So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  2 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  4 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

ECHL. "H" guruhi, 5-tur. BATE - "Portu", "SHaxtyor" - "Atletik" Yangiliklar

ECHL. "H" guruhi, 5-tur. BATE - "Portu", "SHaxtyor" - "Atletik"

Bugun Evropa chempionlar ligasi "H" guruhida 5-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

CHempionlar ligasining "H" guruhida Portugaliyaning "Portu" jamoasi muddatidan avval pley-off yo'llanmasiga ega chiqib bo'lgan. Ukrainaning "SHaxtyor" klubi ham bir oyog'i bilan keyingi bosqichda deyish mumkin. Ispaniyaning "Atletik" jamoasi kutilmaganda guruhda autsayder nomiga sazovor buo'lib turibdi. Ispaniyaliklar o'tkazilgan to'rtta o'yinning uchtasini raqiblariga boy berishgan bo'lsa, faqatgina bittasi durang natijasini qayd etishdi.

BATE bugun o'z maydonida guruh peshqadami "Portu"ni qabul qiladi. Ispaniyaning "Atletik" klubi Ukrainaga safar uyushtiradi.

BATE jamoasida nazariy jihatdan keyingi bosqichga yo'l olish uchun imkoniyatlar mavjud. Ammo ularning taqdirlari o'z qo'llarida emas.

"SHaxtyor" esa "Portu" jamoasi bilan guruhda birinchi bo'lish uchun bahs olib borishi oydinlashib qolmoqda. "Atletik" esa Evropa ligasiga yo'llanma beruvchi uchinchi o'rin uchun kurashishi mumkin. Ammo bu yo'lda ularga eng katta raqobatni BATE jamoasi taklif qilishi aniq.


ECHL, 5-tur.

"H" guruhi.

BATE - "Portu" (22:00, "NTV PLYUS Futbol2")

"Borisov".

Bosh hakam: Ovidiu Xategan (Ruminiya)


"SHaxtyor" - "Atletik" (00:45, "NTV PLYUS Sport")

"Arena Lviv".

Bosh hakam: Mark Klattenburg (Angliya).


4-turdan keyingi holat

#JamoaO'YUDMUG - O'GT-NOchk
1FC Porto431012 - 3910
2Shakhtar Donetsk422014 - 2128
3BATE Borisov41032 - 19-173
4Athletic Bilbao40132 - 6-41

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика