So’nggi yangiliklar

07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  3 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  17 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  23 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  2 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8

ECHL. "E" guruhi, 5-tur. CSKA "Roma"ga qarshi, "Bavariya" esa Angliyada mehmon Yangiliklar

ECHL. "E" guruhi, 5-tur. CSKA "Roma"ga qarshi, "Bavariya" esa Angliyada mehmon

Bugun Evropa chempionlar ligasi doirasidagi to'rtta guruhda 5-tur uchrashuvlari o'tkaziladi.

"E" guruhi peshqadami Germaniyaning "Bavariya" jamoasi bu turda Angliyaga safar uyushtiradi. Pley-off masalasini amalda hal etib qo'ygan Xosep Gvardiola boshqaruvidagi "Bavariya" Angliyaning amaldagi chempionlari "Manchester Siti" bilan o'zaro to'qnash kelishadi. Manuel Pellegrini bosh murabbiyligidagi "shaharliklar" o'tgan to'rtta turdan buyon hali biror marta ham g'alaba qozona olishmagan. Bu o'yin ular uchun juda muhim sanaladi. "Bavariya"ga qarshi o'yin ular uchun so'nggi imkoniyat bo'ladi. "Manchester Siti"ni bu o'yinda faqat va faqat g'alaba qanoatlantiradi. Aksincha bo'ladigan bo'lsa, ular pley-off yo'llanmasidan mosuvo bo'lishlari aniq. "Bavariya" esa musobaqa nufuzi va o'z obro'si uchun ham ijobiy natijaga erishish maqsadida maydonga tushadi. 



Guruhning ikkinchi qarama-qarshiligi Moskvaning CSKA va Italiyaning "Roma" jamoalari o'rtasida kechadi. Leonid Sluckiy jamoasi musobaqa avvalida guruhdagi autsayder sifatida etirof etilayotgan edi va dastlabki uchta turni ko'ngildagidek o'tkaza olmadi. Lekin o'tgan turda Angliyada "Manchester Siti"ni sensacion tarzda mag'lub etganidan so'ng moskvalik "harbiylar" o'z imkoniyatlarini oshirib olishdi va endilikda ular ham pley-offga yo'l olish haqida o'ylay boshlashdi.  
Rimning "Roma" klubi birinchi davradagi dastlabki uchrashuvda o'z maydonida CSKAni qaqshatkich tarzda "yakson" qilishgandi. Moskvadagi o'yin esa har ikkala jamoa uchun ham oson kechmasligi aniq.
Ushbu turdan so'ng bu guruhdagi bazi savollarga javob topsak kerak.
"Bavariya" bilan birgalikda keyingi bosqichga yo'l olish uchun qolgan uchchala jamoada ham etarlicha imkoniyatlar mavjud. 


"E" guruhi, 5-tur.

"Manchester Siti" - "Bavariya" (00:45, "NTV PLYUS Futbol2")

"Etihad stedium".

Bosh hakam: Pavel Krlovec (CHexiya)


CSKA - "Roma" (22:00, "NTV PLYUS Futbol")

"Arena Ximki".

Bosh hakam: Feliks Brix (Germaniya)


4-turdan keyingi holat

#JamoaO'YUDMUG - O'GT-NOchk
1Bayern Munich440011 - 11012
2Roma41127 - 11-44
3CSKA Moscow41125 - 9-44
4Manchester City40224 - 6-22

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика