ECHL. Barcha chorak finalchilar aniqlandi. Ertaga qura tashlash marosimi
20 mar 2014 11:15
Yangiliklar

ECHL. Barcha chorak finalchilar aniqlandi. Ertaga qura tashlash marosimi
Kecha oqshom Dortmund va Manchester shaharlarida o'tkazilgan ikki o'yin bilan Evropa CHempionlar ligasining barcha chorak final ishtirokchilari malum bo'ldi.
Garchi “Zenit” klubi “Borussiya” maydonida 2:1 hisobidagi g'alabaga erishgan bo'lsada, Piterdagi mag'lubiyat (2:4) sabab o'z yurishini 1/4 final ostonasida to'xtatdi.
Mavsumni o'ta omadsiz o'tkazayotgan “Manchester Yunayted” esa kecha “Old Trafford”da nihoyat o'z muxlislarini xushnud etdi. Greciyada 0:2 hisobida yutqazgan “qizil iblislar” javob uchrashuvida “Olimpiakos” darvozasini javobsiz uch bor ishg'ol qilishdi. Robin van Persi oqshom qahramoniga aylandi. Aynan uning xet-trigi Moyes jamoasiga chorak final eshiklarini ochdi. SHu tariqa, 4 ta davlatning 8 ta jamoasi bosh mukofot uchun kurashni davom ettiradi.
Ertaga SHveycariyaning Non shahrida joylashgan UEFA shtab-kvartirasida 1/4 final bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Bunda bir mamlakat jamoalari bir-birlariga tushib qolishlari mumkin. SHu bosqichdayoq muxlislar “Barselona”–“Real” qarama-qarshiligiga guvoh bo'lishlari ham mumkin.
Qatorasiga ikkinchi mavsum ham Ispaniyaning 3 ta jamoasi chorak finalda ishtirok etadi. Germaniya va Angliyadan 2 tadan, Franciyadan esa “Pari Sen-Jermen” jamoasi kuchli sakkizlikni tashkil etib berishdi. Etiborga molik jihati, 1/4 finalga o'z guruhining g'oliblari etib kelishdi.
CHorak finalning ilk uchrashuvlari 1-2 aprel, javob bahslari esa 8-9 aprel kunlari bo'lib o'tadi. Yarim finalga qura tashlash marosimi 11 aprel kuniga belgilangan. Bu bosqichning ilk o'yinlari 22-23 aprel, javob uchrashuvlari 29-30 aprelda o'tkaziladi. CHempionlar Ligasining bu yilgi g'olibi 24 may kuni Lissabon shahridagi “Eshtadiu-du-Benfika”da aniqlanadi.

Fikrlar