ECHL. CHorak final ramziy terma jamoasi
03 apr 2014 18:10
Yangiliklar


ECHL. CHorak final ramziy terma jamoasi
"Real" - "Borussiya D" uchrashuvida o'zining bir qator "seyv"lari bilan jamoasini yana bir nechta gollardan saqlab qolgan Roman Vaydenfellerni ushbu jamoaga posbon sifatida tanlashga qaror qildik. Garchi jamoasi uchta to'p o'tkazib yuborgan bo'lsada, dortmundliklar darvozaboni shu kuni juda yaxshi harakat qilgani rost.
Himoya vakillarini tanlashni Aleksandr Byuttnerni chap qanot himoyasida qo'yishdan boshlaymiz. Bu himoyachi "Bavariya" bilan bo'lgan o'yinda Patris Evrani yo'qligini bilintirmadi va Robbenga qarshi juda ishonchli harakat qila oldi.
Himoya markazida yana bir "Manchester Yunayted" vakili Nemanya Vidich joy oldi. Ushbu himoyachi yozda jamoani tark etish aniq bo'lib ulgurgan. Lekin shu kuni Vidich "MYU"ning eng asosiy o'yinchisiga aylandi. Nemanya Vidich himoyada ishonchli harakat qilish bilan birga, raqib darvozasiga gol urishga ham erishdi.
"Real"ning portugaliyalik himoyachisi Pepe ushbu ramziy terma jamoadan o'rin olishga loyiqligini "Borussiya D" bilan bo'lgan o'yinda isbotladi. "Real"ni shu kuni o'z darvozasidan to'p o'tkazib yubormasligiga shu futbolchini hissasi katta bo'ldi.
"Atletiko"ning qanot himoyachisi Luis Felipe "Barselona" bilan bo'lgan o'yinda o'zini yaxshi tomonlama ko'rsata oldi. O'z qanotidan faol harakatlari bilan raqib himoyasini bezovta qildi va himoyalanishda ham ishonchli harakat qildi.
Yarim himoya chizig'ida "PSJ" bilan o'yinda "CHelsi" tarkibida Belgiya terma jamoasi futbolchisi Eden Azar eng faol futbolchilardan biri bo'ldi. Azar parijliklar darvozasini ishg'ol etishga ham erishdi. butun o'yin davomida Azar mezbonlar himoyasini katta bosim ostida ushlab turishga o'zining hissasini qo'shdi.
Bastian SHvaynshtayger "Manchester Yunayted" bilan bo'lgan o'yinda Myunxen jamoasi tarkibida eng yaxshi harakat qilgan futbolchi bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. U shuningdek jamoasi uchun muhim bo'lgan golni kiritdi va o'yinning so'nggi daqiqasida hakam tomonidan chetlatilishga ham ulgurdi. SHu uchrashuvda maydon markazida o'zining to'liq ustunligini namoyish etdi.
Garet Beyl "Real"ning "Borussiya D"ga kiritgan tezkor goli muallifi. Bu futbolchi butun uchrashuv mobaynida raqib himoyasiga katta qiyinchiliklar to'g'dirishda faol bo'ldi. Garet Beyl shu kuni "Real" tarkibida eng yaxshilardan biri bo'ldi.
"PSJ" - "CHelsi" bahsida ikkinchi bo'limda maydonga tushirilgan Pastore uchrashuv yakunida o'zining super harakatlari bilan raqib himoyachilarini birin-ketin aldab o'tdi va CHex darvozasiga juda chiroyli gol kiritdi. Bu gol "PSJ"ning javob o'yini oldidan imkoniyatlarini keskin ravishda oshirib yuborgani rost. Ungacha "CHelsi" jamoasi uchun qulay 2:1 hisobi qayd etilayotgan edi.
Hujum chizig'ida "Barselona"ning braziliyalik futbolchis Neymar o'rin oldi. Bu futbolchi jamoasi o'z uyida yutqazib turgan bir paytda "Barselona" uchun muhim bo'lgan golni kiritdi va haqli tarzda ramziy terma jamoadan o'rin oldi.
Neymarga tandem sifatida Lavezzini tanlashga qaror qildik. Ushbu futbolchi nafaqat "CHelsi"ga gol kiritdi, balki uchrashuv davomida eng faol futbolchilardan biri bo'ldi. "CHelsi" darvozasiga kiritilgan ikkinchi golga ham aynan Lavezzining xizmatlari katta desak bo'ladi. Aynan u tomonidan amalgan oshirilgan jarima to'pidan so'ng David Luiz o'z darvozasinin ishg'ol etib qo'ydi.
Ushbu jamoaga bosh murabbiy etib Devid Moyesni tanlashga qaror qildik. Sababi, bu murabbiy "Bavariya"ga qarshi o'yinda jamoasini himoyada ishonchli o'ynata oldi va ko'pchilikning taxminin barbod qilishga erishdi. Gvardiola bilan bo'lgan duelda g'alaba qozona olmagan bo'lsada, mag'lubiyatga ham uchramadi. Hozircha. Devid Moyes jamoasi bilan birga bu qarama-qarishilikda "intriga"ni saqlab qolgani ham ko'pchilik Angliya futbolchi ishqibozlari uchun g'alabaga teng bo'ldi. Bunda Moyesning xizmatlarini ham unutmaslik kerak.
SHahboz Beg'amov
Fikrlar