So’nggi yangiliklar

08:58"Арсенал"нинг яна бир етакчиси терма жамоада жароҳат олди  0 08:20Sofascore. Кечаги учрашувда Ўзбекистон терма жамоаси аъзолари неча баҳо олди?  6 07:47Ёшларимиз бугун Аргентинага қарши баҳс олиб боради  1 07:16ЖЧ-2026 саралаш. Бразилия қийин ғалабага эришди, Аргентина эса...  0 01:59Миллатлар лигаси. Англия она диёрида мағлуб қилинди ва бошқа натижалар  6 01:28Алиризо Жаҳонбахш: "Жамоалар ва индивидуал маҳорат ўртасида катта фарқ бор"  29 01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  24 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  16 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  19 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  81 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  32 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  28

Emireyts yongan uchrashuvda Arsenal va Bavariya jangovar durang o'ynadi. Barchasi Alyanc Arenada hal bo'ladigan bo'ldi Yangiliklar

Emireyts yongan uchrashuvda Arsenal va Bavariya jangovar durang o'ynadi. Barchasi Alyanc Arenada hal bo'ladigan bo'ldi

Teglar :  ArsenalBavariyaECHL
Evropa CHempionlar ligasi 1/4 finalidan o'rin olgan "Arsenal" - "Bavariya" uchrashuvi yakunlandi.

"Arsenal" — "Bavariya"  2:2 LIVE

Gol: 12 - Bukayo Saka (Ben Uayt) , 18 - Serj Gnabri (Leon Gorecka), 32 - Harri Keyn, 76 - Leandro Trossard (Gabriel Jezus)

Arsenal

Bukayo Saka - 12', Leandro Trossard - 76'

Champions League Final Stage . Quarter Finals-tur

10/04/2024, 00:00

2
:
2
Tugadi

Bayern Munich

Serge Gnabry - 18', Harry Kane - 32'

Stadion: Emirates Stadium, 60221 tomoshabin

Bosh hakam: Glenn Nyberg

45'
90'
12'  Bukayo Saka
12'  Ben White
46'  Jakub Kiwior (Oleksandr Zinchenko)
66'  Gabriel Martinelli (Leandro Trossard)
66'  Jorginho (Gabriel Jesus)
76'  Leandro Trossard
76'  Gabriel Jesus
86'  Kai Havertz (Thomas Partey)
89'  Thomas Partey
9'  Alphonso Davies
18'  Serge Gnabry
18'  Leon Goretzka
32'  Harry Kane
55'  Harry Kane
66'  Leroy Sane (Kingsley Coman)
70'  Serge Gnabry (Raphael Guerreiro)

Arsenal – Rayya, Uayt, Gabriel, Saliba, Kiver (Aleksandr Zinchenko, 46), Jorjino (Gabriel Jezus, 67), Edegor, Rays, Xavertc (Tomas Partey, 85 ), Martinelli (Leandro Trossard ,67), Saka.

Bavariya – Noyer, Dayer, de Ligt, Devis, Goretcka, Laymer, Kimmix, Sane (Kingsli Koman ,66), Musiala, Keyn, Gnabri (Rafael Gerreyru,70).

Ogohlantirish: 9 - Alfonso Devis, 55 - Harri Keyn, 89 - Tomas Partey


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

90+5. Saka barchasini ajoyib amalga oshirdi, biroq so'nggi lahzada jarima maydonchasining ichida yiqildi.

Hakam bugun super ishladi, u hech bir mayda qo'polliklarga etibor berishni ham istamadi

Hakam 2-bo'limga besh daqiqa qo'shib berishga qaror qildi

90. Mehmonlar uchrashuvda g'alabani ilib ketishlari mumkin edi, Biroq Komanning zarbasi ustunga tegmoqda

89. Ogohlantirish: Tomas Partey taktik fol qildi va ogohlantirildi

85. O'zgarish: Xavertcning o'rniga Partey maydonga tushdi

85. Sakadan qanotda ajoyib harakatlar, biroq uning uzatmasiga mezbonlardan hech kim bormadi

81. Komanning zarbasini Rayya qiyinchiliksiz ushlab oldi.

76. GOOOOOOOL. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar «Arsenal»ga gol urib bermoqda. Jesusdan ajoyib assist va Trossarddan ajoyib gol.

75. Nemis jamoasi ikkinchi bo'limda ajoyib himoyalanmoqda. «Bavariya» «Arsenal»ga ikkinchi bo'limda hozircha hech qanday imkoniyat qoldirmayapti

70. O'zgarish amalga oshirildi

Gnabri jarohat oldi, uning o'rniga Rafael Gerreyru tushishga tayyorlanmoqda 

67. O'zgarishlar: Mezbonlar to'liq hujumkor tarkibni tashlashga qaror qildi. Jorjino va Martinellini maydoni tark etdi, ularning o'rniga Trossard va Jezus maydonga tushdi 

66. O'zgarish: Koman Saneni alishtirmoqda.

64. Xavertc jarima maydonchasining ichida yiqildi. Hakam bu erda penalti yo'q deb hisobladi. Bugungi uchrashuvni shveciyalik hakam ajoyib boshqarib bormoqda

62. Konrad Laymerning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketmoqda.

57. Leon Goreckaning zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi. Hozircha ikkinchi bo'lim ancha sokin o'tmoqda

55. Harri Keyn Salibaga qarshi qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi

51. Raysning jarimadan yo'llagan zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi

48. Ikkinchi bo'limda ham mezbonlar hujumlar bilan boshladi. Xavertcning uzatmasidan so'ng Martinelli boshi bilan zarba yo'llashda qiyinchilikka uchradi

46. Arteta birinchi bo'limda juda ko'p xato qilgan Kiverni alishtirdi. Uning o'rniga Zinchenko maydonga tushdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha «Bavariya» hisobda oldinda bormoqda

Hakam birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berdi

42. Sakaning uzatmasidan so'ng Saliba boshi bilan gol urishi mumkin edi, biroq bosh hakam darvozabonga nisbatan qo'pollik bor deb hisobladi

40. «Arsenal» to'liq tarkib bilan raqib yarim maydonida harakat qilmoqda.

37. Raysning uzatmasidan so'ng Gabriel boshi bilan zarba yo'lladi, noaniq

London «yonmoqda»

36. Ben Uayt mezbonlarni qutqarmoqda. Sane hisobni yana oshirishi mumkin edi

Ustunlik to'liq mezbonlarda edi, biroq himoyadagi ahmoqona xatolar mehmonlarning gollariga sabab bo'lmoqda. «To'pchilar»ning bugungi himoyasiga hozircha 0 baho qo'ysa bo'ladi

32. GOOOOOL. Harri Keyn hisobni mehmonlar foydasiga o'zgartirmoqda.

30. Penalti. Kiver qanotda yana Sanega mag'lub bo'ldi. Nemis futbolchisi jarima maydonchasiga kirib bordi va Salibaning oyoqlari Leroyga tegib ketdi. Bu esa penaltiga etarli bo'ldi

27. Sakaning burchakdan uzatgan to'pni ancha xavfli bo'ldi. Mezbonlar yana hisobda oldinga chiqib olishi mumkin edi, biroq raqib himoyasi va darvozasi ajoyib harakat qildi

26. Raysdan ajoyib uzatma va to'p Sakaga kelayotganida Gnabri to'pni burchakka chiqarib yubordi. Mezbonlarda standart vaziyat

22. Qanotdan uzatilgan to'pni Kiver boshi bilan zarba yo'lladi, to'p to'g'ri darvozabonning qo'liga bordi

20. Mezbonlardan navbatdagi hujum. Bu safar Edegorning zarbasini himoyachi qaytarmoqda

18. GOOOOOL. Gnabri hisobni tenglashtirmoqda. Sobiq «to'pchi» London jamoasining darvozasini aniq nishonga oldi. Bu golni mezbonlarning o'zi sovg'a qilishmoqda

16. Noyerdan super seyv. «Arsenal»ning qanot himoyachisi Uayt darvozabon bilan birga bir chiqdi va zarba yo'lladi, biroq nemis darvozabonidan ajoyib harakatlar guvohiga aylandik



12. GOOOOOOOL. Saka ajoyib gol urmoqda. Ingilizlar hisobni ochishmoqda. Londonda ham Madrid kabi yonmoqda

9. Ogohlantirish: Alfonso Devis Sakaga qarshi juda qo'pol o'ynadi va hakam sariq ko'rsatdi. Kanadalik futbolchi Germaniyada bo'lib o'tadigan javob uchrashuvida «Bavariya»ga yordam bera olmaydigan bo'ldi

7. Uchrashuvdagi ilk xavfli vaziyat mezbonlar tomonidan tashkil etildi. Martinellining uzoqdan yo'llagan zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi. Ingilizlar ham hujum qilishni boshlab yuborishdi.

6. Hozircha to'p asosan «Bavariya»da, nemis jamoasi taktik hujumlar tashkil qilishga harakat qilmoqda.

2. Sane qanotdan yaxshi uzatmani amalga oshirdi, biroq mezbonlar himoyasi ham o'z o'rnida.

UCHRASHUV BOSHLANDI

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика