So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  17 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  21 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

ECHL. "Barselona" - "Atletiko" to'qnashuvi Yangiliklar

ECHL. "Barselona" - "Atletiko" to'qnashuvi

Bugun Evropada katta futbol bayrami.

ECHL chorak final yana bir qiziqarli to'qnashuvi bu "Barselona" - "Atletiko" o'rtasida kechadi.


Diego Simeone shogirdlari bu safar ECHL yarim finali chiptasi uchun Xerardo Martino jamoasi bilan bellashishadi. Bu uchrashuvda nom jihatidan "Barselona" kuchliroq ko'rinishi mumkin, ammo "Atletiko" ushbu mavsumda Ispaniyada hozircha tengsiz bo'lib turibdi. "Barselona" jamoasi ushbu mavsumda halicha "Atletiko" qarshiligini enga olganicha yo'q. Bu o'yinda Kataloniya klubi "Atletiko"ni mag'lub etish choralarini ishga solib ko'rishi aniq. Ayni paytda har ikkala jamoa ham o'zining eng yaxshi sport formalaridalar. "Barselona" mavsum so'nggiga kelib o'z o'yinini yanada shakllantira oldi. Xerardo Martino "Barselona"ni sekin-asta o'zi istagan darajaga olib chiqmoqda. Mavsum avvalidagi o'yindagi tushunmovchiliklar va kamchiliklar bartaraf etilmoqda.  "Barselona" ayni paytda o'z zyinini topib olgan. Bugun ular "Atletiko"ni taslim eta olishadimi? Bu savolga o'yindan so'ng javob olamiz.

"Atletiko" jamoasi hozirda Ispaniya chempionatida yakka peshqadamlik qilishmoqda. Ayni paytda ular o'zlarining eng yaxshi ko'rsatkichlarini namoyish etishmoqda. Ushbu mavsum Diego Simeone jamoasi uchun juda ko'ngildagidek o'tmoqda desak mubolag'a bo'lmaydi. Ularning ishlari "5"! Ispaniya chempionati chempionlikka juda yaqin turishibdi. Ishtaha ovqat paytida keladi deganlaridek, "Atletiko" jamoasi ECHL musoboqasida ham "syurpriz" ko'rsata oladigan jamoa sanaladi.

Ushbu o'yin oldidan favorit yoki autsayder jamoa haqida gapirilmagani maqul.


Ajoyib futbol bahsi muxlislarni kutib turibdi. CHiroyli va shiddatli futbol bo'lishiga shubha yo'q.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика