So’nggi yangiliklar

19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  0 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  2 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  5 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  0 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  0 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  13 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  2 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  9 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  7 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0

ECHL. Bugungi "Real" oltinchi bo'la oladimi? Yangiliklar

ECHL. Bugungi "Real" oltinchi bo'la oladimi?

Evropa CHempionlar Ligasining amaldagi g'olibi Madridning "Real" jamoasi agar 9 dekabr kuni "Ludogorec" ustidan g'alaba qozona olsa, ikki bor guruh o'yinlarining barchasida g'alaba qozona olgan dastlabki jamoaga aylanadi.
SHu kungacha beshta jamoa Evropa CHempionlar Ligasining guruh o'yinlarida mag'lubiyatga uchramagan. Quyida mana shu jamoalarni esga olib o'tamiz.

"Milan" (1992/93). Yutuq: 6. Durang: 0. Mag'lubiyat: 0. To'plar nisbati: 11-1.

O'sha yili "Olimpiya", "Slovan", "Geteborg" bilan bir guruhdan o'rin olgan milanliklar guruh o'yinlarining barchasida g'alaba qozonganlar.


Keyingi to'rtta o'yinda esa jamoa bir to'p farqi bilan g'alabali seriyani davom ettirgan. Lekin, final bahsida Marselning "Olimpik" jamoasiga kichik hisobda imkoniyat boy berilgan. 


"Pari Sen-Jermen" (1994/95). YU: 6. D:0. M: 0. T-N: 12-3.

Dastlabki o'yinda Jorj Vea hamda Daniel Bravoning gollari evaziga "Bavariya"dan ustun kelgan parijliklar guruh o'yinlarini bir nafasda bosib o'tishdi. Kievning "Dinamo" hamda Moskvaning "Spartak" jamoalari ustidan qozonilgan g'alabalar PSJning yaqqol guruh favoriti ekanligini bildirardi.


Keyinchalik esa pley-offda "Barselona"ning to'qnash kelishi g'alabali seriyaning yakunlanishiga sabab bo'ldi. Ikki o'yin natijasiga ko'ra kataloniyaliklar to'sig'idan bir amallab o'tib olgan jamoa keyingi bosqichda "Milan"ga to'qnash keladi. Parijliklar ikkita o'yin natijasiga ko'ra 0:3 hisobida imkoniyatni boy berganlar.


"Spartak" (1995/96). YU: 6. D:0. M: 0. T-N: 15-4.

Moskvaliklar o'sha yili "Blekbern", "Rusenorg" hamda "Legiya" jamoalari bilan bir guruhdan o'rin olganlar. Norvegiyaliklarga qarshi o'yinda "Spartak" ikkita to'p farqi bilan ortda borayotib, 4:2 hisobidagi g'alabani tantana qilganini ko'pchilik yaxshi eslaydi.

Jamoaning g'alabali seriyasi "Nant"ga qarshi chorak final o'yinida o'z yakuniga etadi. Safarda 0:2 hisobida yutqazgan moskvaliklar o'z maydonida 2:2 hisobida durang o'ynaganlar. Ammo bu ECHLda ishtirokni davom ettirish uchun kamlik qilardi.


"Barselona" (2002/03).
YU: 6. D:0. M: 0. T-N: 13-4.
2002 yilning 18 sentyabrida "Bryugge"ni 3:2 hisobida mag'lub etgan "Barsa" ECHLda o'zining ketma-ket to'qqizinchi g'alabasini nishonlagan. Ushbu rekord 2013/14 yilgi mavsumgacha saqlanib qolingan. So'ngra "Bavariya" tomonidan natija yangilangan.

"Bryugge", "Galatasaroy", "Lokomotiv"lar bilan bir guruhdan o'rin olgan kataloniyaliklar eng yaqin taqibchilarini 11 ochkoga ortda qoldirishga muvaffaq bo'lganlar.

Ikkinchi guruh bosqichida esa klub "Bayer", "Nyukasl" va "Internacional" jamoalari bilan o'yinda navbatdagi g'alabalarni o'z hisoblariga qo'shib qo'yganlar. G'alabali seriya "Inter" bilan safar o'yinida yakuniga etgan. Undan so'ng ham kataloniyaliklar bir qancha o'yinlarda g'alaba qozonganlar. Ammo, chorak finalda "Yuventus" to'sig'idan o'ta olmaganlar.


"Real" (2011/12). YU: 6. D:0. M: 0. T-N: 19-2.

"Real" ikki marotaba guruh bosqichidagi o'yinlarining barchasida g'alaba qozongan ilk jamoaga aylanishi mumkin. Birinchi natija uch yil oldin qayd etilgan. O'shanda madridliklar yaqin taqibchilarini 10 ochkoga ortda qoldirib ketgandilar. Avvaliga Zagrebda "Dinamo" 1:0 hisobida taslim etiladi. Keyin esa "Ayaks", "Lion" jamoalari 3:0, 4:0 hisoblarida mag'lub etilgan.  Ikkinchi davra ham madridliklar uchun omadli bo'lgan. 


G'alabali seriya nimchorak finalda Moskvada o'z yakuniga etadi. Klub CSKAga qarshi o'yinda durang qayd etgan. Madridliklar o'sha yili yarim finalda "Bavariya"ga qarshi o'yinda penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib qo'ygandilar.


Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика