Dunyoning eng qimmat himoyachisiga aylanishi kutilayotgan Saliba "Real"ga o'tishga rozi
13 fev 18:52
Yangiliklar
Dunyoning eng qimmat himoyachisiga aylanishi kutilayotgan Saliba "Real"ga o'tishga rozi
Franciya terma jamoasi va Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Uilyam Saliba faoliyatini "Real"da davom ettirishi mumkin.
"Qirollik klubi" rahbariyati 23 yoshli futbolchini kelasi yoz uchun asosiy maqsad sifatida belgilab olgan.
"Get French Football News" xabariga ko'ra, futbolchining o'zi Madridga ko'chib o'tishga tayyor. Uilyam "Real"ga o'tishni futboldagi orzusining amalga oshishi deb biladi.
2019 yildan beri "Arsenal"da o'ynayotgan himoyachining "kanonirlar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan. Salibaning transfer qiymati 80 mln evroga baholanmoqda. Jamoalar uni eng qimmat himoyachiga aylantirishlari kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar