So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  15 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  19 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

ECHL. CHorak final: "PSJ" - "CHelsi". PREVYU Yangiliklar

ECHL. CHorak final: "PSJ" - "CHelsi". PREVYU

Bugun ECHL chorak finali yana ikkita bahsi bo'lib o'tadi.

Parij va Madridda kechadigan har ikkala o'yin ham muxlislar etiborida bo'lishi turgan gap. Parijdagi o'yin haqiqiy futbol janggiga aylanishi kutilmoqda.


"PSJ" jamoasining ayni paytdagi holati Joze Mourinoni biroz qurqishiga sabab bo'la oladi. Franciya chempionatida peshqadamlik qilib kelayotgan "PSJ" o'zining omadli yurishini Evropaning eng nufuzli musoboqasida ham davom ettirmoqchi. "CHelsi" klubining katta tajribasi va uning ustozi Joze Mourino ekanligini unutmaslik zarur. "CHelsi" hozirda o'zining eng optimal sport formasida deb bo'lmaydi. Jamoa yaqindagina chempionat o'yinida omadsizlikka uchradi. Angliyadagi peshqadamlikni boshqa jamoaga topshirib qo'ydi. Joze Mourino esa vaziyatni yumshatish maqsadida har ikki matbuot anjumanining birida, biz ushbu mavsumda katta vazifalarni o'z oldimizga qo'ymaganmiz deb katta bosimdan o'zini yiroqroq to'tmoqda.

Bu ayyorlikmi? Odatda Joze hammanining bor etibori unga qaratilishini istovchi murabbiylardan hisoblanadi va unga bunday bosimlar yanada ko'proq kuch bag'ishlaydigan mutaxassis sifatida ko'pchilikka tanish sanaladi. Bu navbatdagi yangi uslubmi yoki Joze Mourino jamoasining kuchiga unchalik ham ishonmayaptimi? Qiziq holatlar. Lekin shunisi aniqki, Joze va "CHelsi" har doim ham g'alaba va katta natijalarni ko'zlaydigan klub hisoblanadi. 

"CHelsi"da iqtidorli va tajribali futbolchilar etarlicha topiladi. Murabbiyi kimligi malum. "PSJ" esa hozirda hujumkor jamoa sifatida anchayin baquvvatroq shakklanayotgan jamoa sanalishadi. Parijliklarni asosiy quroli bu Zlatan Ibragimovchi! Ushbu futbolchi har qanday raqibga qarshi bir o'zi kerakli choralarni qo'llay oladigan kam sonli charm to'p ustalaridan biri hisoblanadi. "PSJ"ning himoya qurg'onida Aleks va Silva kabi juda kuchli futbolchilar bor. Bu chiziqda raqibi bilan bemalol bellasha oladi. London jamoasida esa Terri, Keyxill Ivanovich va David Luiz kabi bir-birini o'rnini to'ldira oladigan tajribali himoyachilar mavjud. Kuch jihatidan bir-biriga mos raqiblar dueli hech qaysi futbol ishqibozini zeriktirib qo'ymaydi. Bu jamoalar ikkita hijat bo'yicha farq qilishadi. Biri bu murabbiylar va o'yin uslublari. "PSJ" ko'proq hujukor futbol etishni yaxshi ko'radigan jamoa. "CHelsi" esa aqlliroq futboli bilan raqibning nozik joyini ushlashga harakat qiladi.

Joze Mourino Loran Blan mana shu jihati va uslubi bobida tajribaliroq va kuchliroq ko'rinadi. Qiziqarli futbol bizni kutmoqda. Yakunda nimalar bo'lishini esa Parijdagi o'yindan so'ng bilib olamiz. Asosiysi chiroyli futbol va uchrashuv taqdiri Londongacha hal etilmay turganit maqul. Biz ikki qismdan iborat kuchli qarama-qarshilik ko'rishga talabgormiz! Super futbol bahsini o'tkazib yubormang!


 
ECHL, chorak final dastlabki uchrashuv:

"PSJ" - "CHelsi" (23:45 "NTV-PLYUS Futbol2")

(Matnli translyaciya)

Parij. "Park De Prens" stadioni.

Hakamlar:
Milorad Majich, Milovan Ristich, Dilibor Jurjevich.

Taxminiy tarkiblar:

"PSJ": Sirigu, Aleks, Maksvell, Tiago Silva, Jaye, Matyuidi, Veratti, Motta, Ibragimovich, Lavezzi, Kavani.

"CHelsi": CHex, Ivanovich, Keyxill, Terri, Aspilikueta, Oskar, Azar, Villian, Ramires, Lempard, Eto`O.

Jarohatlanganlar
: Gregori van der Vil - "PSJ". Marko van Ginkel - "CHelsi".

Diskvalifikaciyadagilar: Salax, Matich.


SHahboz Beg'amov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика