ECHL. Hafta o'yinchisi kim bo'ladi? Nomzodlar orasida Messi va Pogba ham bor
20 sen 2018 15:13
Yangiliklar
ECHL. Hafta o'yinchisi kim bo'ladi? Nomzodlar orasida Messi va Pogba ham bor
UEFA CHempionlar ligasida haftaning eng yaxshi o'yinchisi bo'lish uchun nomzodlar ro'yxatini elon qildi. Davogarlar orasidan "Barselona"ning argentinalik forvardi Lionel Messi, "Manchester Yunayted"ning franciyalik yarim himoyachisi Pol Pogba, "Liverpul"ning angliyalik yarim himoyachisi Jeyms Milner va "Lion"ning franciyalik hujumkor yarim himoyachisi Nabil Fekir joy oldi.
Eslatib o'tamiz, Messi "PSV Eyndxoven" bilan uchrashuvda xet-trik qayd etdi. Pogba "Yang Boyz"ga qarshi uchrashuvda ikkita gol urdi va bitta golli pas berdi. Milner PSJ darvozasiga penaltidan bitta gol urgan bo'lsa, Fekir Angliyada "Manchester Siti" bilan to'qnashuvda bitta gol urdi va bitta golli pas berdi.
Nomzodlarga UEFA rasmiy saytiga kirib ovoz berishingiz mumkin.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar