "Barsa" yana hujumda. Olmoning o'ng oyoqda yo'llagan zarbasi raqiblariga tegib, maydonni tark etdi. Burchak zarbasi.
25. UXXXX!! "Barselona" yaxshi hujum uyushtirdi. To'p "Inter" futbolchisining boshiga tekkan bo'lsa-da, Olmo va "Barselona" futbolchilari penalti so'rashdi. VAR esa penalti yo'qligini tasdiqladi.
21. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLL!!!! Martines hisobni ochdi!!!! Dani Olmoning qo'pol xatosidan so'ng Dyumfrisning super uzatmasidan keyin Lautaro ochiq qolgan darvozaga osonlik bilan to'pni kiritdi!
17. Xavfli vaziyat! Mxitaryan katta tezlikda chap qanotdan oldinga borib, markazga pas berdi, Martines "Barselona" joniga ora kirdi.
16. Tyuram tomonidan yo'llangan zarbaga aniqlik etishmadi.
15. Yamal tomonidan berilgan zarbani Zommer egallab oldi.
13. Tyuram raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, biroq u o'yindan tashqari holatda qolib ketgan ekan.
10. Dumfris raqib jarima maydoniga kirib bordi, biroq yakuniy qarorga kelishda ikkilanib qolgani uchun to'pni yo'qotdi.
8. Yamal ikki raqibini ortda qoldirib, markaz tomon pas berdi, "Inter" himoyachisi qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.
5. Yamalning o'ng qanotdan uzatmasi zarbaga aylanib ketdi, biroz noaniq ko'rinish oldi.
1. "Barselona"ning ilk hujumi zarba bilan yakunlandi.
1. O'yin boshlandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
1997 йилдан бери мухлисингман
Лекин ИНТЕР хам барча зоналарнми ёпиб ташлади, қойил.. Ва шу жойда БАРСА эртаги тугади!!
Neytral muxlis sifatida interni g'alabasini kutyapman ( real muxlisi emas arsenal muxlisi)