So’nggi yangiliklar

08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  0 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  2 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  6 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  19 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  25 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1

ECHL. "G" guruhi, 5-tur. Di Matteo & "CHelsi", "Sporting" - "Maribor" Yangiliklar

ECHL. "G" guruhi, 5-tur. Di Matteo & "CHelsi", "Sporting" - "Maribor"

Evropa chempionlar ligasi doirasida "G" guruhida 5-tur o'yinlari o'tkaziladi.

"G" guruhida hali hech bir jamoa keyingi bosqich yo'llanmasini hal etganicha yo'q. Londonning "CHelsi" jamoasi guruhda etakchilik qilayotgan bo'lsada, hali pley-off "chipta"siga egalik qilgani yo'q. Joze Mourino boshchiligidagi "CHelsi" "qo'shini" bugun Germaniyaga safar qiladi. Yaqindagina "CHelsi"ning sobiq bosh murabbiyi Roberto Di Matteo "SHalke"da ish boshladi. Bugun "CHelsi" o'zining sobiq ustozi Di Matteoning yangi jamoasiga qarshi saf tortadi. Roberto Di Matteo 2012 yilgi mavsumda londonliklarni ushbu musobaqada tengsiz qilishga erishgan yagona murabbiy bo'lib turibdi.  Endilikda ularning yo'llari boshqa-boshqa. Di Matteoning avvalgi "CHelsi"si bilan Joze Mourinoning hozirgi "qo'shini" keskin farq qiladi. Ammo italiyalik mutaxassis o'zining sobiq jamoasining nuqsonlarini topa olishi mumkin. Birinchi davrada Londonda kechgan o'yinda "SHalke" Mourino jamoasini ancha qiynab qo'ygan va safardan bir ochko olib qaytishga muvaffaq bo'lgandi. Endi nemis jamoasi o'z muxlislari qarshisida bo'ladigan o'yinda g'alaba ilinjida maydonga tushishlarini taxmin qilish qiyin emas. "CHelsi" esa imkon qadar ijobiy natija qayd etib, tezroq pley-off masalasini hal etishga urinib ko'radi.
Gelzerkirxenda o'tadigan o'yin shiddatli bo'lishiga shubha yo'q.

Guruhning yana bir bellashuvi "Sporting" va "Maribor" klublari o'rtasida kechadi. Ushbu jamoalarda ham ham hali nazariy jihatdan keyingi bosqichga yo'l olish imkoniyati saqlanib turibdi. Demak bu o'yin ham keskin kurashlarga boy o'tishini taxmin qilish oson.


ECHL, 5-tur.

"G" guruhi.

"SHalke" - "CHelsi" (00:45, "NTV PLYUS Futbol3")

"Veltins Arena".

Bosh hakam: Jonas Eriksson (SHveciya)


"Sporting" - "Maribor" (00:45, Sky Sport 1/HD)

"Eshtadiu".

Bosh hakam: Kreig Tompson (SHotlandiya)


4-turdan keyingi holat

#JamoaO'YUDMUG - O'GT-NOchk
1Chelsea42209 - 278
2Schalke 0441218 - 9-15
3Sporting CP41128 - 804
4Maribor40313 - 9-63

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика